Tasavvuf talimotida borliq muammosi. Tasavvufda oriflar va oshiqlar
o„zlarining poetik asarlarida va mifologik g„oyalarida borliq haqidagi bilimlarini
bayon etganlar.
Tasavvuf talimotida ontologiya birinchidan, ramz, majozlar, qiyoslarda o„z
ifodasini topadi. Ikkinchidan, ushbu ontologiya inson tafakkuriga emas,
tuyg„ularga yo„nalgan, musiqa jo„rligi, tasviriy sanat asarlarida namoyon bo„lgan,
“Aruz” vaznida bitilgan maqomlarda kuylangan. Uchinchidan, poeziya qalb
faolligining mahsuli hisoblanadi va u asosan, tuyg„ularga tasir etadi. Buni
anglashning mantiqiy tafakkurdan yuqori shakli, deyish mumkin. Shu manoda
poeziyani tushunish uchun ongning mantiqiy (nazariy) tafakkurdan yuqoriroq
shakli – intellektual intuitsiya taqazo etiladi. Chiziqli (mantiqiy) tafakkurning
yolg„iz o„zida esa, na intellektual va na estetik (hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi.
Shu manoda A.Navoiy aytganidek, majozlar haqiqatga ancha yaqinroq.
To„rtinchidan, ramzlar, majozlar hammaga ham aytilishi mumkin bo„lmagan bazi
g„oyalarni (sirlarni) muayyan odamlargagina etkazish vazifasini bajargan .
Tasavvuf talimoti vakillaridan biri Nasafiy ontologiyasi sof Vahdat
nimaligini tushunishdan boshlanadi. Uning fikricha borliqning mohiyati bo„lgan
sof (musaffo) Vahdat (birlik), jism va ruhning manbaidir, u kitob va kalomning
ham boshi, malakut (farishtalar) va mulk (moddiyat) olamlarining asosi, butun
borliq va odamning manbaidir. Uni sufizmda jabarut, deb ataydilar (Jabarut – arab
tilida «Buyuklik», ulug„lik degan manolarni bildiradi). Mulk va malakutda bir jami
narsalar Jabarutda (tezis holida) mavjud, deb ko„rsatiladi (bu Aristotelning
«imkoniyat» kategoriyasida yoki potensiyada o„z ifodasini topgan). Xullas Sharqda
ontologiya masalasi Xudo borlig„i bilan bog„liq holda o„rganiladi.
Yangi davrda borliq ning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat
qonunlariga bog„lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin manosini qamrab oladi,
shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko„rish
muhimdir. Tabiatni o„rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatda tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga
asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.
XVII-XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq
tushunchasini fizik borliq bilan bog„laydi. Bu faylasuflarning naturalistik
qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat
haqidagi
tabiiy-ilmiy
tasavvurlarini
aks
ettirgan.
Bundan
borliqni
«naturallashtirish» g„oyasi kelib chiqqan.
Spinoza (1632-1677) dunyo haqidagi
monistik talimot ni yaratdi. Uning
monizmi panteizm ko„rinishida namoyon bo„ladi: Benedik Spinoza o„z
ontologiyasida Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va
yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda B.Spinoza birgina moddiy
substansiya mavjud bo„lib, uning asosiy atributlari ko„lamlilik va fikrlashdir, degan
g„oyani ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo bo„lgani uchungina emas,
balki unga fikrlash xos bo„lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun
tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo„ladi.