jarayoni qurilishiga asoslanib, nutq paydo bo’lishining quyidagi jarayonlarini
ajratadi: motiv-fikr (nutq intonatsiyasi)-ichki rejalashtirish - leksik kuchaytirish va
grammatik konstruktsiyalash - motor ishlab chiqarish - tashqi nutq.
Leksik-grammatik kuchaytirish bosqichi o’z mexanizmlari bilan ajralib turadigan
ikkita operatsiyani o’z ichiga oladi: sintaksis konstruktsiyaning paydo bo’lish ishi
hamda uning til darajasidagi alohida til kodlari va boshqalarda amalga
oshiriladigan leksik to’ldirish. Shundan so’ng motor ishlab chiqarishi davom etadi.
Misol uchun, alaliyani o’rganishda psixolingvistik yondoshish ana shu nutq
buzilishi mexanizmini chuqur ochishga, nuqsonning tuzilishini aniqlashga, bu
buzilishni til buzilishi deb belgilashga imkon beradi. Afaziya paytidagi xilma-xil
idrok operatsiyalari turli shakllarda nutqning buzilish xususiyatlarini aniqlab
olishga imkon beradi.
Psixolingvistik yondoshish nutq buzilishlarini tuzatish yuzasidan olib
boriladigan logopedik ishlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: