4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili


Substansiya deganda barcha narsalarning muayyan umumiy birlamchi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Substansiya deganda barcha narsalarning muayyan umumiy birlamchi 
asosi tushuniladi.
Turli narsalar va hodisalar vujudga kelishi va yo„q bo„lishi 
mumkin bo„lsa, substansiyani yaratish ham, yo„q qilish ham mumkin emas, u faqat 
o„z borlig„ining shaklini o„zgartiradi, bir holatdan boshqa holatga o„tadi. 
Substansiya – o„z-o„zining sababi va barcha o„zgarishlar asosi, borliqning eng 
fundamental va barqaror qatlami. 
Modomiki, substansiya hamma narsani o„z ichiga oluvchi va o„zi uchun 
boshqa hech qanday asos yoki shartni nazarda tutmaydigan birinchi sabab ekan, u 
o„ziga bog„liq bo„lmagan holda mavjud har qanday narsaning mavjud bo„lish 
5
Юм Д. Сочинения. В 2 т.Т.1. -М.: 1965. –С.167-168 


imkoniyatini istisno etadi. U xoh Xudo, xoh g„oya, o„zlik, ruh yoki ekzistensiya 
bo„lsin – substansiya yagonadir! «Substansiya» tushunchasi ko„plikda qo„llanilishi 
mumkin emas. Uning ko„pligi g„oyasi mazkur tushunchaning tarifiga ziddir
chunki mazkur maqomga davogar ikki yoki bir necha narsa mavjud bo„lgan 
taqdirda, ularning birontasi ham substansiya hisoblanmaydi. Substansiyalilik 
paradoksi ana shundan iborat. 
Substansiyaning o„z-o„zidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, uzviy 
xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan, alohida xossalari – moduslarda 
sodir bo„ladi. 
Substansiya g„oyasidan turli falsafiy talimotlar dunyoning birligi va uning 
kelib chiqishi haqidagi masalaga o„zlari qanday javob berishiga qarab har xil 
foydalanadilar. 
Substansiyaga oid turli yondashuvlar shakllangan. 
Dunyodagi narsalar va 
hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan talimot «monizm» 
(yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi
. Substansiya tabiatini tushunishga 
nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik 
monizmni qayd etish lozim.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin