Logopediya umumiy, maxsus psixologiya va psixodiagnostika bilan
chambarchas bog’langandir. Logoped uchun bolaning ruhiy rivojlanish
qonuniyatlarini bilish, turli yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish
metodlarini bilishi muhimdir. Logoped ana shu metodlardan foydalanib, nutq
buzilishi
turli
ko’rinishlarini
tabaqalashtirishi
va
ularni
intellectual
yetishmovchilik, his-hayajonli va harakat jarayonidagi zaiflashuvlar bilan bog’liq
bo’lgan nutq buzilishlaridan ajrata oladi. Psixologik bilimlari logopedga nafaqat
nutq nuqsonining o’zini, balki undan ham oldin bolani ko’rishga, uning nutqiy
buzilishining ruhiy rivojlanishdagi muhim jihatlar bilan bo’ladigan o’zaro
aloqasini umuman to’g’ri tushunishga yordam beradi. Bu bilim unga turli yoshdagi
bolalar bilan aloqa bog’lashga, ularning nutqi, nutqidagi halaqit beruvchi
omillar, xotirasi, diqqat-e’tibori, intellekti, o’zini erkin yoki his-hayajonli
tutishlarini tekshirishda ma’qul metodlarni tanlab olishga, shuningdek ma’lum
yoshdagi bola faoliyati ustidan logopedik ish olib borishga ko’maklashadi.
Nutq nuqsonlarini tahlil qilishdan maqsad uning tarkibiy tuzilishini aniqlash
hamda bolalarda uchraydigan nutq bilan izlanishlarning yo’nalishi va mazmunini
ilmiy asoslashdan iboratdir.
Nutq nuqsonlarini tahlil qilish asoslari – ularni ajratish hamda bu
nuqsonlarning oldini olish, bartaraf qilish va davolash bo’yicha ilmiy asoslangan
yo’llarni ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
Nutq asoslarini tahlil etish tamoyillarini tadqiqot qilgan dastlabki olimlardan
biri R.E.Levinadir. U nutq nuqsonlarida uchraydigan uch tamoyil – nutq
nuqsonlarining rivojlanish, unga ma’lum tizim bo’yicha yondoshishi hamda nutq
nuqsonlarini bolaning psixik rivojlanishi bilan bog’liq tomonlar bilan birgalikda
kuzatish tamoyillarini ishlab chiqdi. Ular nutq nuqsonlarini tahlil bo’yicha
logopediyada asosiy tamoyillar bo’lib qolgan.
Rivojlanish tamoyili – nuqsonning paydo bo’lishining evolyutsion – dinamik
tahlil qilish zarurligini taqozo etadi. Nuqsonni yuzaki ta’riflashgina kamlik qiladi,
uning paydo bo’lishining dinamik tahlili xam zarurdir. Bolalarda nerv – psixologik
funktsiyalar uzluksiz rivojlanish va yetilishi jarayonida bo’ladi. Shuning uchun
ham nuqsonning dastlabki natijalarigagina emas, ayni vaqtda, bolaning nutq va
o’sish jarayonini uning nutq rivojlanishi bilan shakllanadi. SHuning uchun nutq
buzilishlarini tahlil qilishda bolaning faoliyatini baholash muhim ahamiyatga
egadir.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalar faoliyatining yetakchi shakli – kattalar bilan
bo’ladigan emotsional (his tuyg’uli) muomala bo’lib, nutq munosabatini
shakllanishi uchun negiz bo’ladi. Bu faoliyat bo’sh rivojlangan (masalan, uzoq
betoblik, yoki atrofdagi odamlar bilan kam muomalada bo’lgan) bolalarda nutq
rivojlanishi sekin taraqqiyot etib, tili kechrok chiqishi mumkin.
Ikki yoshgacha bo’lgan bolalarning kattalar bilan amaliyot muomalasi tilini
tezroq chiqishiga omil bo’ladi. Kattalar bilan engoddiy predmetli harakatlarni
birgalikda bajarish jarayonida bola mazkur predmetlarning nimaga xizmat
qilishini, jamiyatga o’zini tutish, dastlabki bilim elementlarini va tevarak atrof
haqida ma’lumotlarga ega bo’la boshlaydi. Bu yoshda yetakchi amaliy faoliyat
shakli o’zgarmay qolaversa, bolada nutq rivojlanishi ham sekinlasha boshlaydi.
Bunday
holatni
kasalliklarga
chalingan
bolalarda
kuzatish
mumkin.
Uch yoshdan boshlab bola faoliyatining asosiy shakli – turli o’yinlar bo’lishi
kerak. Bu davr davomida bola tili tez rivojlanib boradi. Va nihoyat, maktab
yoshidagi bolalarda yetakchi o’quv jarayoni bolaning og’zaki va yozma nutqini
takomillashuvining asosi bo’lib qoladi.
Bolalarda nutq rivojiga sistemali yondashuv – sistemani tuzilish va nutqning
turli taraqqiy qismlarining (tovush, fonetik jarayonlar, leksika-grammatik tuzilishi)
ning o’zaro munosabatlariga asoslanadi.
Nutqning buzilishi – faoliyat taraqqiyotiga kiruvchi qismlari bilan bog’liq
bo’ladi. Bu holda tovush chiqarish tomoni ko’proq nuqsonni keltirib chiqarsa,
so’zlar aniq ifoda etilmaydi, fonetik buzilish ro’y beradi. Ikkinchi holda esa
tovushdagi nuqsonlik so’zning tovush tarkibini to’liq o’zlashtirishda ham
qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Nutqning fiziologik mexanizmlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bola avval
so’zlarni tushuna boshlab keyin esa gapirishni o’rganadi. Bolada ekspressiv
nutqning shakllanish jarayonida, u butun gaplarni ifoda eta oladi, bu holda uning
his-tuyg’ulari (intonatsiya) yetakchi rol o’ynaydi. Nutqdagi kamchiliklarni
bolalarda tegishli davolash (to’g’rilash, tuzatish) tartibida olib borilmagan taqdirda
aqliy (intellektual) rivoji sur’atlari ham pasayadi. Nutq nuqsoni bo’lgani uchun
ham u atrofidagilar bilan kam muloqotda bo’ladi. Natijada tasavvur doirasi
cheklanib, fikr rivoji ham sekinlashadi. Bolada nutq (til) fikrlash jarayonining
shakllanishi bilan o’zaro yaqin aloqada rivojlanadi.
Bola nutq yordamida yangi ma’lumotlarga ega bo’lishi bilan birga, uni
yangicha o’zlashtirish imkoniga ega bo’ladi. Tilning leksika-grammatika
tomonlarini o’zlashtira brogan sari bolada aqliy (intellektual) vazifalarni
(solishtirish, tahlil qilish, tub mazmunga yetish) ham amalga oshirish imkoni
bo’ladi. Nutqning boshqaruv vazifalarini shakllantirish old miyaning peshona
qismining yetilishi bilan bog’liqdir.
Bolaning bir yoshga to’lishi vaqtida nutq asoslari paydo bo’ladi. Bu vaqtda
bola oddiy so’zlarni (istak, iltimos, ko’rsatmalarni) masalan «menga ber»,
«ko’zingni ko’rsat» kabi so’zlarni tushunib, unga amal qiladi. Bunday holda asosiy
e’tibor – fe’l so’z turkumiga qaratilgan bo’lib, predmet esa ikkilamchi bo’lib
qoladi. Bolani harakatga da’vat etish muomalaning birinchi shakli bo’ladi.
Markaziy nerv sistemasining organik lat yeyishi bog’liq nutqdagi kamchiliklar,
odatda bolaning nerv-psixologik o’sishdagi og’ishlar bilan bog’liq bo’ladi. Bu hol
ko’proq intellektual, ba’zan his tuyg’uli va qattiqqo’llik doirasida kuzatiladi.
Nutq kamchiligining ko’plab ko’rinishlari bosh miyaning rivojlanishi bilan bog’liq
bo’lib, natijada u qadar ko’zga tashlanmaydigan ko’rinishlarda (harakatdagi
nuqsonlar, xotiraning bo’shligi, diqqat va xulqdagi kamchiliklar, Nutqning turli xil
buzilishlari) ko’rish mumkin.
Nutq kamchiliklarini tahlil qilish vaqtida logoped bola sog’lig’ining umumiy
holati, harakat qismlari, ko’rish, eshitish organlari, intellekt (aqliy) darajasi, tana
tuzilishlariga diqqat qilishi kerak. Nutq kamchiliklarining ko’p ko’rinishi (ayniqsa,
nevrotik holatlardagi) bolalarning tug’ma nevropatik holati bilan bog’liq bo’ladi.
Bunday bolalar yoshligidanoq barcha tashqi ta’sirlardan tez aziyat chekishadi,
ularning nerv sistemasi, shakllanishiga ta’sirini ham o’rganish kerak. Masalan,
bolaning markaziy nerv sistemasining lat yeyishi (zararlanishi) oqibatida nutq
apparati muskullarning harakatlanishi ham buzilishi mumkin. Bu narsa
artikulyatsiyasidagi (nutq bilan bog’liq organlarning harakati) cheklanishga olib va
fikrni ifodalash jiddiy qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Biroq, nutq nuqsoni bu bilan
cheklanmaydi. Tovushlarni chiqarishdagi qiyinchiliklar nutqni qabul qilish
organlarining faoliyatiga ta’sir qiladi. Chunki, nutqni hosil qilish va eshitish
analizatorlari o’rtasida o’zaro bog’liqlik tufayli, bu jarayon ham sekinlik bilan
kechadi. Tovushlarni noaniq qabul qilish o’z navbatida so’zning tovush holatini
shakllantirishning sekinlashuviga sabab bo’ladi. Bu narsa o’z navbatida yozma
xatni o’zlashtirishda qiyinchiliklar tug’diradi, ya’ni, tilning lug’at qismining
sekinlik bilan o’sishiga, nutq xotirasining bo’shligiga sabab bo’ladi.
SHunday qilib, bolaning nutq faoliyatidagi cheklanishi so’zlarni qiynalib
ifodalashga olib kelishi mumkin.
Nutq nuqsonlarini rivojlanish nuqtai nazardan tahlil qilish – yetakchi
nuqsonni va u bilan bog’liq ikkilamchi buzilishlarni ajratib olish imkonini beradi.
Nutq nuqsonlari diagnostikasida bu juda muhim ahamiyatga egadir.
Psixologiyaning bugungi kundagi yutuqlari asosida nutq buzilishi tahlili faoliyatga
yondoshishi tamoyili bilan bog’liqligini tasdiqlamoqda. Bolaning faoliyati, uning
kattalar bilan o’zaro munosabat davomida va turli davr uchun ta’sirchan bo’ladi,
arazchi, qo’rqoq, badani tez qizarib yoki oqarib ketadigan, tez terlaydigan, ba’zi
hollarda oshqozon ichak yo’lida buzilishlar kuzatiladi. Bunday bolalar bilan ish
olib borilganda, ularning yoshi, ijtimoiy va oilaviy sharoitlari, hamda boshqa
faktorlarni o’rganish zarur. Nutq buzilishini o’rganishda va tuzatishda
logopediya nutq va fikrning o’zaro bog’liqligi haqidagi, anomal bolaning
rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning o’zaro munosabatlari
to’g’risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi
haqidagi, ichki va tashqi omillarning o’zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning
harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi.
Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish printsipini, nutq buzilishini bolaning psixik
rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o’zaro bog’liq holda qarab chiqish,
faoliyatli yondoshuv, ontogenetik printsip, etiologiya va mexanizmlarni hisobga
olish printsipi (etiopatogenetik printsip), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va
tuzilishini
hisobga
olish,
umumdidaktik
va
boshqa
printsiplar.
Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |