7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing


Kommunikatsiya maqsadlarini belgilash



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə8/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
9.2.Kommunikatsiya maqsadlarini belgilash
Kommunikatsiya maqsadlari kommunikatsiyalar orqali nimalarga erishilishi lozimligiga qarab belgilanadi. Maqsadlar tavsifi aniq va erishib boʻladigan boʻlishi bilan birga savdo xajmi, bozor ulushi, veb saytga tashriflar, tashkilot haqida eshitgan odamlar soniga doir aniq koʻrsatkichlarni koʻrsatishi kerak. Marketing maqsadlari misollari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
● savdo/ aylanmasi/bozor ulushi;
● bozordagi pozitsiyasi;
● sadoqati/biznesning takrorlanishi;
● imidji;
● xabardorlik darajasi.
Strategiya maqsadlar kommunikatsiyalar orqali qanday qilib unga erishish mumkin degan savolga javob beradi. Strategiya maqsadli bozor segmentlarini, mahsulot/xizmat uchun tuzilgan marketing miksiga kiruvchi tamoyillarni, qoʻllaniladigan pozitsiyalashtirish strategiyasini va marketing kommunikatsiyalari kanallarini belgilaydi.


9.3.Media rejalashtirish
“Media” atamasi keng auditoriyani qamrab oladigan ommaviy aloqa turlarini bildiradi va bu “efir” deb atalib, koʻp segmentli marketing strategiyalari bilan uzviy bogʻliq. Teleradio uzatish strategiyasida uning natijasi farq qiladi, masalan, “kabelli televideniya” bozorning asosan torroq segmentlari uchun moʻljallanadi va yoʻnaltiriladi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, teleradio OAV lari auditoriyasi qayta taqsimlandi, yaʼni ularning soni va xilma-xilligi atrofda OAV ning yangi shakllari (reklama stendlari, mobil dasturlari va hokazo) paydo boʻlgani sababli tez surʼatlarda koʻpaydi. Bundan tashqari, taqsimlanish natijasida auditoriya koʻproq efirning torroq yoʻnalishlarini qabul qila boshladi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, teleradio efirlarining asosiy prinsipi bu qisqa muddatda juda koʻp sonli insonlarni qamrab olishidir. Odatda, media strategiyalari uch turga boʻlinadi: ommaviy yondashish, aniq bir moʻljalga nisbatan yondashish va aralash yondashish (bunda ommaviy yondashishdan ham, moʻljalli yondashishdan ham foydalaniladi).
Oʻz nomidan bilinib turibdiki, ommaviy strategiyalar ommaviy axborot vositalari bilan bogʻliq boʻlsa, moʻljalli strategiyalar koʻproq maxsus tanlovga asoslanadi.
Marketing strategiyasida mediadan foydalanish quyidagilarga bogʻliq:

  • qay turdagi isteʼmolchilarga moʻljallanganligiga;

  • segmentdagi insonlar umumiy soniga;

  • ularning qaysi OAV lardan foydalanishga odatlanganliklariga;

  • strategiyaning maqsad va vazifalariga;

Mediani rejalashtirish jarayonida taktik kommunikatsiya harakatlari va strategiya shakllantirish asosi hisoblanadi. Media strategiya muloqot doirasining xohish- istaklariga muvofiq reklama vositalarini tanlash, ijodiy va kommunikativ tarkibiy qismlarni belgilash, samarali taʼsir koʻrsatish davrini oʻz ichiga oladi.
Ilgari surish maqsadini tanlash taʼsir etish obyekti va tarqatish vositalariga bogʻliq boʻlib, sotishga bilvosita yoki bevosita taʼsir etuvchi, tovarni xarid qilish haqida qaror qabul qilishni yaqinlashtiruvchi barcha omillarni hisobga olishi kerak. Butun sotish zanjiri boʻyicha ulkan xarajatlar taklif etilayotgan tovar ustunliklari, u haqida xabardor qilish, xaridga undashi va bir necha marta xarid qilishga yoʻnaltirilishi lozim.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin