4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili


Plyuralizm (lot. – ko„plik, ko„p xillik, ko„p sonlik)



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Plyuralizm
(lot. – ko„plik, ko„p xillik, ko„p sonlik)
 
dunyoning negizida 
ikkita emas, balki undan ko„proq mohiyat borligini tan oluvchi talimot
. (Bu 
atamani falsafaga X.Volf 1712 yilda taklif qilgan).
Leybnitsning «monadologiyasi», yani monadalar haqidagi talimoti 
plyuralizmning klassik ko„rinishi hisoblanadi. Ushbu talimotga ko„ra, dunyo son-
sanoqsiz 
ruhiy 
substansiyalardan 
tashkil 
topadi. 
Ammo, 
plyuralistik 
yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko„rinishlari ham mavjud. Masalan, 
Empedokl yaratgan dunyoning to„rt asosi haqidagi talimot plyuralistik 
ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. Bazan plyuralizmga mustaqil 
talimot sifatida emas, balki dualizmning o„zgargan ko„rinishi sifatida qaraladi. 
Lekin plyuralistlar o„z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda 
echimini topmagan ruh va tabiat o„rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq 
qiladi, deb biladilar. 
Substansiyani barcha o„zgarishlarning sababchisi va (causa sui) o„z-o„zining 
sababchisi sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib, yuksak baholangan. 
U substansiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga 
yordam beruvchi o„zgarmas asos»
6
, deb tariflagan. Uningcha, substansiya har 
qanday tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda 
bo„ladi, har qanday mavjudlik va vaqtdagi o„zgarish uning modusi, yani o„zgarmas 
narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin.
Hozirgi zamon falsafasida substansiya kategoriyasining ontologik mazmuni 
o„zaro tasir sifatida tushuniladi
.
 
Chunki aynan o„zaro tasir dunyo yaralishining 
haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning causa finalisi hisoblanadi. Narsalarni 
substansiyalilik nuqtai nazaridan o„rganish ularning mavjudligini ichki sabablar va 
o„zaro tasirlar nuqtai nazaridan yoritish, demakdir. Shu manoda substansiyani ichki 
birlik nuqtai nazaridan, uning Cheksiz va rang-barang o„zgarishlaridan qatiy nazar 
qaraladigan obektiv borliq sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat 
jarayonida yuzaga keluvchi va yo„q bo„luvchi tafovut va qarama-qarshiliklar 
nuqtai nazaridan yondashiladigan materiya deb tariflash mumkin. 
Shunday qilib, substansiyaning xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
- o„z-o„zini belgilash (o„z-o„zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va 
yo„q qilib bo„lmaydi); 
- universallik (hech narsaga bog„liq bo„lmagan, barqaror, o„zgarmas va 
mutlaq birinchi negizni ifodalaydi); 
6
Кант И. Критика чистого разума. –М.: 1996. –С.47 


- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog„liqligini o„z ichiga 
oladi); 
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi); 
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko„rsatadi).
Falsafada «Substansiya» kategoriyasiga «

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin