NOQOBIL QIZ
Muborakxonim eshikdan chetlanib Muhayyoga yo‘l berdi, uning salomiga alik olmadi, o‘zini bosish uchun biroz to‘xtadi, qayta-qayta «Astag‘firullo!» deganidan keyin, sekin so‘radi:
Dadang bo‘lmasa shunaqa ekan-da? Qayoqda eding? Muhayyo yerga qarab javob berdi:
Dadam borlarida ham... Anvarni ko‘rgani borgan edim...
Muborakxonim lov etib ketdi... «Astag‘firullo» deyish ham esiga kelmay, shovqin soldi:
Hech bo‘lmasa yolg‘on gapirsang-chi, bezbet! – dedi va oyog‘i ostida yotgan supurgini olib qulochkash qildi.
Muhayyo ko‘zini yumdi-yu qimir etmadi.
Ayajon, menga yolg‘on gapirishni o‘rgatgan emassiz...
Muborakxonim supurgini uloqtirib yubordi, engashib qattiq shivirladi:
Ersirab qoldingmi? – dedi, yana bir shalaq gap aytdi.
Ayajon, bunaqa gapni og‘zingizga olmang, shu og‘iz bilan meni bolam degansiz, alla aytgansiz, suygansiz...
Muborakxonim uning so‘ziga quloq solmadi.
Ersiragan bo‘lsang bironta xotini o‘lganni topay! Muhayyo onasining yuziga qaradi.
Ayajon, iloyim hech kimning xotini, hech kimning eri o‘lmasin! Hech kimning boshiga Anvarning kuni tushmasin!
Muborakxonim o‘zini bosib, uning yoniga o‘tirdi.
Shu Anvarga tegasanmi? – dedi.
Muhayyo indamadi. Muborakxonim juda kuyib ketdi.
Turmushing bo‘ lmaydi, jon qizim, turmushing bo‘lmaydi. Aytdim-ku, senga it tekkan!..
Muhayyo eshitilar-eshitilmas dedi:
Salimjonga it tegmasdan tushgan edim-ku, nega turmushim bo‘lmadi?
Peshonangdan ko‘r! – dedi Muborakxonim uning peshonasiga nuqib.
Muhayyo ko‘ziga yosh oldi.
Ayajon, hamma narsani ko‘rib, bilib turib yana shunaqa deysiz-a! Peshonamga nima qibdi?
Muborakxonim uning so‘ziga quloq solmadi.
Boshing ta’nadan chiqmaydi! Qon yig‘laysan! Meni ham qon yig‘latasan!
Muborakxonim shundoq dedi-yu, uyga kirib ketdi, uzoq yig‘ladi, keyin qo‘shnining uyiga chiqib ketdi. Muhayyo onasining kelishini kutmay, supaning bir chekkasiga joy solib yotdi.
Muborakxonim qo‘shniga kirib hasrat qildi. Bu hovlida sakson sakkizga kirgan bir kampir bo‘lib, uni butun mahalla izzat qilar edi. Muborakxonim shu kampirdan Muhayyoga nasihat qilishini so‘radi, «Ko‘nmasa men po‘pisa qilib uydan haydayman, siz ko‘chada turib yo‘lini to‘sing, uyga olib kirib mendan gunohini so‘rang», dedi. Kampir ko‘ndi, ertalab ko‘chaga chiqib ariqning bo‘yida kutib o‘tirdi.
Muborakxonim ertalab gap kovladi, qizini avval quchoqlab yig‘ladi, keyin urmoqchi bo‘ldi, bularning hech biri kor qil- maganidan keyin Anvarga bo‘lmag‘ur tuhmatlar qildi. Muhayyo onasining hamma gapiga chidadi-yu, Anvar to‘g‘risidagi tuhmatlariga chidolmay gap qaytardi. Muborakxonim shunga mahtal edi, birdan jazavasi tutib og‘zidan ko‘piklar sochdi:
«Ket-chi, ket!» deb Muhayyoni itarib tashladi, uyga kirib uning kiyim-kechagini, kitoblarini derazadan uloqtirdi, uydan chiqib yana shovqin soldi. Muhayyo zor-zor yig‘lab yalindi, yolvordi, oyog‘iga yiqildi. Muborakxonim og‘ziga kelganini qaytarmay qizini haqorat qilar, zohiran, chiqib ketishini, aslida esa tavba qilishini kutib tepasida turar edi. Muhayyo uning oyog‘i ostida uzoq yig‘lab yotganidan keyin sekin o‘rnidan turdi, kiyimlarini, kitoblarini quchog‘iga olib indamay jo‘nab qoldi. Muborak- xonim eshik oldida o‘tirgan kampir qaytarib kelishini kutib supada gerdayib o‘tirdi.
