7-bob. ToʻGʻridan-toʻGʻri marketing va kompyuter tarmoqlaridagi marketing


Onlayn xulq-atvor va marketing kommunikatsiyalari



Yüklə 307,18 Kb.
səhifə5/30
tarix25.12.2023
ölçüsü307,18 Kb.
#195471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
8.3.Onlayn xulq-atvor va marketing kommunikatsiyalari
Onlayn-kommunikatsiya strategiyasi koʻp jihatdan korxonalarning anʼanaviy strategiyalariga oʻxshash boʻladi. Bugungi kunda deyarli barcha kompaniyalarning oʻz sayti mavjud boʻlib, salohiyatli mijozlar taklif qilinayotgan tovarlar, xizmatlar va turli takliflar toʻgʻrisida zarur axborotlarni izlashi mumkin. Veb-saytlar kompaniyalarning maqsadli axborotlarni yoʻnaltirishga qaratilgan integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining tarkibiy qismi boʻlishi mumkin.
Shu bois saytlar muntazam ravishda aynan yoʻnaltirilgan operatsiyalarga ixtisoslashib bormoqda. Shuning uchun ularning funksionallik xarid jarayonida imkon qadar katta hajmdagi axborot oqimini taqdim qila olishi kerak. Onlayn-reklama, eng avvalo, xabar berish, brend toʻgʻrisida xabardor qilish, yangi munosabatlarni shakllantirish va oʻzgartirish, harakatga, yaʼni xarid qilishga yoki qoʻshimcha axborot olishga undash, mijozlar sodiqligini saqlab qolish hamda mijozlar bazasini shakllantirishga qaratilishi kerak.
Internet-reklamaning turlari. Internetda reklama mohiyatan uch xil shaklda amalga oshadi:
1. Qidiruv marketingi (search marketing);
2. Tasnifiy reklama (classified advertising);
3. Tasviriy reklama (displey advertising).
Onlayn tasnifiy reklama reklamaning anʼanaviy bosma turlari kabi boʻlib, xizmatlarning katalogi, roʻyxati shaklda tuziladi. Masalan, mehmonxona tarmoqlari (www.hiphotels.com) yoki teatr biletlari (www.theatreticketsdirect.co.uk) shular jumlasidan. Internetdagi tub oʻzgarishlar keng polosali tarmoqlarni joriy etish bilan amalga oshdi. 2020-yilga kelib, Angliyada uy xoʻjaliklarining 65% internet tarmogʻiga ulangan boʻlsa, shundan 56% (taxminan 8.9 mln) keng polosali tarmoqqa ulangan edi. Bu oʻtgan davrga nisbatan 5% ortiq edi. Keng polosali ulanish tarmoqning yuklanishini kamaytiradi va foydalanuvchilarning koʻproq internet sahifalarini koʻrish imkonini beradi. Keyingi yillarda keng polosali ulanishning turlari va shakllari soni ortib bormoqda. Bu keng polosali ulanishning imkoniyatlaridan muntazam foydalanish bilan bog’liq. Internet-reklama Byurosi (IAB), prognoziga ko’ra, 2025-yilda Angliyada uy xo’jaliklarining 90.5% keng polosali internet tarmog’iga ulanadi. Bu shaxsiy kompyuter xotirasining kengayishi, amaliy dasturlar ishlab chiqishda keskin o’zgarishga olib keladi. Kundan-kunga musiqa, kino arzon va qulay bo’lgan kliplarga o’z o’rnini bo’shatib bermoqda. Masalan, multimedia kontenti aksariyat korxonalar uchun butunjahon o’rgimchak to’ri (www)da o’zini namoyish etishda muhim rol o’ynamoqda.
Bu marketing kommunikatsiyalari turlari va OAVning internet orqali amalga oshishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Bu birinchidan, sohaga oid ayrim internet atamalariga tarif berish, internet reklamaning turli strategiyalarini tahlil qilish, ikkinchidan ushbu strategiyalarning yakuniy samarasi, oqibatlari va jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan xizmatlar sohasining axborot almashinuvidagi ishtirokini yoritadi.
Internetning gipermedia muhitida marketing nazariyasi va metodologiyasidan kelib chiqqan bo’lib, an’anaviy marketing vositalaridan farqli xususiyatlarga ega. Shulardan biri uning gipermedia tabiatiga egaligidir. U axborotni taqdim etish va o’zlashtirishda yuqori samaradorlik mavjudligi bilan tavsiflanadi. Biznes va iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashda marketing imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Internet tarmog’ining roli kommunikativ funksiyalar bilan chegaralanib qolmaydi, u bitimlar tuzadi, xaridlar va to’lovlarni amalga oshiradi. Shu asnoda global elektron bozor xususiyatlarini taqdim etadi.
Respublikamizda AKTni har tomonlama ravnaq toptirish, huquqiy-tashkiliy va moddiy-texnik bazasini izchil takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tamoyil asosida ilg’or AKTning salohiyati, yutuqlari va innovatsiyalari xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirishga, odamlar dunyoqarashini o’zgartirishga, mamlakatimizni yanada rivojlantirib, nufuzini jahonga yoyishga yo’naltirilayotgani diqqatga sazovordir.
Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan zamonaviy AKTni ommaviy joriy etish va ulardan foydalanishni ta’minlovchi strategiyalarni amalga oshirish bo’yicha muayyan ishlar olib borilyapti. Biznes sub’ektlaridan raqobat sharoitida yashab qolishlari uchun mazkur vositalarni ko’proq qo’llash talab etilmoqda. Bu korxonalarga elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini jadal rivojlantirish zarurligini anglatadi.
Korxona va biznes sub’ektlarining zamonaviy AKTdan foydalanishlari - quydagilarda o’zini namoyon etadi

  • kompaniyalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazishda;

  • vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan kelishish (ekologiya, qurilish, tabiiy resurslardan foydalanish)da;

  • litsenziyalar olish va ularning muddatini uzaytirishda;

  • yuridik maslahatlar, qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartirishlar to’g’risida o’z vaqtida va to’liq axborot olishda;

  • byudjetga (daromad, foyda, qo’shilgan qiymat, yo’l, yer soliqlari va h.q.lar) hamda byudjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ to’lovlarni to’lashda;

  • eksport – import operatsiyalari bo’yicha tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlar va bojxona to’lovlarini rasmiylashtirishda;

  • buxgalteriya, soliq va statistika hisobotlarni rasmiylashtirish va boshqa ishlarni amalga oshirishda asqatadi.

Korxonalar mahsulotlarini samarali sotishni tashkil etish uchun rivojlangan davlatlar amaliyotida elektron tijorat (e-commerce) vositalaridan keng foydalanilmoqda. Bu modellarga chuqurroq to’xtalsak, quyidagilarga ishonch hosil qilamiz:
1. B2B (Business-to-Business) modelida biznes biznesga xizmatlar taqdim etadi. Masalan, konsalting firmasi boshqa kompaniyaning savdo xodimlari uchun trening xizmatlarini taklif qilsa, bu ikki yuridik shaxslar, ya’ni kompaniyalar o’rtasidagi savdo aloqalari hisoblanadi.
2. B2C (Business-to-Consumer) modelida biznes iste’molchiga xizmat ko’rsatadi. Masalan, iste’molchilarga ko’rsatiladigan servis xizmatlari.
3. B2G (Business-to-Government) modelida biznes hukumatga, ya’ni yuridik shaxslar, tadbirkorlar davlat muassasalariga xizmat ko’rsatishadi.
4. C2B (Consumer-to-Business) modelida xizmatlar xususiy shaxs (iste’molchi) tomonidan taqdim etilganida iste’molchi biznesga xizmat ko’rsatadi. Masalan, yangi mahsulotlar uchun g’oyalar taklif qiladi, sharhlar yozadi. Bunday aloqalar mijoz takliflarini o’z ichiga oladi.
5. C2C (Consumer-to-Consumer) modelida iste’molchi iste’molchiga xizmat ko’rsatadi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar almashinuvi tadbirkorlar o’rtasida emas, balki jismoniy shaxslar o’rtasida sodir bo’ladi. Foydalanuvchilar o’rtasidagi eng yorqin tijorat aloqalariga onlayn savdolar va axborot panellari misol bo’ladi.
6. C2G (Consumer-to-Government) modelida iste’molchiga hukumatga xizmat ko’rsatadi. Bunga soliqlar to’lash, saylovlarda ovoz berish va ijtimoiy so’rovlarda ishtirok etish kiradi.
7. G2B (Government-to-Business) modelida xizmatlar davlat tomonidan biznesga taqdim etiladi.
8. G2C (Government-to-Consumer) modelida hukumat iste’molchiga – jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari ko’rsatadi.
Elektron tijoratning B2B, B2C, C2B va C2C modellari rivojlangan amaliyotda keng tarqalgan. Elektron tijorat (e-Commerce)ni rivojlantirish G2C xizmatlarining muhim sektori hisoblanadi. Ushbu yo’nalishning dolzarbligi, birinchidan, aynan e-Commerce vositalari bilan davlat xaridlari va buyurtmalari bo’yicha tenderlar tashkil etish, davlat investitsiya va innovatsiya loyihalarini, ijtimoiy dasturlarni bajarish asnosi davlat va biznesning o’zaro iqtisodiy hamkorligi eng samarali tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Ikkinchidan, davlat e-Commerce rivojlanishini rag’batlantirish orqali ham biznes sub’ektlariga, ham aholiga davlat xizmatlari ko’rsatadi, biznes muhiti yaratilishiga ko’maklashadi. Aniqrog’i, G2B va G2C tizimlari elektron hukumat tizimida fuqarolik-huquqiy va xo’jalik-huquqiy munosabatlarining zarur infratuzilmasini tashkil etuvchi B2B va B2C munosabatlari bilan tabiiy ravishda to’ldiriladi.
Zamonaviy AKTning vazifasi, avvalambor, sifatli, ishonchli va raqobatbardosh tovarni, uning bozordagi o’rni va xaridorgirligini aniqlashdan iborat bo’ladi. Lo’nda qilib aytganda, ushbu jarayonda u vositachi vazifasini o’taydi. Vositachilik esa, har ikki tomon – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi manfaatli bitim tuzishiga imkon yaratuvchi faoliyatdir .
Zamonaviy AKTning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri nihoyatda yuqori. Bu ta’sir, eng avvalo, mehnat unumdorligi o’sishida, raqobatbardoshlik ta’minlanishida, yangi ish o’rinlari yaratilishida, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish xarajatlari kamayishida namoyon bo’ladi.
Korxonada axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish uning marketing faoliyatini sifat jihatidan o’zgartiradi. Shuningdek, an’anaviy savdo usuliga ketgan vaqt va xarajatlarni kamaytirib, mahsulot savdosi oshishiga va foyda ko’payishiga xizmat qiladi.
Xullas, bizning davrimizga kelib, axborot-kommunakatsiya texnologiyalari tom ma’noda ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilarning beminnat ko’makchilariga aylandi. Ular tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirishda, ichki va tashqi bozorlarga chiqarishda, xaridor topishda, xarajatlarni kamaytirib, samaradorlikni oshirishda, alqissa, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirib, eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.



Yüklə 307,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin