ongidan qatiy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil tasir ko„rsatadi,
mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning
boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining
turli sohalarida
qo„llanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda –
fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy
reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda.
Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va
okeanlarning chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan turib
boshqarishda virtual borliq keng qo„llanilmoqda.
Muhandislik dizaynini
avtomatlashtirish jarayonida virtual borliq texnologiyasi ayniqsa qo„l kelmoqda.
Kompyuter dizayni va uning ajralmas hamrohi – kompyuter ishlab chiqarishi
raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan
o„tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan
harbiylar ham keng foydalanmoqdalar. Masalan, AQSH armiyasida harbiy
xizmatchilarda merganlik ko„nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang
sharoitida tez va to„g„ri qarorlar qabul qilish ko„nikmasini shakllantirish uchun esa
harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof muhitga
katta zarar etkazadigan harbiy mashqlar imitatsiya qilinmoqda. Tank qismlarida
tankdan o„q uzishni hamda tank jangida askarlar
va ofitserlarning shaxsiy
ishtirokini
imitatsiya
qiluvchi
harbiy
o„yinlardan
foydalanilmoqda.
Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan
o„tkazilmoqda. Harbiylar olingan malumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish
uchun ham kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar.
Talim
sohasida
mashq
trenajyorlarini
yaratishda
virtual
borliq
texnologiyasidan foydalanilmoqda. Virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil etish
jarayoni boshlandi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter
yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo„ylab harakatlanishi, kerakli
adabiyotlarni topishi va olib ko„zdan kechirishi, zarur holda esa ulardan nusxa
ko„chirishi mumkin.
Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey
foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o„lchovli
ko„rinishida ko„rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy
echish qobiliyati ancha
yuqori bo„lgan displeylarni taqozo etadi.
Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot
vositalari va telekommunikatsiyalar ajralmas qismi bo„lgan hozirgi zamon
madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.
Energiya borliq shakli.
Fanning fundamental qonunlaridan biri –
energiyaning saqlanish va o„zgarish qonunidir
. Energiya moddiy jismlarning o„z
holatini o„zgartirish orqali muayyan vazifani bajarish qobiliyati bo„lib, u yo„q qilib
bo„lmaydigan, rang-barang o„zgarishlarga qodir substansiya sifatida, materiya
atributi sifatida talqin qilinadi
.
Qadimda suv, shamol va hayvonlarning muskul kuchi ham energiya sifatida
tan olingan. Qadimgi misrliklar elkanni yaratib, shamol kuchi va energiyasidan
foydalanganlar, uni namoyish etganlar. Evolyusiya qonunlari hamma narsa va
jarayonlar nafaqat muskul kuchi bilan
yoki fizik energiya tasirida, balki inson
miyasi – tafakkur energiyasi yordamida ham amalga oshirilishini talab qiladi.
YUnon tiliga mansub «energiya» tushunchasi Aristotel tomonidan ko„p
qo„llanilgan. Dunyoning tabiiy ilmiy manzarasi doirasida energiya haqidagi
tasavvurlar mexanikada shakllangan va bu atama fanda birinchi marta 1807 yilda
qo„llanilgan. U bilan bir vaqtda «kuch» atamasidan ham foydalanilgan. G.Leybnits
energiya hodisasini «jonli kuch» deb tavsiflagan. G.Gelmgols ilmiy muomalaga
kiritgan potensial energiya haqidagi tasavvurni «kuchlanish kuchi» deb nomlagan.
XIX-XX asrlar chegarasida fizikaning rivojlanishi harakatning yangi turlari
kashf etilishiga olib keldi, lekin ularda aynan nima harakatlanishi nomalum bo„lib
qoldi. Ayrim olimlar bu holatdan foydalanib, materiyasiz harakat mumkin
emasligini isbotlashga urindilar. Elektron tabiat hali yaxshi o„rganilmagani tufayli,
elektron muayyan «nomoddiy kuch», moddiy tashuvchisiz sof harakat,
deb elon
qilindi. Energiyani barcha hodisalarning birinchi negizi deb biluvchi falsafiy
yo„nalish – energetizm deb nomlanadi.
Energetizmning asosiy tezisi «materiya»
tushunchasini malum energiyalar kompleksi bilan almashtirishdan iborat.
Materiya moddaga tenglashtirilgan. Energiya deganda, aksariyat hollarda moddiy
harakat tushunilgan.
Materiya va harakatni nafaqat miqdor, balki sifat jihatidan ham yo„q qilib
bo„lmasligini tan olish muhimdir. Harakatni sifat jihatidan yo„q qilish
mumkinligini faraz etgan holda, uning faqat miqdor jihatidan saqlanishini tan olish
Olamning issiqlikdan o„lishi konsepsiyasiga olib kelgan edi. Bu g„oya klassik
elektrodinamika asoschilari V.Tompson va R.Klauzius tomonidan ilgari surilgan.
Ushbu nazariya zamirida termodinamikaning ikkinchi asosi yoki entropiyaning
o„sishi qonunini butun Olamga nisbatan tatbiq etishga urinish yotadi.
Dostları ilə paylaş: