I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o’zaro ta’sir
haqidagi, shartli reflektorlik aloqalarining shakllanish
qoidalari haqidagi
nazariyalari, P.K.Anoxinning funktsional sistemalar haqidagi ta’limoti, ruhiy
funktsiyalarni dinamik tarzda cheklash haqidagi ta’limot (I.M.Sechenov,
I.P.Pavlov, A.R.Luriya) va nutq faoliyatining zamonaviy neyropsixolingvistik
nazariyalari haqidagi ta’limot
logopediyaning tabiiy-ilmiy, psixofiziologik
asosidir. I.P.Pavlov ta’limotiga muvofiq
nutq bosh miyaning murakkab
psixofiziologik funktsiyasini, uning ikkinchi signal sistemasini o’zida
namoyon
etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi.
Birinchi va ikkinchi signal sistemalari bir-biri bilan uzviy bog’langandir.
Ikkinchi signal sistemasi birinchi sistema asosida shakllanadi. Ammo
keyinchalik ikkinchi signal sistemasining birinchi signal sistemaga tartibga
soluvchi ta’siri namoyon bo’ladi. So’z
alohida xususiyatning signali,
umumlashtirish, mavhumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari
orasidagi o’zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish,
buzilgan nutq va nutqsiz funktsiyalarning o’rnini bosish ustida samarali logopedik
ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o’rganish.