materiyani barcha narsalarning substansiyasi sifatida tushunishning turli
variantlaridir.
Idealistik ontologiya substansial borliqni «narsalar dunyosi» zamirida
yotuvchi «g„oyalar dunyosi» sifatida tasavvur qilingan bu g„oya Platon
falsafasida rivojlantirilgan.
Din
ontologiyasida
Xudoning
substansial
borlig„i
tasdiqlanadi.
Ekzistensializm ontologiyasida substansiya g„oyasi insonga bevosita berilgan
borliq - ekzistensiya kategoriyasi bilan bog„liq
. Bunda umid, qo„rquv, g„amxo„rlik,
vijdon va shu kabilar borliqning atributlari («ekzistensiallari») hisoblanadi.
Dualistik xususiyatga ega bo„lgan ontologik konsepsiyalarda
ikki xil borliq
va tegishli ravishda ikki substansiya farqlanadi (Dekart). Leybnits ontologiyasi
ko„p sonli substansial shakllar (monadalar)ning mavjudligini nazarda tutadi.
Empirik yo„nalish vakillari substansiya g„oyasini tajribadan keltirib
chiqarish mumkin emas,
deb hisoblaydi. Berkli bizning sezgilarimiz ruhimizdan
tashqarida «idrok etilmagan narsalar» mavjudligidan dalolat berishi mumkin emas,
deb,
moddiy
substansiyani rad etgan. Yum
Berklining ayni shu fikrini
manaviy
substansiyaga nisbatan ham tatbiq etgan. Uning fikricha, substansiyaning umumiy
(moddiy substansiya ham, manaviy substansiya ham) g„oyasi xayolot mahsulidan
boshqa narsa emas. Biz ayrim narsalarni idrok etamiz, lekin hech qachon ularning
o„rtasidagi sababiy aloqani idrok etmaymiz. Substansiya shunday bir nomki, uning
ostida biz o„zaro bog„lanmagan ro„yolarni birlashtiramiz. D.Yum substansiyani
umuman borliq tushunchasiga tatbiq etadi. Yum, “Bizning sezgilarimizdan
tashqarida biron-bir narsa mavjud yoki mavjud emasligini so„rash befoydadir. Biz
tashqi
dunyo mavjud, yani bizga bog„liq bo„lmagan va uzluksiz borliqqa ega
ekanligiga ishonishimiz mumkin, lekin u mavjud ekanligini isbotlay olmaymiz.
Mavjud bo„lgan narsa mavjud bo„lmasligi ham mumkin...
Butun mavjudlikning
mavjud emasligi uning mavjudligi kabi aniq va ravshan g„oyadir»
5
, deb yozadi.
Ammo Berkli va Yum mohiyat etibori bilan shunday bir ontologik konsepsiyani
rivojlantirganki, unda substansiya rolini uning «surrogati» - subektda tug„ilgan
sezgilar oqimi o„ynaydi.
Dostları ilə paylaş: