Rivojlanish tamoyili, shuningdek bolaning yaqin rivojlanishi doirasidan
o’rin olgan ma’lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarni logopedik ish jarayoniga
ajratishni ham ko’zda tutadi. Nutqi buzilgan bolalarni tekshirish, shuningdek ular
bilan olib boriladigan logopedik ishni tashkil qilish bolaning yetakchi faoliyatlarini
(predmetli-amaliy, o’yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Tuzatish – logopedik ta’sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari
namoyon bo’lish izchilligini, shuningdek bolaning ontogenezidagi (ontogenetik
tamoyil)
faoliyat
turlarini
hisobga
olgan
holda
olib
boriladi.
Nutq buzilishlarining paydo bo’lishi ko’p hollarda biologik va sotsial omillarning
o’zaro murakkab ta’siri bilan bog’langan bo’ladi. Nutq buzilishlarini samarali
logopedik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish etiologiyasi,
mexanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib ko’rsatish,
nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning o’zaro munosabatlarini aniqlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Nutq buzilishlarini o’rganish va tuzatishda
didaktik tamoyillar:
ko’rgazmalilik
tushunarlilik, onglilik, yakka tartibda yondoshish va boshqalar muhim o’rin tutadi.
Logopediya fani metodlarini shartli ravishda bir necha guruhlarga bo’lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: