Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Badiiy uslub nima?
2. Yozuvchi uslubini qanday shakllanadi?
3. Uslub va adabiy oqim munosabatini tushuntiring.
4. Uslubning umumiy xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Uslubda xususiylik nimani anglatadi?
6. Yozuvchi uslubining muhim xususiyatlarini sanab bering.
7. ”Abdulla Qahhor uslubi” mavzusida tezis tayyorlang.
8. ”Ijodkor uslubi” mavzusida ilmiy maqola yozing.
9. A.Hayitmetovning “Navoiyning badiiy mahorati” kitobini (Toshkent: Fan, 1987) kitobini konspektlashtirish.
Adabiyotlar: 1. Arastu. Poetika. Axloqi kabir. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004
2. Boltaboyev H. Nasr va uslub. – Toshkent: Fan, 1992.
3. Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.
4. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslikka nazariyasi. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2018.
5. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari uchun qoʻllanma. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
Internet resurslari 1. www.pedagog.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.ijod.uz
4. www.ziyouz.com
15-mavzu. Adabiy jarayon qonuniyatlari
Reja: Adabiy jarayon tushunchasi, uning mohiyati va uning adabiyot tarixidagi o‘rni
Adabiy jarayonda an’anaviylik, izdoshlik va o‘ziga xoslik
Adabiy ta’sir masalalari
Adabiy jarayon qonuniyatlari
Adabiy jarayon tushunchasi adabiyotshunoslikning muayyan davriga nisbatan yoki biror mamlakat yoki o‘sha mamlakatdagi adabiyotning davriy hayotiga nisbatan qo‘llaniladi. Keng ko‘lamda olib qaraganda, adabiy jarayon, jahon adabiyotining ko‘p asrlik tajribasiga tayanadi va uni o‘rganish qiyosiy o‘rganish tarkibida amalga oshiriladi. Adabiy jarayon mohiyatan umumjahon adabiyoti tarkibidagi taraqqiyot va turg‘unlikni adabiyotning umumdavriy xususiyatlarini badiiy tizimlar mushtarakligi hamda milliy va muntaqaviy xususiyatlarini ko‘zda tutadi. Adabiy jarayon masalalarini o‘rganganda uni imkon qadar umumadabiy konteksda o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Biror milliy adabiyotning taraqqiyot davriga nisbat berilganda o‘sha davr adabiyotiga xos xususiyatlar an’analar, yangiliklar nazarda tutiladi. Adabiy jarayon masalalari o‘zbek adabiyotshunosligidagi ko‘proq muayyan davr bilan bog‘liq istiloh sifatida qaraladi. Masalan, 20-yillar adabiy jarayoni, 60-yillar adabiy jarayoni (XX asrda).
Adabiy jarayonning adabiyot tarixidagi o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u adabiyot tarixining taraqqiyot masalalarini o‘rganishda tayanch tushunchalardan biri sifatida xizmat qiladi. Adabiy jarayon qamrovi o‘z tarkibiga adabiy an’ana, adabiy vorislik, adabiy meros, adabiy muhit, adabiy ta’sir kabi atamalarni oladi va ular bilan bog‘liq holda taraqqiy etadi.
Adabiy an’ana (traditsiya) dunyoning ijodiy o‘zlashtirish davomida tajribada sinalgan estetik qarashlar, motiv, syujet, uslub va metod kabi hodisalarga munosabatda ularni yangi davr ijodkorlari tomonidan qabul etilib joriylanishi avvalgi davrlarda erishilgan ijodiy yutuqlar keyingi avlod tomonidan o‘zlashtirilib davom ettirishga moyillik tug‘ilgandagina u adabiy an’anaga aylanadi. Uzoq davom etmagan yoki keying avlod adabiyotiga ta’sir etib ular tomonidan ijodiy davom ettirilmagan hodisalar an’anaga aylanmay qolib ketishi mumkin. Adabiyot tarixida “Hamsa” chilik an’anasi xalq og‘zaki ijodi an’analari yoki bayonchilik an’analari tarzida qo‘llanilishi mumkin. Adabiy vorislik adabiy an’ana bilan bir xil ma’noda qo‘llanadi. Vorislik deganda, an’anaviy merosning davomiyligi unga egalik qilish salohiyati nazarda tutiladi. Voris an’anani qabul qiluvchigina emas, balki uni ertangi kunga yetkazuvchi ko‘rik hisoblanadi. An’analar ko‘proq milliy shakl va vositalar asosida namoyon bo‘lar ekan, vorislik ham muayyan milliy adabiyotga nisbatan uning ishlatilish davomiyligi yoki mavjudlik shaklini saqlab qolishi bilan belgilanadi. Adabiy vorislik istilohi o‘z ma’no qamroviga adabiy ta’sir izdoshlik tushunchalarini olishi mumkin.
Adabiy izdoshlik vorislikka yaqin tushuncha bo‘lib, muayyan mavzu, syujet, obrazlar tizimi yoki bayon uslubiga nisbatan davom ettirishlikni ifodalaydi. Adabiy vorislik umumiy tushuncha bo‘lsa, izdoshlik uning aniq bir mohiyat kasb etgan ko‘rinishidir. Adabiyot tarixida an’ana va vorislik tushunchalari qanchlik davomiy bo‘lmasin u o‘ziga xoslik (individuallik) betakror uslublar, o‘ziga xos iste’dodlar evaziga yashaydi. Adabiyot tarixida har bir asar adib hodisa yashar ekan, u o‘ziga xosligi tufayli adabiyot tarixida muqim o‘rin egallashga haqli.
Adabiy ta’sir-adabiy jarayonda muayyan bir adabiyotga yuksak darajada rivojangan boshqa bir adabiyotning bir ijodkorga boshqa bir daho san’atkorning munosabati nazarda tutiladi. Adabiyot tarixi adabiyotlaro (milliy) ijodkorlararo va davrlararo munosabatga kirishadi. Adabiyotlaro munosabat deganda, milliy adabiyotning boshqa adaboyotga ibrat, namuna bo‘larlik darajada davomiyligi tushuniladi. Masalan, qadimgi yunon adabiyotining barcha g‘arbiy yevropa adabiyotlariga ta’siri mumtoz arab poetikasining boshqa islomiy mamlakatlar badiiyatiga ta’siri kuzatilgan. Adabiy jarayonda ijodkorlararo munosabat deyilganda, bir daho ijodkorning o‘z zamondoshlari va undan keyingi avlodlar asarlariga ko‘rsatgan ta’siri nazarda tutiladi. Masalan, Navoiy ijodining o‘z davri va keyingi turk va fors adabiyotigan ta’siri; Cho‘lpon she’riyatining butun XX asr turkiy she’riyatiga ta’siri kuzatilgan. Ijodkor o‘ziga xos tarzda adabiy ta’sir doirsida qolib ketmasligi kerak. Unga ta’sir etgan hodisalar davom ettirilsagina adabiy ta’sir belgilanmaydi. Adabiy ta’sir o‘zligini toppish, o‘z yo‘lini asoslash o‘z iste’dodini namoyish qulish vositasidir. Adabiy jarayon qonuniyatalari haqida gap ketganda yuqoridagi tilga olingan hodisalarni adabiy jarayon joriylanishi nazarda tutiladi va shular bilan bir qatorda adbiy muhit adabiy maktab kabi ijodiy “muassasalar” ning vujudga kelishi adabiy jarayondagi qonuniy holatdir. Adabiy muhit-ijodiy shart-sharoitlar hozirlangan ijodkorning kamol topishi uchun xizmat qilgan adabiy davra, majlis, maktablarni tashkil qiladi. Muhit muayyan bir o‘rinda (zamon-makon) mavjud bo‘ladi, shakllanadi, taraqqiy topadi va tanazzulga uchraydi. Masalan mumtoz adabiyotdagi eng taraqqiy etgan muhit haqida so‘z ketganda “Hirot” adabiy maktabi, “Qo‘qon” (Umarxon) maktabi, Xiva (Feruz) adabiy maktabi kabilar misol tariqasida keltiriladi. Adabiy maktab deganda, muayyan ijodiy tamoyillarni o‘ziga dasturiy tarzda qabul qiluvchi, rivojlanuvchu guruh nazarda tutiladi.
Professor Fitrat O‘zbek adabiyoti tarixidagi 3 adabiy maktabni ajratib ko‘rsatgan: Yassaviy, Navoiy, Amiriy maktablari.