SOVCHILAR
Anvar Muattarni kuzatgan kuni ertasiga azonda g‘iril- laganicha tumanga chiqib bordi, Muborakxonimdan ibo qilib Muhayyo bilan dalada ko‘rishdi, yonma-yon paxta tergan bo‘lib, Muattar bilan ikki orada bo‘lgan hamma gapni, uning to‘y to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini to‘liq aytib berdi. Ikkovi bemalol gaplashaversa ham bo‘lar ekan, Hakimjon bilan Muborakxonim bu to‘g‘rida ochiqchasiga gaplashgan, qancha g‘urbat, qancha ko‘z yoshidan keyin Muborakxonim taqdirga tan bergan ekan: Hakimjonni kuzatishda «hozirgi yoshlar»,
«peshona» degan gaplarni aytibdi. Lekin uning bir qancha shartlari bo‘lib, bularning eng birinchisi Muhayyoga sovchi yuborilishi ekan. Hali bu shartlarni eshitmasdan turib, bular- ning har biri Anvarning ko‘ziga tog‘ bo‘lib ko‘rindi.
Anvarning birdan-bir umidi Muattar, qolaversa, gapdon Naimjon edi.
Anvar shu kechasi Naimjonning yotog‘ida yotib qoldi, unga hamma gapni aytib berdi. Naimjon Muattar bilan Hakimjondan g‘oyat xursand bo‘ldi, to‘yga tayyorgarlik ishiga Muattarxon bosh bo‘lsa, to‘yga o‘zi bosh bo‘lishini va’da qildi.
Anvar har jihatdan xotirjam bo‘lib shaharga qaytdi.
Marg‘uba uning vaqti choqligi, jonsarak bo‘lib qolganini ko‘rib halitdan to‘y harakatida yuribdi, deb xursand bo‘lib, unga har kuni goh no‘xat, behi, goh qazi solib osh qilib berar edi.
Yanagi haftaning oxirlarida talabalar paxtadan qaytishdi. Shu kunlarda Muattardan telegramma keldi. Anvar meh-
monxonadan nomer olib, uni kutib olgani aeroportga Naim- jon bilan chiqdi. Uchovi mehmonxonada o‘tirib to‘y reja- sini tuzmoqchi bo‘lishgan edi, bu reja ko‘p jihatdan Hakim- jon, ayniqsa, Muborakxonimga bog‘liq bo‘lganidan ikkovi- ning ishtirokida tuzish kerak bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, Muattar bilan Naimjon sovchilikka borib Muborakxonim- ning eng birinchi shartini bajarishi, qolganlarini ham eshitishi kerak edi.
Muborakxonim bularni yosh demay sovchi o‘rnida izzat- ikrom bilan qarshi oldi: lekin to‘ydan gap ochishi bilan ikkovini bir cho‘qishda garang qilib qo‘ydi:
Murod Alining yili o‘tmasdan to‘y nimasi? – dedi. Bular shuni o‘ylashmagan ekan, ikkovi bir-biriga qarab hayron bo‘lib qoldi. Xayriyat, Naimjon botirlik qildi.
Yo‘q, xola, to‘y to‘g‘risida so‘z bo‘lishi mumkin emas, biz nikoh ro‘yxatidan o‘tib qo‘yish to‘g‘risida gapirayotibmiz. Ikkovi yosh, bir institutda o‘qiydi, to‘ygacha ko‘rishmanglar, deb bo‘lmaydi... Shaharda Marg‘uba bittamikan, biri bo‘lmasa biri ikkovini gap qilishi, bo‘lmag‘ur gaplar tarqatishi mumkin. Ikkovi nikohini qayd ettirib qo‘ysa yo‘rig‘i boshqa...
Muborakxonim o‘ylab turib yana aynidi.
Yo‘q, bular nikohdan o‘tsa-o‘tmasa ikkovini Marg‘uba tinch qo‘ymaydi, ilon bo‘lib chaqaveradi. Tegishli idoralar tilini tiyib qo‘yishsin!
Bu safar Muattar gap boshladi:
Bu yog‘idan xotirjam bo‘ling, xola, idoraning hojati yo‘q, dadamga aytib qo‘ydirvoraman desam – har qanaqa ilon ham iniga kirib ketadi!
Muborakxonim yalt etib Muattarga qaradi, uning yuzidagi qat’iyatni ko‘rib so‘ziga ishondi va nikohga rozilik berdi.
Ish bunaqasiga aylangandan keyin u yog‘i juda oson ko‘ri- nib qolgan edi, biroq gap aylanib yangidan-yangi qiyinchi- liklar vujudga kela boshladi.
Xo‘p, nikohdanam o‘tishdi. Shu kuni kechqurun ikkovi besh- o‘nta o‘rtog‘ini chaqirib, o‘rtaga bir choynak choy qo‘yib, shu ish shundoq bo‘lganini ma’lum qilish kerakmi, yo‘qmi? Kerak bo‘lsa odam qayerga chaqiriladi? Anvar o‘z uyiga chaqirolmaydi, chunki uyi ajdaho og‘zini ochib yotgan quduqdagi gap. Bir yerga chaqirgani Muborakxonim ko‘nmadi. «Odamlar nima
deydi?» deb o‘zining eski andishasini pesh qildi. Birdan-bir joy yoshlar qahvaxonasi edi. Bunga Muborakxonim ham rozi bo‘ldi, lekin xo‘rligi kelib xo‘p yig‘ladi.
Qizginamning peshonasi sho‘r bo‘lmasa kuni qashshoq talabalar choy ichadigan qahvaxonaga qolarmidi! – dedi.
Undan keyin yana ham mushkulroq muammo yuzaga keldi: o‘tirishdan keyin kelin bilan kuyov qayoqqa boradi, yaqin yor-do‘stlari ikkovini qayoqqa kuzatib qo‘yishadi? Bu to‘g‘rida ham o‘ylab-o‘ylab mehmonxonadan ikki xonalik nomer olishga qaror berishdi. Muborakxonim bunga ham rozi bo‘ldi, lekin yana yig‘ladi.
Shu umid bilan qiz o‘stirganmidim!.. Darbadar bo‘lsin deb kechalari uyqumni harom qilganmidim!..
Xolajon, – dedi Naimjon o‘pkalab, – shunday xayrla- shish ustida ham yig‘laydimi kishi! O‘zingiz tushungan, uncha- muncha ham emas, davlat omonat kassasida ishlaydigan ayolsiz! Shunday bo‘lgandan keyin o‘ylashingiz kerak: Muhay- yoxon suygan yigitiga tegyapti!
Muborakxonim naridan-beri ko‘z yoshini artdi-da, uyga kirib ketdi; hayal o‘tmay jilmayib sovchilarga pishlagich olib chiqdi: beqasam to‘nni Naimjonning, bir kiyimlik atlasni Muattarning oldiga qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: |