Logoped nutq buzilishlarini payqab olishi, ularni tuzatish va bartaraf etish
usul hamda metodlarini egallagan bo’lishi, bunday nuqsonlarni oldini olishga doir
profilaktik ishlarni yo’lga qo’yishi, nutqi zaiflashgan
bolalarni maktabgacha
tarbiya yoshida ham, maktab yoshida ham ona tili bo’yicha o’qitishning
maxsus
metodlaridan qo’llana olishi, g’ayritabiiy nutqli bolalarning muhim psixik
xususiyatlarini bilishi, ularni tarbiyalash usul hamda metodlarini egallagan
bo’lishi, ulardagi oliy miya qobig’i faoliyatini tuzatish va rivojlantirish
uslublaridan qo’llana olishi kerak. Logopedning ixtisosi bo’yicha
chuqur bilimga
egaligi dasturlarni, maktab darsliklarini, logopediya bo’yicha qo’llanmalarni
bilishni o’z ichiga oladi.
Bolalarni o’qitish, tarbiyalash va ularning buzilgan nutqlari yuzasidan olib
boriladigan ishlarning samaradorligiga erishish uchun logopedning shaxsi birinchi
darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy sifatlarni o’zida namoyon etadi:
kasbiga qiziqishlik; bolalarni sevish,
o’ziga
va atrofdagilarga talabchanlik;
pedagogik ijodiy hayol va kuzatuvchanlik; samimiylik,
kamtarlik, mas’uliyatlilik,
so’zda va amalda qat’iylik va izchillik.
Logoped ilg’or tajribalarni umumlashtirib bolalarning nutqini tuzatishning
eng
yaxshi
vositalari
bo’yicha
izlanish
olib
borishi
kerak.
U egallab olishi lozim bo’lgan malakalar keng va turlichadir: o’quv-bilish
(adabiyotlar bilan ishlash, bolani kuzatish, pedagogik
jarayonni modellashtirish,
tuzatish-tarbiyalash orqali
ta’sir etishning samarali yo’llarini tanlash va boshqalar);
o’quv-tashkiliy (muqobil va calendar rejalashtirish, yakka tartibda va guruhli
mashg’ulotlar o’tish, jihozlarni yaratish, keng qamrovli ta’sir etishni ta’minlash
hamda bu qamrovda ishtirok etish va boshqalar); o’quv-pedagogik (har
bir voqeani tahlil qilish, tuzatishning, aynan bir xil vositalarini tanlash va hokazo).
Bundan tashqari, logopedning ishi deontologiya printsiplariga qat’iy amal qilishga
asoslanishi kerak (logoped nutqi buzilgan shaxs, uning qarindoshlari, ish joyidagi
hamkasblari bilan bo’ladigan o’z munosabatlarini qanday tashkil etishi lozim).
Pedagogik deontologiya pedagogik etika va estetika, pedagoglik burchi va
pedagoglik odobi haqidagi ta’limotlarni o’z ichiga oladi.
Unga amal qilishda
logopeddan nutqida kamchiligi bor bolaning ota-onalari psixologiyasini tushunishi
va ular bilan bir qatorda qayg’urishi talab qilinadi. Logoped juda sabotli, tadbirkor
va hayrihox, nutqi buzilgan shaxsga va uning otaonalariga vrachning bemorga va
uning yaqin kishilariga muomalasi kabi munosabatda bo’lishi, nutq
buzilishlarining og’ir jihatlari va muhimi, mexanizmlarini aniqlashda, ular haqida
oldindan ma’lumot to’plashda ehtiyotkorlik qilishi, nutq buzilishlarining tashqi
ko’rinishini, ularning mohiyatini hisobga olishi kerak.
Logoped va bolalar muassasasi vrachi, logoped va tarbiyachi, logoped va
pedagog o’rtasida o’rnatiladigan o’zaro to’g’ri munosabatlar pedagogik
deontologiyaning muhim sharti hisoblanadi.
Logoped nutqi atrofdagilarga – nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham
namuna bo’lishi lozim. Logoped yagona nutqiy tartibni ta’minlaydi, maxsus
bolalar muassasalaridagi o’rta va kichik hodimlarga nutq madaniyatini o’rgatadi,
qator hollarda, masalan, maxsus bolalar uylari sharoitlarida barcha o’quv-
tarbiyaviy jarayonni boshqaradi.
Har qanday fanning ajralib chiqishi va mavjudligining majburiy sharti undagi
o’z tushunchani darajalash apparatining mavjudligidir.
Logopediyada nutq normalari va uning buzilish tushunchasini farqlash
muhimdir. Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining
umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida
uning psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo’ladi. Nutq buzilishlari
gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan,
nutq faoliyati normal
holda ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til
normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai
nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda
individ bilan jamiyat orasidagi nutqiy muomalada ko’zga tashlanadigan o’zaro
munosabatlarning buzilgani ma’lum bo’ladi.
Nutq
buzilishlari
quyidagi
xususiyatlari
bilan
ajralib
turadi:
1)so’zlovchining yoshiga nomuvofiqlik xususiyati;
Dostları ilə paylaş: