olish, aniqlash va bartaraf etishni o’z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va
amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bog’langandir.
Qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1) fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni
o’rganuvchi ko’plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar,
tilshunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilarni
hamkorlikda ish olib borishga jalb etish;
2) nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan
va amaliyot o’rtasidagi alokalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi
hamkorlikni ta’minlash;
3) nutqning buzilishini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish printsiplarini
amalga oshirish;
4) nutq buzilishini oldini olish uchun aholi o’rtasida logopedik bilimlar
targ’ibotini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir-kuchini belgilaydi.
Logopedik ta’sir etishning asosiy yo’nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli nutqni
tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida
sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa
nutqqa ta’sir etuvchi harakatlarni bilish faoliyati, ayniqsa tafakkur faoliyatini,
xotira, diqqat jarayonlarini rivojlantirish; shuningdek sotsial munosabatlarni
tartibga solish, yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish;
sotsial muhitga ta’sir etish nazarda tutiladi.
Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini to’g’rilash bilan bir qatorda
psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U
pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bo’lgan shaxsni har tomonlama kamol
toptirish imkonini beradi. Logopediya fan sifatida muhim nazariy va amaliy
ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning sotsial mohiyati, bolaning nutqi, tafakkuri
va butun ruhiy faoliyatning chambarchas bog’liqligi bilan belgilanadi.
Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tushunarli tafakkur
qobiliyatlari shakllanadi. So’zning ahamiyati o’z-o’zidan umumlashtiruvchi
hisoblanadi va shu munosabat bilan o’zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur
birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o’xshash emas va ma’lum darajada bir-
biriga bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’ladi.
Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi
birlik
nutqiy
tafakkur,
nutqiy
fikrlash
faoliyati
paydo
bo’ladi.
Nutqiy muomala qobiliyatini o’zlashtirish o’ziga xos insoniy sotsial aloqalar uchun
zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof muhit haqidagi tasavvurlari shakllanadi
va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.
Bolaning nutqni o’zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash, rejalashtirish
va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala faoliyatnint turli shakllarini
rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok etish uchun muhim shart-sharoitlar
yaratadi. U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga
bog’lik holda) bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir etadi, uning
faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. Og’ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga,
ayniqsa bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta’sir etishi mumkin. Bu
nutq va tafakkurning chambarchas bog’liqligi, sotsial, jumladan nutqiy
aloqalarning cheklanganligi bilan bog’langandir. Bu jarayonda bolaning
atrofmuhitni idrok etishi amalga oshadi.
Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining
shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, aslida bo’lmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-
irodaviy sohaning o’ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi
salbiy
fazilatlar
(tortinchoqlik,
qat’iyatsizlik,
odamovilik,
salbiylik,
nomukammallik tuyg’usi) ning rivojlanishi uchun yo’l ochib berishi mumkin.
Bularning barchasi savodxonlikni egallashga, umuman o’zlashtirishga, kasb
tanlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, logopediyaning ahamiyati bolaning
nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har tomonlama
rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir.
2. Logopediya boshqa fanlar bilan chambarchas bog’langandir. SHaxsga har
tomonlama ta’sir ko’rsatish, nutq buzilishini bartaraf etish va oldini olish bilan
omilkorona shug’ullanish uchun nutqdagi nuqsonlarning alomatlarini, ularning
etiologiyasi, mehanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibidagi nutqiy va nutqsiz
alomatlar munosabatlarini bilish kerak. Bu logopediyaning boshqa fanlar bilan
bo’ladigan aloqasini belgilaydi.
Sistemalar ichidagi va sistemalararo alokalar bor. Sistemalar ichidagi
aloqalarga
pedagogika
hamda
maxsus
pedagogikaning
turli
sohalari:
surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika metodikasi, umumiy va
maxsus psixologiya bilan bo’ladigan aloqalari kiradi. Sistemalararo aloqalarga esa
tibbiy-biologik
va
tilshunoslik
fanlari
o’rtasidagi
aloqalar
kiradi.
Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq
jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok
etadigan analizatorlarning kurilishi va harakatga kelishi xakidagi bilimlardan
foydalanadi.
Nutq buzilishi mexanizmlarini tushunish tuzatish jarayoni qonuniyatlarini
aniqlash uchun oliy ruhiy funktsiyalarning dinamik lokalizatsiyalanishi
to’g’risidagi, nutqning ongda shakllanishi borasidagi bilimlarni egallash kerak
bo’ladi.
Nutq murakkab funktsional jarayondir. Uning asosida muloqot jarayonidagi
til belgisi tartiblaridan ko’llanish yotadi. Tilning murakkab sistemasi uzoq
muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo’lib, u bola tomonidan nisbatan
qisqa muddatlarda o’zlashtirib olinadi.
Nutqiy sistema bosh miya a’zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri
nutq faoliyatining o’ziga xos vazifasini bajaradi. A.R.Luriya miya faoliyatini uchta
funktsional blokka ajratadi.
Dostları ilə paylaş: