7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing


Internetning kommunikatsion modeli



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə4/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
8.2.Internetning kommunikatsion modeli
Internet-kommunikatsiyaning qiymati juda katta va bu tez surʼatlar bilan muntazam ravishda oʻsib bormoqda. Chunki kundan-kunga yangi yoʻnalishlar ochilib, isteʼmolchilarning internet imkoniyatlaridan foydalanishlari, ularning turmush tarzi (xarid, ehtiyojlari, istak-xohishlari) internetga uygʻunlashuvi kuzatilyapti. Bu Yevropa turistik biznesida ham dolzarb masala boʻlib qolmoqda. Maʼlumotlariga koʻra 2006 - yildan 2022 - yilga qadar YEI tur agentliklarida onlayn chakana savdo 20% ga oʻsib va $69 mlrd yetadi (Euromonitor International).
Internet marketing — bu axborot marketing faoliyatining falsafa majmuasi, strategiyasi va vositasi boʻlib, u bozorni tadqiq etish, axborot muhitini muqobil tuzish, tovarlar, gʻoyalar va xizmatlarni siljitish, sotish va xarid qilishdir. Shu bilan bir qatorda, Internet-marketing marketingning mustaqil sohasi boʻlmay, balki marketing tahlili va taʼsirining vositalaridan biri, firmaning umumiy marketing strategiyasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.1
Angliya reklama industriyasida internet-marketingi eng tez rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi. 2006-yilda internet-reklama xarajatlari £2 milliardga teng boʻldi. Shu bilan birga internet-reklama xarajatlari oʻsishi bilan boshqa OAV xarajatlarining pasayishi kuzatilmoqda. 2006-yilda internet reklama xarajatlari 7% oʻsdi va boshqa tarmoqlarda esa xarajatlar 1% pasaydi.
Reklamaning boshqa turlari boʻyicha xarajatlar ham shu tarzda 1% pasayishga ega boʻldi. Haqiqatan ham internet-reklama xarajatlari 10% ortiq ulushni egallamoqda. Bugungi kunda internet-reklama xarajatlari dunyo boʻyicha oʻrtacha 5,8% ga teng boʻlsa, Angliyada 2006 -yilning ikkinchi yarmida 12% dan ortiqroq ulushga ega boʻlgan.
IAB maʼlumotlariga koʻra, 2006- yilda bannerlar va onlayn homiylik asosida reklamalar namoyishi 35% oʻsdi. Biroq, bu borada asosiy yetakchi pulli qidiruv boʻlib 2006-yilda 50% dan ortiqroq oʻsib, £1,2 mlrd. yoki onlayn-reklama xarajatlarning deyarli 58% ini tashkil etdi.
Biroq, shuni ham alohida taʼkidlash joizki, internet reklama samaradorligi va bozor ulushining sezilarli darajada oʻsishi bilan bir vaqtda uning asosiy sohalari avtomobil, texnika, koʻchmas mulk va chakana savdo boʻlib qolmoqda.
Pull- push modellari. Kommunikatsiya miksi tuzilishi va amalga oshirish usullari (media kanallar) maqsadli qatlamning maʼlumot ehtiyojlariga qarab tanlanishi lozim, shunga qarab tortish yoki profayl strategiyasi qoʻllanadi. Koʻpincha turizm va mehmonxona biznesi tashkilotlari uchun yondashuvlar kombinatsiyasini kattaroq kampaniya oʻtkazishni taqozo qiladi, lekin kichik va oʻrta hajmli tashkilotlar uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan yondashuvlar turlari chegaralangan. Tashkilotning hajmi turli media kanallar orqali tarqatiladigan resurslar darajasini ham belgilaydi.
Televizion reklama koʻpchilik tashkilotlar uchun juda qimmat va aniq bir odamlar qismiga fokus qilish borasida toʻgʻri kelmaydi. Har bir maqsadli guruhga taqdim qilinadigan maʼlumotlar turlarini kommunikatsiya miksi belgilaydi. Shuning uchun ham asosiy dizayn, yetkaziladigan fikr, shikoyatlar, ratsional yoki emotsional, nusxa va tasvir mikslari aniqlashtirilishi lozim. Masalan, yorqin va provakatsion tasvirlar tortish-pull kampaniyasi orqali billbordlar va avtobuslarda joylashtirilishi lozim. Ular yanada detallar bilan boyitilgan kommunikatsiya va promo materiallarni push (siljitish) strategiyasi orqali mos vositachilar orqali mijozlarga yetkaziladi.
Turizm va mehmonxona industriyasi internet-reklama rivojlanishida asosiy sohalardan biri hisoblansada, reklama bozoridagi ulushining oʻsishi boshqa sohalar bilan tengman-tenglikda erisha olmaydi. Shuningdek, ushbu sohada reklama faoliyati u darajada katta boʻlishi kutilmaydi.
IAB maʼlumotlariga koʻra, muvaffaqiyatning asosiy omili keng polosali internet imkoniyatlaridan foydalanish boʻlib, multimedia texnologiyasining internetdagi reklamada qoʻllash, ayniqsa, video va audio fayllardan foydalanishda namoyon boʻlmoqda. Bu oʻz navbatida YouTube va MySpace, turizm va sayohat maqsadlarida foydalaniladigan turli aralash saytlar orqali foydalanuvchilar kontentining oʻsishi bilan bogʻliq.
Internet texnologiyasining joriy etilishi ommaviy ovqatlanish va mehmondorchilik industriyasi uchun bilvosita munosabatlar sifatida qabul qilinsa-da, bunday texnologik oʻzgarishlar yordamida maʼlum naflikka erishish mumkin. Ayrim mehmonxona tarmoqlari mavjud texnologiyalar yordamida audiovizual vositalarni qamrab olgan va maqsadli auditoriyada ijobiy taassurot qoldirishga xizmat qiluvchi dinamik veb-saytlarni yaratishga katta eʼtibor qaratadilar. Bu saytga interaktiv va vizual unsurlarni qoʻshish imkonini, sayt orqali mehmonxona boʻylab virtual sayohat qilishga sharoit yaratib, mehmonxona uchun qulay muhit yaratib beradi.
Mehmonxonalar uchun vositachi-saytlarini yaratish butik-otel yoki mass-market (ommaviy doʻkon) kabi eng ommaviy boʻlgan mahsulotlarni sotishga qaratilgan boʻlib, arzonlashtirilgan xonalarni sotish, bron qilishga moʻljallanadi (masalan, www.laterooms.com). Bu esa isteʼmolchilarga sayohat davrida turning turli elementlarini alohida-alohida bron qilish imkoniyatini yaratadi. Onlayn-serverlar yordamida alohida va mukammal tur-paketlarni ishlab chiqish elektron vositachilar sonining ortishiga, onlayn yoki oflayn rejimda ishlaydigan yangi mahsulotlar yaratish, yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish va reklamaning zamonaviy yoʻnalishlarini izlab topish imkonini beradi.
2022- yil yanvar holatiga koʻra, saytlar 19.7 mln. kishi uchun tovarlar va xizmatlar sotiladigan eng ommabop “onlayn-savdo maydonchasi” ga aylanib ulgurdi. Angliyaning bozor tadqiqotlari Byurosining oʻtkazilgan tadqiqotlariga koʻra, eng ommabop onlayn-tadbirlarning

  • 26.1 mln. elektron pochta;

  • 22.8 mln. axborot vositalari;

  • 16.7 mln. sayohat yo'nalishlari tuzish;

  • 14.1 mln.kino/teatr/konsert, eʼlonlar tarqatish;

  • 12.2 mln.boʻsh ish oʻrinlarini qidirishga yoʻnaltirilgan.

BMRB Internet-reklama boʻyicha hisobotiga koʻra oʻtgan yili Angliyada mehmonxona va turli reyslar toʻgʻrisida maʼlumotlar qidirish eng ommaviy hisoblangan faoliyat turlarida 3-oʻrinda turgan. 71% katta yoshdagi angliyaliklar soʻrov oʻtkazilgunga qadar 3 oy oldin internetdan foydalanishgan. Isteʼmolchilar xarid xususiyatiga koʻra 51% katta yoshdagi kishilar internet orqali xaridni amalga oshirishgan va hech boʻlmaganda chipta yoki joylashtirish vositalari uchun xaridni amalga oshirgan. Bu filmlar va musiqa mahsulotlaridan keyin turadigan ikkinchi mahsulot turidir.
Taʼkidlash joizki, turistik xizmatlar bozori axborotlari ulkan bozor hisoblanib, brendlar uchun ham oʻz marketing kommunikatsiyalarini yoʻnaltirish uchun ahamiyatlidir. Axborotlarni qidirish va onlayn xaridlar yaqin 5 yil ichida barqaror oʻsish suratiga ega. Shuningdek, internet-reklama bozorining jadal oʻsishi saqlanib qoladi. Bu internet-reklamaning reklama tarixida eng tez rivojlanayotgan turi ekanligidan dalolat beradi. Angliya bozori uchun bu yaqin kelajakda xarajatlarning 48% oʻsishini hisobga olgan holda 25% darajasida barqaror oʻsishi kuzatiladi va 2020-2021-yillarda £7.97 mlrd.ga teng boʻldi.
Kadrlarni tanlash, moliyalashtirish, texnik jihat va koʻngilochar tadbirlar boʻyicha reklama byudjeti reytingda asosiy oʻrinda turadi. Haqiqatda esa Angliyada reklama tadbirlarini tashkil etish va bannerlar uchun xarajatlar koʻproq. Bu holatda Angliyada onlayn-turizm, mehmondorchilikning rivojlanishi va reklama byudjeti xajmi oʻrtasida tafovut saqlanib qolmoqda.

Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin