4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi Borliq tushunchasining tahlili



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/49
tarix07.01.2024
ölçüsü0,72 Mb.
#204009
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
1) маъруза матни 3-мавзу

Jyulen Ofre de Lametri 
(1709-1751) moddiy dunyo «o„z holicha mavjud» 
ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yo„qligiga ishongan. Lametri talimoti 
Epikurning atomistik g„oyalari, Spinozaning monistik talimoti va J.Lokk 
sensualizmi tasirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va 
ko„rinishi deb hisoblagan va Dekartning umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g„oyasi 
asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Deni Didro
borliq muammolarini o„rganish sohasiga dialektikani tatbiq 
etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtai nazari). 
Ammo u «inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farq qiladi. «Faol hissiylik» 
muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon bo„ladi.
Nemis klassik falsafasi
«substansiya» (dunyoni tushunish zamirida 
yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq 
«Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «obektiv rivojlanuvchi g„oya» (Gegel) 
kabi falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada 
teranroq mazmun baxsh etdi. 
Jumladan Gegelning «Ruh fenomenologiyasi» asari falsafiy tizimga o„ziga 
xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil 
qatorini tahlil qiladi. 
Gegel tizimining birinchi va muhim qismi – «Mantiq» «Ruh 
fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu subekt va obektga qadar mavjud 
bo„lgan «sof fikr» sohasidir. Mantiqda uning o„zi va mantiq shakllaridan tashqari 
hech qanday empirik mazmun mavjud emas. Mantiq tarix va tabiatdan oldin paydo 
bo„lgan. Mantiq ularni yaratgan.
Mantiq uch qismga: borliq, mohiyat va tushuncha haqidagi talimotga 
bo„linadi. Borliq va mohiyat tushuncha o„zini to„liq namoyon etgunga qadar 
«ko„tariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq g„oyaning 
rivojlanishi mavhum mantiqiy kategoriyalar ko„rinishida yuz beradi. Uning 
tayanch nuqtasi – borliq haqidagi sof mavhum fikr. Dastlab mazmunsiz bo„lgan bu 
«sof borliq» tushunchasi «nimadir» orqali o„z mazmunini kasb etishga harakat 
qiladi. Bu «nimadir», o„z navbatida, «muayyan borliq»dir. Gegel fikriga ko„ra, 
mutlaq g„oyaning vujudga kelish jarayoni ayni shu tariqa boshlanadi. «Muayyan 
borliq» keyingi bosqichda «qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki 
sifat kasb etadi. Sifat kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. 
Sifatli miqdor yoki miqdoriy sifat esa o„lchov hisoblanadi. Borliq haqidagi 
talimotda Gegel dialektika qonunlaridan biri: miqdordan sifatga va sifatdan 
miqdorga o„tish, rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida yuz berishini asoslashga 
harakat qiladi.


Hodisa sifatida tushuniladigan borliqdan Gegel yanada teranroq, ichki 
qonuniyatlarga – mohiyatga o„tadi. Bu qismda Gegel qarama-qarshiliklarning bir-
biriga o„tishi, ularning birligi, ayniyat va kurash to„g„risidagi qonunni tahlil qiladi. 
Gegel fikriga ko„ra, ziddiyat – bu qarama-qarshiliklarning o„zaro nisbatidir. Ular 
bir-birisiz mavjud bo„lmaydi, lekin turli yo„ldan rivojlanadi va bu ular o„rtasidagi 
munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo„ladi. Ziddiyatni echish yoki unga chek 
qo„yish talab etiladi. Gegel ziddiyatni asos va oqibatning, shakl va mazmunning, 
hodisa va mohiyatning, imkoniyat va voqelikning, tasodif va zaruriyatning o„zaro 
nisbatida ko„radi. Ziddiyat haqidagi talimotni rivojlantirar ekan, Gegel ichdan 
zarur bo„lgan, har qanday o„zgarish va rivojlanishning manbai sanalgan «o„z-
o„zidan harakat» haqida xulosa chiqaradi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin