9 – mavzu. Logopediya tarixi kursining maqsad va vazifalari Ma’ruza rejasi 1



Yüklə 69,16 Kb.
səhifə4/12
tarix19.12.2023
ölçüsü69,16 Kb.
#185878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9 – mavzu. Logopediya tarixi kursining maqsad va vazifalari Ma’r-fayllar.org

Birinchi blok bosh miya po’stlog’i osti (yuqori stvol va limbik oblastь)
haqidagi bilimlarni o’z ichiga oladi. U bosh miya katlami tonusining normalligi va
uning tetiklik holatini ta’minlaydi.
Ikkinchi blok – orqa miya qatlami katta yarim sharlari bo’laklarini o’z ichiga
oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va
saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga oshiradigan asosiy miya apparati
hisoblanadi.
Uning tuzilishi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraladi.
Birlamchi doira – miya qatlamining proektsion doiralaridir, uning neyronlari juda
ham yuqori darajada o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi
a’zolaridan
sezgi
axborotlarini
qabul
qilish
hodisasi
yuz
beradi.
Miya qatlami apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar 
qurilgandir.
Ular birlamchi doira orqali olingan qo’zg’alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi
doiralar, birlamchi doiralar kabi, o’zining ixtisosiy modalligi (ko’rish, eshitish va
boshqa doiralar) ni saqlaydi.
Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizator (ko’rish, eshitish va
boshqalar) ning bosh miya qatlami birikmasini o’zida namoyon etadi.
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya qatlami bo’linmalarini o’zgartirish
doiralari hisoblanadi. Ular turli modallikda olingan sezgi axborotlarini taxlil,
sintez, integratsiya qilish vazifasini o’taydi. Ularning faoliyati asosida
sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga, e’tiborni qaratish
munosabatlari,
murakkab
logik-grammatik
so’zlar
qurilishi
haqidagi
bilimlar bilan ish ko’rishga o’tish sodir bo’ladi.
Uchinchi blok katta yarim sharlar qobig’ining oldingi bo’limlari (motor,
motor oldi va old frontal soha) doirani o’z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatini
rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta’minlaydi. U shuningdek miya
qobig’i ostidati a’zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular
faoliyati oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi.
Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlashi natijasida vujudga keladi.
SHu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida, maxsus o’ziga xos xususiyati
bilan ishtirok etadi.



Nutqning akustik belgilarini ajratib ko’rsatish va differentsiyalash nutq-


eshitish analizatori kortikal apparatlarning analitik-sintetik faoliyati bilan
ta’minlanadi. Bunga miya qobig’i markaziy va old motor quyi bo’linmalari sohasi
bilan bog’liq bo’lgan bosh miya qobig’I (Vernike doirasi) ning so’l yuqori
ikkilamchi qismlari kiradi.
Nutq aktining artikulyatsiyalashuvi, motor tashkil etilishi jarayoni nutq
apparati muskullarining murakkab tuzatuv ishini maxsus muvofiqlashtirish asosida
amalga oshiriladi. Nutq aktining motor yig’indisi markaziy qismlarning ikkilamchi
bo’limlari (kinestetik apparat) va chap o’ram qismining quyi bo’limlari (kinetik
apparat) bilan ta’minlanadi. Markaziy qismda nutq apparati muskullaridan
yuboriladigan kinestetik sezgilar analizi sodir bo’ladi. O’ram qismida esa nutq
aktining motor dasturi tashkil etiladi, qator nerv impulьslari, bir harakatdan
ikkinchi harakatga yengil o’tish imkoniyatini ta’minlovchi kinestatik modellar
yaratiladi.
Nutq birliklarini tanlanish va ularning kompensatsiyalashuvi, ma’noning nutq
ko’rinishiga aylanish jarayoni bosh miya qobig’ining eng yuqori darajada
shakllanishidir. U, ya’ni nutq bosh suyagi old va ustki qismi uchlamchi
bo’linmalarining aralashuvisiz hosil bo’lmaydi. Bosh miya qobig’ining uchlamchi
bo’limlari bir tekisda qabul qilinadigan akustik-motor axborotlarining fikrlash
sxemasi va obrazlariga o’tkazilishini ta’minlaydi. Miya qobig’ining ustki qismida,
shuningdek
keng
aloqalarni
anglatuvchi
sxema
ham
shakllanadi.
Yozma nutq jarayonida ham bosh miya qobig’ining ensa va ensa-tepa qismlarining
turli bo’limlari ishtirok etadi.
Shunday qilib, nutq jarayonida bosh miya qobig’ining turli qismlari turlicha
ishtirok etadi. Bosh miya qobig’i qaysidir qismining jarohatlanishi nutq faoliyati
buzilishining o’ziga xos alomatlariga olib keladi. Nutq jarayonining miyada
amalga oshishi haqidagi ma’lumotlar nutq faoliyati buzilishining etilogiyasi va
mexanizmlari to’g’risidagi tasavvurlarni aniqlashtirishga imkon beradi. Bu
ma’lumotlar bosh miyaning lokal jarohatlanishidagi nutq buzilishlarining turli
shakllarini (afaziya) differentsial diagnostikasi uchun juda muhim bo’lib, bemorlar
nutqini tiklash ustida samarali logopedik ish olib borish imkonini beradi.

Yüklə 69,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin