4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

XX asrda borliqqa munosabat

XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, 
insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog„lab, uning talqinini kengaytirdi. 
Neopozitivizm falsafiy yo„nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki 
ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta 
muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning o„zagini insonning 
ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida 
tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining suratlari tobora jadallashib borayotgan 
hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash ko„pincha texnokratik dunyoqarash deb 
ataladi.
Noklassik borliq. 
Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, 
shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman 
ontologiyani 
yaratishdan 
bosh 
tortdilar. 
Irratsionalizm, 
marksizm 
va 
ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari 
rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik 
falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz. 
Borliqning irratsionalistik konsepsiyasi.
 
Falsafiy irratsionalizm asoschisi 
A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko„zi bilan 
qaraydi. Uning fikricha, borliqning o„zi emas, balki bizning u haqdagi 
tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. 
Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy idrok etish 
mumkin emas. SHopengauer o„zining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb 
nomlangan asarida dunyoning borlig„ini ikki tarkibiy qismga – «yashashga intilish 
sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, 
yashashga intilish haqiqiy borliqdir. Yashashga intilish ko„r-ko„rona va 
nooqilonadir, zero uning asosiy niyati – o„z-o„zini asrashdir. O„z-o„zini asrash 
instinkti – butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga 
ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning 
o„ziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda 
yana tariflar va tushunchalar tilida ifodalab bo„lmaydigan o„ziga xos tabiiy 
stixiyani ko„rish imkoniyatini beradi.


Fridrix Nitsshe (1844-1900 ) 
borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos 
va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu 
asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. Evropa 
madaniyati mazkur idealni ro„yobga chiqara olmadi va inson borliq deganda 
stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o„z 
mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy 
harakat va shakllanishdan iboratdir.
Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo„ladi. 
Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o„z 
yaqiniga muhabbatni targ„ib qiluvchi axloq va tenglikni elon qiluvchi sotsializm 
monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. To„ralar axloqi esa 
hayotning qimmati, odamlar o„rtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga 
asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o„ldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis 
yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi. Nitsshe falsafasi XX asr 
falsafasining turli yo„nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga 
ulkan tasir ko„rsatdi. 
Borliqning tarixiy konsepsiyasi.
 
XIX asrda ijtimoiy borliq haqidagi talimot 
shakllandi. Unga ko„ra, ijtimoiy borliq individning borlig„iga nisbatan ham, 
ijtimoiy ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, bu davrda jamiyatga 
fizik borliqqa o„xshash borliq sifatida qaralgan. Ayni shu sababli jamiyat ham 
tabiat qonunlariga o„xshash aniq va shubhasiz qonunlarga bo„ysunishiga bu davr 
mutafakkirlarining ishonchi komil bo„lgan. Ijtimoiy borliq - bu moddiy borliq. U 
individlarning ishlab chiqarish-xo„jalik faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq 
qonunlari uning tarixiy rivojlanish jarayonida namoyon bo„ladi. Jamiyat tarixi bu 
davrda ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va 
kommunizmning tadrijiy va qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Unga 
ko„ra, har bir tuzum ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini 
o„z ichiga olgan tegishli ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish kuchlari (bazis) – bu o„zini o„zi rivojlantirish va o„z-o„zidan 
murakkablashishga qodir bo„lgan o„ziga xos borliq. Evolyusionizm talimotlarida 
materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil rivojlanish qobiliyatiga 
ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning eng murakkab darajasi 
hisoblanadi. Bu erda materiya, moddiy borliq, shu jumladan moddiy ishlab 
chiqarish ijtimoiy organizmga o„xshatiladi va unga hayot alomatlari tatbiq etiladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari (bazisning ustqurmasi) formal borliq 
sohasiga kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat o„zgarish 
jarayonida boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin. SHu sababli ishlab chiqarish 
munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida kechadi. Bu sakrashlar 
ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham (bu hol formatsion o„sish 
davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga to„sqinlik qilishi ham mumkin. So„nggi 
zikr etilgan holat ishlab chiqarish munosabatlarining yangi ishlab chiqarish 
kuchlariga muvofiq keluvchi yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yo„l bilan 


o„tilishiga olib keladi. Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil 
o„sib etiladi. Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari 
mustaqil o„sib etilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan to„qnashib, 
burjua inqilobi jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega 
bo„lgan. Ular ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish vositalariga 
bo„lgan mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi yangi qonunlar, 
yangi huquq, axloq va yangicha dunyoqarashni o„z ichiga oladi. Borliqning ushbu 
konsepsiyasi tarixiy voqelikda o„zini oqlamadi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin