4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Borliqning ezoterik talqini. 
Ikki xil borliqning mavjudligi ezoterizmning 
asosiy g„oyasi hisoblanadi. Ezoterik qarashlarga ko„ra, bu borliqlarning biri 
mutlaqo ideal xususiyat kasb etadi (bu ezoterika atamalarida nozik darajalarda 
mavjudlikni anglatadi), ikkinchisi esa insonning kamolotga eltuvchi yo„lni bosib 
o„tish va o„zini ham, kosmosni ham o„zgartirishga bo„lgan intilishini aks ettiradi. 
Bundan ezoterizmning ikki aniq yo„nalishi kelib chiqadi. Ularning biri teran ong 
va ulkan istedodga ega bo„lgan komil inson g„oyasiga, ikkinchisi – «Xudoning 


Erdagi saltanati» xoliazmik formulasi bilan moddiylashtirilgan g„oyaga o„xshab 
ketadigan
hayotni o„zgartirish g„oyasiga ishora qiladi.
Ezoterik mulohazaga misol: «Yangi davr» g„oyasining targ„ibotchisi Sherli 
Makleyn shunday deydi: «Men kosmik aqldan, manaviy ziyodan olgan fikrlarning 
eng muhimi bu Xudo – bizning o„zimiz, degan fikrdir. Borliqning biz anglab 
etgandan muhimroq qandaydir darajasi bor»
4
. Bazan bu borliqdan uzoqlashishga, 
bazan – mantiqqa zid bo„lgan noizchil xatti-harakatlarga, bazan – hamma narsani 
o„zgartirish mo„ljali bilan bog„liq bo„lgan haddan tashqari soxta faollikka olib 
keladi.
Oqilona ilmiy bilim, odatda, noemotsional va shaxssiz obektiv bo„lsa, 
ezoterik ananada emotsional kechinmalarning mexanizmlaridan foydalanmasdan, 
xususan oq afsungarlik bilan bog„liq holda fikrlar, so„zlar va xatti-harakatlarda 
ezgulik va ziyoga qarab, qora afsungarlik bilan bog„liq holda esa – yomonlik va 
riyoga qarab mo„ljal olmasdan yashirish bilimni o„zlashtirish mumkin emas.
Ezoterik fanlar ikki asosiy maqsadni: avvalambor, odatdagi tajriba 
chegarasidan tashqarida yotuvchi dalillarni bilishga qaratilgan marifiy maqsadni va 
tashqi dunyo jarayonlarini boshqarish bilan bog„liq bo„lgan boshqaruvga doir yoki 
kiber-maqsadni ko„zlaydi. Nazariyalar, talimotlar va ilmiy konsepsiyalarning 
o„zgarish intensivligiga teng bo„lgan davriylikka ezoterizmda duch kelish mumkin 
emas. U ichdan harakatchan; uning faolligi nyuanslar va shaxsiy xususiyat kasb 
etuvchi yondashuvlarning rang-barangligida namoyon bo„ladi. Ammo u o„z 
tabiatiga ko„ra ancha turg„un, chunki poydevor sifatida qo„yilgan qadimgi 
germetik talimotga, qadimgi ajdodlarimizning xufyona donishmandligiga tayanadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin