buzilishining tovush apparati fiziologik ishini normallashtirmay turib davolash
mumkin emas. Bu dori-darmon, jarrohlik, fizioterapiya, psixoterapiya uslubida
ta’sir etish bilan ta’minlanadi.
Nutq buzilishining ko’pgina turlari markaziy asab sistemasining organik
shikastlanishi bilan boglik bulib, u logoped va nevropatolog-vrach yoki
psixonevrologning xamkorlikda ishlashi bilan aniklanishi mumkin. Nutk buzilishi
xollarida ruxiy faoliyatning turli buzilishlari: ruxiy rivojlanishda orkada kolish,
uzini tutish va xis-xayajon xollaridagi buzilishlar, dikkate’tibor, xotira, akliy
faoliyat buzilishlari kuzga tashlanishi mumkin. Nutk buzilishlarini ularning paydo
bulish mexanizmlari taxlili, markaziy asab sistemasi buzilishlari bilan boglik
bo`lgan, birlamchi va ikkilamchi ruxiy faoliyati ishlarning xammasi
psixonevrolog-vrachning xizmat doirasiga kiradi. Psixonevrolog-vrach bolaning
akliy jixati haqida xulosa chiqaradi, nutqiy kamchiligini tibbiy jihatdan aniqlaydi,
talab etiladigan davo choralarini qo’llaydi.
Nutq buzilishining ko’pgina ko’rinishlari miya rivojlanishining barvaqt
sekinlashuvi bilan bog’liq. Bunday hollarda logopedik ish markaziy asab
sistemasini maxsus dori-darmonlar bilan davolash orqaligina samara berishi
mumkin. Bunday davoni vrach-psixonevrolog belgilaydi. Ayrim paytlarda nutq
buzilishlari his-hayajonli qo’zg’alishning kuchayishi natijasida sodir bo’ladigan
harakatdagi notinchlik bilan qo’shiladi. Bunda bola maxsus davolangunga qadar
logopedning ishi besamara bo’laveradi. Nutqning alohida ko’rinishdagi
buzilishlariga, masalan, duduqlanishning ayrim turlari, mutizmga yoki keskin ruhiy
iztiroblar – qo’rqish, hayajon, ko’nikkan muhitning almashinishi (yaqin
kishilaridan ayrilish) va boshqalar sabab bo’lishi mumkin. Ularning paydo bo’lish
vaqtida bola tegishli kun tartibi va davoga muhtoj bo’ladi; faqat psixonevrolog-
vrach va logopedning hamkorlikda ish olib borishi uning sog’ayib ketishiga zamin
hozirlaydi. Bu ma’lumotlarning hammasi shundan dalolat beradiki, logopediya –
pedagogik fan hisoblangani bilan u o’z oldidagi vazifalarini faqat tibbiyot fanlari
va avvalo, nevropatologiya hamda bolalar psixologiyasi yordamida muvaffaqiyatli
bajarishi mumkin.
Anomal bolalarni, shu jumladan nutqi buzilgan bolalarni ham o’qitish va
tarbiyalash nazariyasi asab sistemasi tuzilishi, uning rivojlanish xususiyatlari va
vazifalari haqidagi bilimlar asosida quriladi.
Logoped
nutq
buzilishining
nevrologik
asoslarini
bilishi,
bolalar
psixopatalogiyasi masalalarini tushunishi kerak. Unda oligofreniya va ruhiy
rivojlanishning tormozlanishi, harakat va his-hayajonli buzilishlarda namoyon
bo’ladigan, bolalardati ruhiy buzilishlarning eng ko’p uchraydigan shakllari haqida
xam tasavvur bo’lishi lozim. Bu bilimlar unga nutq buzilishining sabablarini
to’g’ri aniqlashda, tuzatishning samarali metodlarini tanlashda, bolani o’qitish va
tarbiyalash hamda uning nuqsonli rivojlanishini oldini olishda yordam beradi.
Nevropatologiya, psixopatologiya, oligofreniya klinikasi, eshitish, ko’rish, nutq
a’zolari patologiyasi bilan aloqada bo’lish nutq buzilishini farq qilgan holda
diagnoz qilish uchun zarurdir. SHundan kelib chiqadigan bo’lsak, sensor alaliyasi
va eshitishning pasaygan hollaridagi nutq buzilishlarini aniqlash, eshitish
faoliyatini chuqur tekshirishni talab qiladi; oligofreniya alaliya hollaridagi nutq
buzilishlarini belgilash ruhiy va sensomotor rivojlanish xususiyatlarini,
intellektning ahvolini aniqlashsiz bo’lmaydi.
Tibbiyot fanlaridan ma’lumotlar logopedga nutq buzilishining mexanizmlari,
etiologiyasini o’rganishga to’g’ri yondoshish uchun yordam beradi, nutq
buzilishlarining
turli
ko’rinishlarini
bartaraf
etishda
diagnostika
va
differentsiyalashgan
logopedik
ta’sir
etish
masalalarini
to’g’ri
hal
etish imkonini yaratadi. Bolalarni turli tipdagi maxsus muassasalarga to’g’ri
tanlash ham diagnoz qo’yishga bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: