Adabiyotshunoslikka kirish


-mavzu. Badiiy yslub. Uslubning umumiy va xususiн hollari



Yüklə 160,44 Kb.
səhifə35/37
tarix02.12.2023
ölçüsü160,44 Kb.
#171432
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Маъруза матни

14-mavzu. Badiiy yslub. Uslubning umumiy va xususiн hollari


Reja
1. San’at va adabiyotda uslub masalasi.
2. Badiiy uslub xarakteri.
3. Uslubning umumiy va xususiy belgilari.
4. Ijodkor uslubi.

Uslub ijodkor xayolotining namoyon bo‘lish tarzi sanaladi. Ijodkor qahramonlarni, ular yashaydigan manzillarni qanday tasavvur qilsa shunday ifodalaydi. «San’atkor voqelikdan tanlab olgan unsurlarni badiiy til yordamida xayoloti bilan uyg‘unlashtiruvchi va u yaratgan badiiy dunyoning tugal bo‘lishini ta’minlovchi vosita uslub deb ataladi», - deydi fransuz adibi A.Kamyu. Adabiyot va san’atning biror taraqqiyot bosqichida badiiy ijodga xos bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha barqaror xususiyatlarning asosiy vosita va prinsiplari bo‘ladi. Chunonchi, biz bir yozuvchiga mansub bo‘lgan bir necha asarni o‘rganib, ularni bir-biriga taqqoslab ko‘rsak, ilgari surilgan g‘oyalar va turmush voqealari talqinida, xarakter va hodisalar tasvirida, yozuvchi nutqi va bayon etish vositasida o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Bu o‘xshashlik yozuvchi uslubining, ya’ni uning ijodiga xos g‘oyaviy -badiiy xususiyatlar (g‘oyaviy pozitsiya, xarakter va syujetlar, o‘ziga xos til)ning asosini tashkil etadi. Yozuvchining uslubi esa uning individualligi, iste’dodi, turmush tajribasi, dunyoqarashi, nutqining o‘ziga xosligi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ammo uslub tushunchasi asardagi takrorlanishning barcha tomonlarini qamrab olmaydi. Chunki yozuvchilar ijodida umumiy takrorlanish ham mavjuddir. Turli tarixiy davr va turli mamlakat YOzuvchilari ijodini o‘zaro yaqinlashtiruvchi badiiy xususiyatning o‘xshashligi badiiy metod yordamida aniqlanadi. Badiiy metod ijodkorning voqelikka munosabati, o‘zi tanlagan hayotiy voqelikni aks ettiruvchi badiiy vositalarni qo‘llashdagi asosiy ijodiy prinsiplari (masalan, romantizm, realizm kabi)dan iboratdir. Demak, badiiy metod borliq hodisalarini tanlash, umumlashtirish va baholash prinsipidir.


Ma’lumki, hayot muntazam ravishda o‘zgarib, yangilanib turadi. Bu esa san’atdan ham o‘z xarakterini o‘zgartirib borishni, ob’ektiv hayotni aniq obrazlarda aks ettirishni talab etadi. Bu estetik talabdir, ya’ni mavjud tarixiy sharoitda estitek normalar asosida turmushni aks ettirish demakdir. Hayotni qayta tiklash turmushning eski shakllari o‘rniga Yuzaga kelgan yangiliklarni aks ettirgandagina to‘g‘ri, haqqoniy bo‘ladi. Realizm va romantizm tushunchalarida hayotni obrazli aks ettirishning ana shu xususiyati mujassamlashgan. Badiiy metodda sub’ektivlik bilan birga, ob’ektivlik xususiyati ham bor. San’atkorni o‘rab olgan kishilar tipi, ular o‘rtasidagi ijtimoiy konfliktlar, o‘zaro munosabat-laridagi so‘zlashuv formalari-bularning hammasi yozuvchiga emas, balki davrga bog‘liq bo‘lgan hodisalardir. Yozuvchi hayotiy faktlar, hodisalardan muhimlarini tanlab oladi, ularni g‘oyaviy tomondan yoritadi. Lekin shunga qaramay, uning ijodi asosan u yashayotgan davrdagi hayotiy jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi («Jahon adabiyoti» jurnali. 1997, №1, 192 b.).
Badiiy asarda turli elementlar va til ko‘rinishlari sistem butunlik sifatida o‘zaro aloqada bo‘ladi. Misol uchun, biron bir tadbirda ishtirok etish uchun yozilgan taklifnoma matni uning asl mohiyatini ochib bermaydi. Lekin badiiy asarda bu o‘zgacha holat: kuchaytirish, kontrast yoki qarshilantirish – turli darajalarda jaranglashi, ma’nosi, mavzu va grammatik jihatdan qanday tashkil etilgani muhim. Masalan, “taxmin qilamiz – biladi”. Har bir kitobxon badiiy asarni turlicha qabul qiladi. Buning sababi shundaki, biz “ijodiy niyat” deb ataydigan tushunchamiz adabiyotning dunyoqarash bilan bog‘liqligini belgilaydi. Badiiy asar til fenomeni sifatida yozuvchi yaratgan dunyoning in’ikosi hisoblanadi. Bu o‘rinda ikki holatni kuzatishimiz mumkin: biri personaj va hikoyachi bayonidan kelib chiqadigan haqiqat va ikkinchisi asar tubida yotgan tagma’no. Ko‘pincha badiiy asarlarda tarixiy ma’lumotlar emas, ko‘proq uydirma qahramonlar hayoti haqida ma’lumotlar bayon qilinadi (Misol uchun Emma Bovari, Gekelberi Finn). SHu bilan birga matnda qo‘llanidigan olmoshlarning ham (“men”, “sen”, “shu erda”, “hozir”, “kecha”, “bugun”) vazifasi, ularga yuklatilgan mas’uliyat badiiy asar mukammalligini ta’minlaydi.
Fikrimizcha, bizning kitobxon adabiyotshunoslikka oid manbalarda ko‘pincha uchramaydigan strukturalizm, dekonstruktivizm atamalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishga haqli. SHu munosabat bilan ushbu yo‘nalishlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni o‘rinli deb hisoblaymiz. Adabiyot nazariyasi – bu tarqoq fikrlar yig‘indisi emas, balki yaxlit bir kuch. 1960 yillargacha bir necha nazariy yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan: formalizm, yangi tanqid, fenomenologiya, strukturalizm, poststrukturalizm va h.k.
Adabiy metod san’atda bir guruh yozuvchilarning ijodiy prinsipi bilan tarixiy asos birligida, davrdagi asosiy masalalarni talqin etishda, ya’ni ideal, qahramon, hayotiy jarayon masalalarini hal etishda Yuzaga keladi. SHu ma’noda metod tushunchasi adabiy yo‘nalish, adabiy maktab tushunchasi bilan birlashadi. Chunki adabiy yo‘nalish ma’lum tarixiy davrda o‘z ideologiyasi va tajribasi bilan bir-biriga yaqin turgan bir talay yozuvchilar ijodidagi g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar - mavzu, g‘oya, badiiy tasvir prinsiplari kabilar birligidan iboratdir. Adabiy yo‘nalishning muhim belgilaridan biri har bir yo‘nalishning o‘ziga xos g‘oyaviy-estetik prinsiplari programma tusiga kirganligidadir (J.Koller .Adabiyot nazariyasi va qisqacha adabiyotshunoslikka kirish. – OUP: Buyuk Britaniya. 2011 – 84-bet.) Programma tusiga kirgan g‘oyaviy-estetik prnsip har bir adabiy yo‘nalish vakili ijodida amalga oshirilishi shart. SHu ma’noda adabiy yo‘nalishda YOzuvchilarning o‘zaro birligi o‘z ifodasini topadi. Busiz adabiy yo‘nalish Yuzaga kelmaydi.Adabiy yo‘nalish u yoki bu milliy adabiyotda ma’lum bir davrda Yuzaga kelib, ma’lum bir davrda yo‘qoluvchi tarixiy hodisa sanaladi. Biror asarning tarixiy jihatdan avtor dunyoqarashi, turmush tajribasi, u yashagan davrdagi tarixiy muhit sinfiy kurashlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi SHu tarixiy hodisa bilan izohlanadi. Ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi, ijtimoiy kurashdagi ishtiroki jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan yozuvchilar ichki birlik va tarixiy sharoitga ko‘ra adabiy maktab sifatida adabiy yo‘nalishni yuzaga keltiradilar. Bu tushunchalarning barchasi-asarlar, yozuvchi uslubi, adabiy oqim-tarixiy sharoitga bog‘liqdir.
XX asrning boshlarida rus adabiyotshunosligida paydo bo‘lgan rus formalizmi asarlarning poetik til xususiyatlariga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi, bu badiiy matnning qimmatini oshirishi va bu o‘z navbatida “adabiyotning yagona qahramoni – so‘z” ekanligini e’tirof etishadi. Ularning fikricha, ko‘nikib qolingan: “Bu o‘rinda muallif nima deyapti?” degan savol o‘rniga: “Sonet bilan nima holat kechyapti?” yoki “ Dikkens romanining qismati qanday?” degan savollar o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu guruhning uch asosiy vakili – Roman YAkobson, Boris Eyxenbaum va Viktor Shklovskiy. Ular adabiyotshunoslikni shakl va yozuvchi texnikasini o‘rganishga yo‘naltirishdi.
Turmushni obrazli aks ettirishda ikki asosiy xususiyat, birinchidan, individuallashtirish, borliqni insoniy munosabatlar bilan bog‘lagan holda qayta ishlab chiqish va umumlashtirish, ikkinchidan, turmushni ma’lum ijtimoiy ideallar asosida estetik anglash o‘z ifodasini topadi. Turmushni estetik anglash borliqni qayta yaratish, ijtimoiy ideallarga zid bo‘lgan hodisalarga qarshi kurashish, borliqni badiiy fantaziya asosida tasavvur etish, fantaziyaning ideallarga mos bo‘lishi uchun kurashishdan iboratdir.
Qayta ishlash bilan qaytadan tuzish o‘rtasidagi birlik borliqni obrazli aks ettirishning muhim belgisidir. Bu birlikning asosi san’atda aks ettirilgan real borliqdir. Har bir san’at asari borliqni aks ettirish qonunlarini real tarixiy sharoitda amalga oshirish demakdir (J.Koller .Adabiyot nazariyasi va qisqacha adabiyotshunoslikka kirish. – OUP: Buyuk Britaniya. 2011 – 85-bet).
Yozuvchining individualligi dunyoqarashining kengligi va ko‘p qirraligida, hayotda yuz berayotgan yangiliklarni tezlik bilan payqab olishi va yoritishida ko‘rinadi. Ijodning yo‘nalishini, hayotiy materiallarni tanlash va yoritish prinsipini esa u yashagan tarixiy davr, muhit belgilab beradi. Tarixiy jarayon badiiy metodlarning ichki aloqasini ham aniqlab beradi. SHu sababli borliqni aks ettirishda yozuvchining u yoki bu metodga murojaat etishini sof sub’ektiv hol deb aytib bo‘lmaydi. Shunday qilib, adabiy yo‘nalish biror tarixiy davrdagi ijodiy prinsiplardan iborat bo‘lib, u real adabiyot taraqqiyoti jarayonida asosiy hayotiy (estetik ideal, ijobiy qahramon, hayotiy jarayon, shu jarayonni harakatga keltiruvchi kuch) masalalarning umumiy tasviri, talqini va bahosida namoyon bo‘ladi. Shu bilan adabiy yo‘nalish yozuvchining dunyoqarashi u yashagan tarixiy muhit bilan bog‘lanadi, o‘zaro aloqada bo‘lgan adabiy oqimlar, guruhlar va maktablar doirasida o‘z badiiy imkoniyatlariga keng yo‘l ochadi. Lekin adabiy yo‘nalsh adabiy oqimga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u ma’lum bir tarixiy-adabiy muhitda umumadabiy doirada harakat qiladi. Adabiy oqim esa adabiy yo‘nalishga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u biror umumadabiy doirada harakat qila olmaydi.
Masalan, klassitsizm yo‘nalishi XVII-XVIII asrlar Umumevropa adabiyotida harakat qilgan bo‘lsa, adabiy oqim bunday keng masshtabda harakat qila olmaydi. Shuningdek, ma’lum bir davr adabiyotida adabiy yo‘nalish bitta bo‘lib, u shu davr adabiy jarayonini ma’lum bir tomonga yo‘naltirib Yuboradi (masalan, romantizm yo‘nalishi, realistik yo‘nalish va h.k.), ma’lum bir davr adabiyotida bir nechta adabiy oqim bo‘lishi mumkin, lekin ular umumadabiy jarayonni biror tomonga yo‘naltira olmaydi. (Masalan, naturalizm, sentimentalizm, akmeizm, futurizm va h. k.) Romantizm, realizm, tanqidiy realizm adabiyot va san’atdagi ijodiy metodlar bo‘lib, ularning har biri adabiy taraqqiyot jarayonining ma’lum bosqichida tarixiy-zaruriy ehtiyoj natijasida yuzaga kelgan, biri ikkinchisining tug‘ilishiga zamin hozirlagan. Shuning uchun bu ijodiy metodlarning bir-biridan farqli belgilarini, har biriga xos xususiyatni bilib olish biror tarixiy davrda yaratilgan asarlarning qanday yo‘nalishda yozilganligini aniqlashimizga yordam beradi.
Yozuvchi o‘z davri uchun xarakterli hodisa va hayotiy faktlarni ajratib olib, ularni o‘z asarida umumlashtirib tasvirlar ekan, bu hodisa va faktlarga o‘z munosabatini bildiradi, ularni estetik jihatdan baholaydi. Yozuvchining xuddi ana Shu munosabati va bahosida uning qanday tasvirlash prinsipidan, ya’ni qaysi ijodiy metoddan foydalanganligi o‘z ifodasini topadi. Chunonchi, romantizm hayotning o‘zidan ko‘ra ko‘proq turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlash prinsipiga asoslanadi. Shuning uchun romantizm metodi asosida yaratilgan asarlarda hayotiy voqelikka nisbatan ijodkor erkin munosabatda bo‘ladi, ya’ni tasvirda hayotiy faktga qaraganda badiiy to‘qima ustunlik qiladi, fantaziyaga, ramziylikka va mubolag‘aga keng o‘rin beriladi, yuksak xarakterlarni tasvirlash birinchi planda turadi. Romantik asarlarda yozuvchi orzu qilgan narsalar ideallashtirib tasvirlanadi, shu bilan yozuvchilarning o‘zlari yashab turgan hayotdan noroziligi ifodalanadi. Shuning uchun bunday asarlarda yozuvchi yashagan davr, ijtimoiy munosabatlar ifodalanishi bilan birga, asar qahramoni hukmron sinfga qarshi qo‘yiladi. Romantik yozuvchilar yaratgan obrazlar butunlay hayot haqiqatidan uzoq, undan ajralib qolmagan bo‘lsalar ham, biroq bu obrazlar bevosita hayotiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylangan obrazi bo‘lmay, balki ular orzu qilgan hayotning in’ikosidan iborat. Romantizm metodi asosida yaratilgan asardagi obrazlar romantiq obrazlar deyiladi. Masalan. Alisher Navoiy ijodidagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqa obrazlar romantiq obrazlar namunasi bo‘lib, yozuvchi bu obrazlar orqali o‘zining ilg‘or, olijanob orzu-umidlarini ifodalagan.
Realizm yozuvidan hayotni badiiy obrazlarda butun to‘laligi bilan haqqoniy va to‘g‘ri tasvirlashni talab etadi. Realizm kurtaklari adabiyot va san’at tarixining dastlabki bosqichlaridayoq mavjud bo‘lib, uning butun tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanib, turli xarakter kasb etib keldi va nihoyat, ijodiy metodga aylandi. Realizm ijodiy metod sifatida yozuvchiga hayotiy haqiqatni to‘la va mukammal tasvirlash, uning kengroq badiiy umumlashtirish imkonini beradi. Realizm ijodiy metod sifatida aniq va tarixiy xarakter kasb etadi. Chunki u ijtimoiy hayot, inson ongining o‘sishi bilan bog‘liq holda o‘sib, rivojlanib boradi, mohiyati va ijtimoiy-estitek vazifasi kengayadi. Realist yozuvchilar jamiyatning barcha yaramas illatlarini shafqatsiz tanqid qildilar. Shuning uchun ham XIX asr rus realizm-tanqidiy realizm deb ataladi. Demak, tanqidiy realizmning asosiy xususiyati hayotdagi salbiy hodisalarni chuqur va haqqoniy tasvirlashdan iboratdir. Tanqidiy realizm xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalariga asoslanadi. U shu ilg‘or g‘oyalar pozitsiyasidan turib turmush hodisalariga baho beradi, mehnatkash xalq manfaatlariga, ijtimoiy hayot taraqqiyotiga, adolatli turmush uchun olib borilgan kurashlarga va bu yo‘ldagi intilishlarga to‘sqinlik qilgan turmush illatlarini keskin qoralaydi, ularni tanqid ostiga oladi, fosh qiladi.
Masalan, Muqimiyning "Tanobchilar" va «Dodxohim», Avaz O‘tarning «Sipohilariga» asarlarida chorizm davrida mahalliy hokimiyat idoralarida ishlovchi amaldorlarning tipik obrazi (Hakimjon, Sulton Alixo‘ja va boshqalar) yaratildi, ular orqali amaldorlarning yovuz niyatlari, iflos kirdikorlari fosh etildi, Shu yil bilan o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumning tub mohiyati ochib tashlandi. Bu-tanqidiy realizm adabiyoti vakillarining ezilgan xalqqa xayrixohligidan, yorqin kelajakka ishonch bilan qarashidan, hayotdan ijobiy qahramon izlashidan dalolatdir. O‘zbek adabiyotida realizm tendensiya sifatida klassik adabiyotimizning ko‘pgina namoyandalari ijodida mavjud edi. Masalan, Lutfiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlar ijodidagi realizm endensiyalari keyinchalik Turdi, Maxmur, Gulxaniylar ijodida va, nihoyat, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar kabi demokratik adabiyotimiz vakillari ijodida taraqqiy etadi. Chunonchi, Muqimiyning «Hapalak qishlog‘i to‘g‘risida», «Tanobchilar», Avaz O‘tarning «Xalq», «Ulamolarga», Zavqiyning «Qahatchilik» she’rlarida o‘zlari yashagan davr hayotining realistik lavhalari ifodalangan. Metodlarning o‘zaro birligi har qaysi yozuvchida o‘ziga xos ravishda shaxsiy iste’dod, madaniy saviya va hayotiy tajribaga, ya’ni ijodiy uslubga qarab yuzaga keladi. Metodni kompasga o‘xshatish mumkin: u yozuvchi ijodining yo‘nalishini, shu yo‘nalishda oldingaqarab borishini ko‘rsatadi.
Metod yozuvchi ijodida individual holda yuzaga keladi. Chunki yozuvchi hayotni ma’lum nuqtai nazardan baholaydi, hayotdan o‘z ijodi uchun kerakli materialni ajratib oladi va uni o‘zining hayotiy tajribalari, o‘z mulohazalari asosida aks ettiradi. Hayotni aks ettirishdagi uslubi orqali uning badiiy metodi aniqlanadi. Shu zaylda metod tushunchasi uslub tushunchasi bilan uzviy bog‘lanadi. Metod faqat aniq badiiy ijodda ko‘rinadi. Biz asarni analiz qilish bilan Yozuvchi uslubi haqida tasavvurga ega bo‘lamiz; turli yozuvchilar uslubini o‘zaro qiyoslash bilan ularni birlashtiruvchi badiiy metodni aniqlaymiz. Demak, uslub yozuvchi ijodi uchun xarakterli bo‘lgan ifodalash yo‘lini. g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar birligini, dunyoqarashlarning umumiyligini anglatadi. Metodning o‘zgarishi uslubga, shubhasiz, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Alohida olib qaralgan biror asarning uslubi yozuvchining butun ijodiga xos uslub taraqqiyotining bosqichlaridan biridir. Uslubning qanday bo‘lishi Yozuvchi iste’dodining yo‘nalishiga ham bog‘liq. Shu ma’noda uslub jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zgaruvchi tarixiy hodisadir. Chunonchi, yozuvchi asar yozishdan oldin hayotni o‘rganadi, voqea-hodisalarni, odamlarni kuzatadi, material to‘playdi. Ana SHu jarayonda unda g‘oyaviy maqsad paydo bo‘ladi. Bu g‘oyaviy maqsad YOzuvchining dunyoqarashi bilan uzviy bog‘lanadi. Chunki yozuvchi hayotni kuzatish jarayonida o‘z dunyoqarashiga ko‘ra voqea va kishilar bilan munosabatda bo‘ladi. Ularni o‘z ongida qayta ishlashda faktlarni saralab, eng zarurlarini tanlab oladi, so‘ngra yozishga kirishadi. Asarda turmush voqealari va kishilar yozuvchining dunyoqarashi orqali o‘z ifodasini topadi. Yozuvchi uslubi ham mustaqillik kasb etadi. Har bir yozuvchining dunyoqarashi va uslubining shakllanishida u yashab, ijod etgan muhit va sharoit bilan birga, uning adabiy merosni o‘rganishi, ustoz san’atkorlar an’analarini ijodiy o‘zlashtirishi muhim rol o‘ynaydi.
Yozuvchining uslubi keng ma’noda adabiy faoliyat davomida shakllangan o‘ziga xos individuallik bilan birga shu individuallikni ta’minlangan ijodiy ta’sirini o‘z ichiga oladi. Yozuvchining badiiy uslubi shu ma’noda individuallik bilan ijodiy ta’sirning birligidan iboratdir.Yozuvchilar ijodida g‘oyaviy-estetik pozitsiya jihatidan umumiylik bo‘lsa ham, badiiy ifodada, obrazlar sismavzusida, tasvir uslubida individuallik mavjuddir. Oybek uslubiga xos xususiyatlar uning portret va peyzaj chizishida, tilida yaqqol sezilib turadi. Masalan, so‘zlovchining maqsadini bildirishda ta’kidlash usulini ko‘proq qo‘llaydi: “Yulduzli tunlar «Sodda, odamshavanda, quvnoq qizni O‘ktam nihoyatda hurmat qilar edi» («Oltin vodiydan shabadalar»); «Yaxshi odam edi u. Sodda, to‘g‘ri so‘z, insofli, rahmdil odam» («Navoiy») va hokazo.
Har bir yozuvchi o‘zini qiziqtirgan hayotiy voqealarga e’tibor beradi va ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Bir yozuvchini sinflar, kishilarning keskin to‘qnashuvi, ikkinchi yozuvchini qahramonning ichki dunyosi, ruhiy holati, boshqa bir yozuvchini tabiat go‘zalligi qiziqtiradi va uni asarida ifodalaydi. Masalan, P.Qodirov ko‘proq tarixiy mavzu qiziqtiradi, uning “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”, kabi asarlarida Boburiylar tarixi, Hindiston hayoti voqealari umumlashtirib aks ettirilgan.
Uslub u yoki bu asar g‘oyasida aks etadi. «Asarning bosh g‘oyasi, asosiy g‘oyaviy yo‘nalishiga qarab yozuvchi turmush materialini, obrazlar sismavzusini, syujetini, kompozitsiyani va badiiy asarning boshqa komponentlarini tanlaydi va saralaydi». Uslub yozuvchi asarining janr xususiyatini ham o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, yozuvchi uslubi g‘oya, mavzu, til, kompozitsiya, obraz va janr elementlaridan tashkil topadi, yozuvchi o‘zining ijodiy faoliyatida ulardan o‘ziga xos uslubda foydalanadi.
Uslub ijodkorning ijodiy individualligini belgilaydi, ijodiy individuallik esa u yaratgan badiiy asarning barcha satxlarida (badiiy matnning tuzilishi - ritorika, badiiy voqelikni yaratish prinsiplari – poetika) namoyon bo‘ladi. "Uslub - odam" degan qarashning vujudga kelishi bejiz emas: asar o‘zida ijodkor shaxsini ifodalar ekan, buni uslubda namoyon etadi. Aytaylik, A.Qahhorga xos jumla tuzish, A.Qahhorga xos rivoya, A.Qahhorga xos badiiy detallar funksionalligi, A.Qahhorga xos syujet qurilishi deya olishimizning boisi shundaki, bularning bari A.Qahhor uslubi bilan, uning ijodiy o‘ziga xosligi bilan izohlanadi.



Yüklə 160,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin