9.4. Marketing kommunikatsiyasini strategik rejalashtirish Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
● ular marketing kommunikatsiyalari strategiyasi yoʻnalishi va maqsadini belgilaydi hamda marketing agentligini aniq maʼlumot bilan taʼminlaydi.
● ular tashkilot uchun uzoq muddatli rejalarni aniqlash va belgilashga yordam beradi.
● ular marketing byudjetining aniqligi va nazorat qilish darajasini oshirib, tashkilotning ish yuritish koʻrsatkichlari hamda sarmoyaning qaytim darajasini aniqlash imkonini beradi.
Umuman olganda, marketing maqsadlar strategik maqsadlarga asoslanib qoʻyiladi. Bunday maqsadlarning muvaffaqiyatli va marketing kampaniyalarining muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar haqidagi maʼlumotlar ushbu darslik doirasidan tashqarida. Oldinroq aytib oʻtilganidek, kampaniyalarning muvaffaqiyatiga taʼsir qiluvchi omillar koʻlami ancha keng, bularga asosiy omillar ham kiradi. Koʻpincha tashkilotning moliyaviy ahvoli hamda marketing strategiyasi va kampaniyalarni moliyalashtirish imkoniyati bozordagi talab va taklif balansiga bogʻliq. Lekin, shuni inobatga olish kerakki marketing strategiyalari ham inqirozga uchrashi va tashkilot faoliyatiga salbiy taʼsir qilishi mumkin.
Notoʻgʻri qoʻyilgan maqsadlar quyidagicha boʻlishi mumkin:
notoʻgʻri maqsadlarda koʻpincha detallarda aniqlik yetishmaydi;
ular isteʼmolchilarning qadriyatlari va dunyoqarashini hisobga olmaydi, ayniqsa turli davlatlar madaniyati oʻrtasidagi farqni koʻrsatdi;
ular tashkilot isteʼmolchilar va boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan qanday qabul qilinishi toʻgʻrisida yetarli maʼlumot yigʻilmaganligini anglatadi.
ular hozirgi va kelajakdagi tashqi bozor muhiti sharoiti yaxshi oʻrganilmaganini bildiradi.
Lekin marketing kommunikatsiyalari ishi tizimli va rejalashtirilgan holda amalga oshirilsa, bunday holatning xatari minimallashtiriladi.
Mahsulotga asoslangan strategiyalar.Mahsulot portfoliosi tahlili. Koʻpincha yirik turizm va mehmonxona biznesi tashkilotlari yoki maskanlari portfoliosida turli xil mahsulotlar boʻlib, ular portfolioni har bir mahsulot bozoriga nisbatan alohida tahlil qilinishi lozim.Tashkilot odamlar nima sababdan ushbu mahsulotni xarid qilayotganini tasvirlab, bozorga taklif qilinayotgan har bir mahsulotni sinchkovlab sinashi lozim. Bu joriy strategiyaning tavsifi ekanligini hisobga olish zarur.
Boston Consulting Group (BCG) tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot portfoliosi tahlili, tashkilot/maskan portfoliosidagi har bir mahsulotining joriy hajmi va bozordagi pozitsiyasini tahlil qiladi. Bu modelning maqsadi tashkilot/maskanning har bir mahsuloti faoliyatini taqqoslashdir. Mashhur iqtisodchi Holloway oʻz kitobida bu tahlil savdo hajmiga, bozor ulushiga, asosiy oʻyinchiga nisbatan aniqlanuvchi mahsulot yashash bosqichiga qarab baholanadigan turoperatorlar misolida qanday ishlatilishini tasvirlaydi. Bunday BCG matritsa mehmonxonalarning turli boʻlimlariga savdo koʻrsatkichlarini tahlil qilish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bunga marketing kommunikatsiyalari strategiyasini belgilashda kuchli turtki sifatida qaraladi. Masalan, mehmonxona misolida oziq ovqat boʻlimi rivojlangan boʻlib, anjumanlar va har xil tadbirlar oʻtkazish yoki kechki xonalar sotuvi boʻlimlari sust ishlayotgan boʻlsa, biznesni rivojlantirish uchun qaysi mahsulotni, qaysi bozor segmentlariga taklif/reklama qilishni hal qiluvchi strategik tanlovni amalga oshirish lozim boʻladi.