Biroq kampir Muhayyoning chiqib ketganini ko‘rmay qoldi: shu choq echkisi yechilib chiqib ro‘paradagi tor ko‘chaga kirib ketdi-yu kampir nevarasini chaqirgani hovliga kirgan edi.
Muborakxonim bu gapni eshitib fig‘oni chiqdi, yuragiga vahm tushdi-yu idorasiga borib javob oldi, kuni bo‘yi Muhayyoni qidirdi: fakultetiga bordi, hamma qarindoshlarning uyiga bir- bir bosh tiqdi, Muhayyoning dugonalariga uchradi, uzun xodachaning uchiga changak bog‘lab mahalla hovuzini ham qidirtirdi; tez yordam kasalxonasiga bordi, militsiyaga arz qildi... Ikki kun o‘tdi. Muborakxonim ikki kun ishga bormadi, borolmadi, uchinchi kuni Hakimjonga xat yozib jo‘natib
kelganida Muhayyodan xat keldi:
«Ayajonim! Mehribonim!
Sog‘-salomatman. Meni nega mahalla hovuzidan qidir- dingiz? Nahot o‘zimni o‘ldirishimga, shu bilan meni katta qilishdagi mehnatlaringizni, orzu-umidlaringizni qora yer
qa’riga ko‘mishimga ko‘zingiz yetgan bo‘lsa! Nahotki meni shunchalik bag‘ritosh deb o‘ylasangiz? Siz tuqqan, sut bergan, siz o‘stirgan bola bag‘ritosh bo‘lishi mumkinmi?
Uydan haydaganingiz uchun chiqib ketganim yo‘q, siz dam oling, o‘zingizga keling, deb ketdim.
Men sizdan xafa emasman, nima deb bunchalik kuyishingizni bilaman: yolg‘iz farzandingizman, meni yer-ko‘kka ishonmaysiz, bolaligimda ham yer-ko‘kka ishonmay oylab ko‘chaga chiqarmas edingiz. «Ayagan ko‘zga cho‘p tushar», degan gap bor. Salimjon shunaqa bo‘ldi... Shundoq bo‘lishini bilganingizda, albatta, meni asrab-avaylab «Qizim katta bo‘lib qoldi, tezroq egasiga topshiray», deb shoshilmas edingiz...
Vaqtincha arazlashib qolganimizni dadamga yozib yurmang, kelganlarida ham aytmay qo‘ya qolaylik.
Kecha fakultetga borgan edim, o‘qish boshlanmasdan talabalar paxtaga ketadi, degan gap yuribdi. Hech bunaqa bo‘lmas edi, ob-havo yomon kelayotgan bo‘lsa kerak. Paxtaga ketib qolsam xavotir bo‘lmang.
Dugonamdan sizga salom.
Noqobil qizingiz Muhayvo».
Qizidan darak topmaganida yig‘lab, «Sog‘-salomat ko‘r- sam churq etmayman», deb yurgan Muborakxonim Muhayyo sog‘-salomat ekanini bilib ta’naga to‘la xatning mag‘zini chaq- qani ham bo‘lmay yana lovilladi, salom aytgan dugonasinikida ekaniga ishonmay Anvarni qarg‘adi.
Muborakxonim o‘tirar-turarini bilmay Anvarning fakultetiga bordi, uning ishxonasini bilib zimdan odam yubordi, yana Muhayyoning yaqin-yiroqdagi dugonalaridan, qarindoshlaridan xabar oldi. Hech kim «Men ko‘rdim», demadi.
Endi bebosh qizni topishning birdan-bir chorasi talaba- larning paxtaga jo‘nashini kutish edi: shu kuni Muhayyo qayer- da bo‘lsa, fakultetga yetib keladi.
Muborakxonim o‘sha kuni tong qorong‘usida fakultetga bordi. Odam g‘ich-g‘ich, qator turgan avtobuslarga chiq- moqda edi. Muborakxonim yelib-yugurib hammayoqni qaradi, avtobusdan avtobusga chopib Muhayyoni chaqirdi. Oldingi
avtobusdan kimdir Muhayyo allaqanday bir komissiya hay’atida kecha jo‘nab ketganini aytdi. Muborakxonimning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi: «Bu komissiya o‘lgurda Anvar ham bo‘lmasin tag‘in!»
Muborakxonim qaytishda Anvarning ishxonasidan xabar
oldi. Anvar hovlining o‘rtasida turgan bir mashinaning tagida chalqancha yotib nimanidir buramoqda edi.
Muborakxonim shu kuni Muhayyoning qaysi tumanga ketganini bilib, ikki kundan so‘ng o‘z hisobidan ta’til oldi va o‘sha tumanga jo‘nab ketdi.
Dostları ilə paylaş: |