manbalari sifatida amal qila boshlagan. Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning
yorqin vakili sifatida o„rin oldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni
materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart
nazarida, moddiy jismoniy substansiya o„z
atributi sifatida uzunlik, kenglik va
chuqurlik ko„lamigagina ega. U mutlaq bo„shliqni istisno etadi, harakatlanish, yani
jismoniy zarralarni bo„lish, joydan-joyga ko„chirish va o„zgartirish qobiliyatiga
ega.
Manaviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o„zining bilish
va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi o„ziga xos
ko„rinishlarida namoyon bo„ladi. U ruhiy substansiyaning
butunlay jismsizligini
etirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo„lsa-da,
uning g„oyalarida o„rta asr falsafasidan meros qolgan «substansiya» atamasining
alohida narsani tushunish uchun qo„llanilishiga, shuningdek, u ikki muhim -
universal va Cheksiz substansiya – fikrlash va ko„lamni alohida erkin maqomga
ega, deb elon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» –
«men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha
narsalarning negizi sifatida tan olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi
substansiyaning uzviyligini va har bir «Men»,
yani aqlli jonzotga bevosita,
ko„lamli substansiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substansiya
(aql) metafizikaning o„rganish predmetini, ajraluvchi substansiya (ko„lam) esa
fizika predmetini tashkil etadi.
Biroq, ikki substansiya – manaviy va moddiy substansiyalarni farqlash, bu
mantiqiy nuqtai nazardan noto„g„ri va ratsional manoda juda ko„p qiyinchiliklarga
sabab bo„lishi mumkin. Fikrlash va ko„lamga ikki substansiya tarzida, yani bir-
biriga bog„liq bo„lmagan mustaqil asoslar
sifatida yondashilganida, «ruh» va
«tana» o„z harakatlarida qanday uyg„unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib
fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-etiboriga
ko„ra, substansiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o„z ichiga oluvchi va
o„zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo„lmagan yagona birinchi asos
sifatida namoyon bo„lgan.
Fransuz faylasufi J.Lametri o„zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan
asarida dualizmni inkor qiladi. U o„zida tajriba o„tkazgan – bezgak kasalligiga
chalingach,
uning kechishini kuzatgan, pirovardida, insonning ruhiy holati uning
jismoniy vujudiga bog„liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistik-
materializmni himoya qilib, Cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy substansiya
mavjud, degan g„oyani ilgari surgan. Substansiyaga xos sezish va fikrlash
qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo„ladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining o„zi
tashqi jismlarning miyaga tasiri bilan bog„liq. Shu sababli aynan tashqi dunyo
insonning «miya ekrani»da
aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga
ko„ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.
Ikki asos, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va
zaruriyatning teng huquqliligi g„oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya
dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
Dostları ilə paylaş: