Differensial tenglamalarni sonli usulda echish Ko’pchilik chiziqli bo’lmagan differensial tenglamalar analitik echimga ega bo’lmaydi. Bundan tashqari ko’pincha analitik echimning o’zi shart ham bo’lmaydi. CHunki natijani grafik ko’rinishda tasvirlash talab etiladi. Bunday hollarda differensial tenglamalar sonli usullarda echiladi. Bu holda ham dsolve funksiyasidan foydalaniladi, faqat yuqorida qayd etilganidek, numeric yoki type=numeric parametrlari bilan birgalikda foydalaniladi.