Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari
|
“So’z”, “Tovush”larning ma’nosini o’rgatishda davom etish .She’rlarni ifodali o’qishga o’rgatish. Tanish badiiy asarlar haqida o’z fikrlarini bildirishga o’rgatish. Ertaklarni qayta hikoya qilishni mashq qilish. Buyumlarni joylashish o’rinlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Bolalarda baliqlar va suvda yashovchi boshqa jonivorlar haqidagi tushunchalarni kengaytirish, akvariumdagi baliqlarni to’g’ri ovqatlantirishga o’rgatish. Uy ro’zg’or buyumlari haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Turli kasb egalarining mehnat qurollari
|
Ijodiy rivojlanish
|
Bo’rtirilgan applikatsiya usulidan foydalanishni o’rgatish. Qog’ozni buklash usuli bilan oddiy modellarni yaratishni o’rgatishda davom etish. Jamoa bilan kompozitsiya yaratishni mashq qilish orqali ranglarni ifodalashni o’rgatish.
|
Rivojlantirish markazlari
|
Talim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar
|
Erkin
faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
|
Qog’oz qutidan akvarium yasash
|
|
Basseyn”
quramiz
|
|
Qurilish materiallari, lego konstruktor, turli kattalikdagi qog’oz qutilar va g’ishtlar
|
Syujetli rolli o’yinlar va sahnalashtirish
|
Qayiqlarni suvda suzdiramiz
|
|
|
“Qo’g’irchoq
Lolaxonni
cho’miltiramiz”
|
|
Niqoblar, jihozlar, disk, AKT, kostyumlar, tog’ora, suv, yuvinish jihozlari, kiyim - kechaklar
|
Til va nutq
|
“Oltin baliq” multfilmi
|
|
|
|
|
Mavzu asosida suratlar, AKT materiallari
|
Fan va tabiat
|
|
Suv va turli ranglar bilan tajribalar
|
|
“Suv separ” o’yini uchun moslama tayyorlash
|
|
Suv, maxsus idishcha, naychalar
|
Sanat
|
Suv o’tlari applikatsiya
|
Akvariumdagi baliqlar rasmi
|
|
|
|
Oq va rangli qog’ozlar, rangli qog’oz rangli bo’yoq, elim, rangli qalamlar, loy.
|
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
Nutq o’stirish: “Maqtanchoq g’oz” asarini qayta hikoya qilish
|
|
“Suv qiroli mehmonda” bayram tadbiri
|
Bayram uchun kerakli jihozlar
|
IYUL. TO’RTINCHI HAFTA
SUV BAYRAMI
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish Mavzu: Qayiqlarni suvda suzdiramiz
Maqsad: bolalar kapitan va matroslar kanday ishlar bilan shug’ullanishi va dengizchilar kasbi haqidagi bilimlarini boyitadilar, rollarni mustaqil ijro etadilar.
Kerakli jihozlar: katta tog’orada suv, turli xil kayiq va kemalar, dengizchilar uchun kiyimlar, AKT.
Faoliyatning borishi:
Rollarni taqsimlash.
Uyin uchun joy hozirlash.
Uyinni rejalashtirish.
Uyin jarayoni.
Yakuniy suhbat.
Qo’shimcha: AKTda suv ostini tomosha qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: dengizchilar va kayiqni boshqarish haqidagi ma’lumotlar.
Til va nutq
Mavzu: “Oltin baliq” multfilmi
Maqsad: bolalar ertakdan kerakli xulosa chiqaradilar, kahramonlarning xatti-harakatlarini tahlil kiladilar.
Kerakli jihozlar: AKT.
Faoliyatning borishi:
Multfilm namoyishi.
Ko’rgan multfilmlari haqida suhbatlashish.
Qo’shimcha: oltin baliqchani chizish.
Alohida e’tibor qaratiladi: xodisalarni tahlil qilish.
San’at
Mavzu: Suv o’tlari
Maksad: bolalar elimdan to’g’ri foydalanish malakalarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar: namuna, oq qog’oz, elim, salfetka.
Faoliyatning borishi:
Namunani kuzatish.
Suv o’tlari shaklini kesib olish.
Tayyor suv o’tlarini elimlash.
Ishni turli bezaklar bilan boyitish.
Qo’shimcha qism: suv osti o’simliklari haqida ma’lumot berish.
Alohida e’tibor qaratiladi: kesish malakalari.
Qurish-yasash va matematika Mavzu: Qog’oz qutidan akvarium
Maqsad: bolalar qutilarga ishlov beradilar, qutilardan ijodiy ishlari orqali o’yin va o’yinchoqlar, jihozlar yaratishga intiladilar.
Kerakli jihozlar: namuna, qog’oz qutilar, flomaster, rangli bo’yoq, suv, kartonlar, mavzuga oid rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Mavzuga oid rasmlarni kuzatish.
Qog’oz qutidan kerakli shaklni yaratish.
Tayyor shaklga akvarium tasvirini berish.
Bajarilgan ishni muhokama qilish va rag’batlantirish.
Qo’shimcha: akvariumni baliqchalar bilan bezatish va tabiat burchagiga olib chiqish.
Fan va tabiat
Mavzu: Suv va turli ranglar bilan tajribalar
Maksad: bolalar har xil rang yordamida rangli suvlar hosil qilish malakalarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar: namunalar, suv, shaffof idishlar, rangli bo’yoqlar, pipetka.
Faoliyatning borishi:
Namunalarni tomosha qilish.
Shaffof idishdagi suvlarni tanlash.
Suvga pipetka yordamida rangli bo’yoqlarni qo’shish.
Hosil bo’lgan rangli suvlarni tahlil qilish.
Qo’shimcha qism: o’tkazilgan tajribalarni taqqoslab, suhbatlashish.
San’at
Mavzu: Akvariumdagi baliqlar.
Maksad: bolalar mustaqil tarzda ijodiy ishlaydilar.
Kerakli jihozlar: namuna, rangli bo’yoq, suv, oq qog’oz, xo’l qog’oz.
Faoliyatning borishi:
Namunani kuzatish.
Qog’ozda tasvirlarni yaratish.
Tayyor ishni tahlil qilish.
Bolalarni rag’batlantirish.
Qo’shimcha: istaklariga ko’ra tasviriy faoliyatning boshqa turi bilan shug’ullanishlarini taklif qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalarning ijodi.
Qurish-yasash va matematika
Mavzu: Basseyn quramiz
Maqsad: bolalar qurilish bloklaridan basseyn qurishni biladilar, basseynni qo’shimcha jihozlar bilan boyitadilar.
Kerakli jihozlar: namuna, lego, kubiklar.
Faoliyatning borishi:
Namunani kuzatish.
Basseyn qurishni rejalashtirish.
Kerakrli jihozlarni tanlash.
Ijodiy ish.
Qo’shimcha: tashkilot cho’milish xavzasiga chiqish.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Qo’g’irchoq Lolaxonni cho’miltiramiz
Maksad: bolalar shaxsiy gigienaga rioya qiladilar, cho’milish tartibini biladilar. Kerakli jihozlar: katta tog’orada suv, sovun, sochiq, salfetka, qo’g’irchoq.
Faoliyatning borishi:
Rollarni taqsimlash.
O’yin uchun joy hozirlash.
O’yinni rejalashtirish.
Lolaxonni cho’miltirish.
Yakuniy suhbat.
Qo’shimcha: gigiena haqida suhbat.
Alohida e’tibor qaratiladi: cho’miltirish jarayonining borishi.
Fan va tabiat
Mavzu: Suv sepish o’yini uchun moslama tayyorlash
Maksad: bolalar suv sepish uchun mustaqil ravishda moslama tayyorlashga harakat qiladilar. Kerakli jihozlar: suv, katta kichik baklajkalar, mix, bolg’acha, mavzuga oid rasmlar. Faoliyatning borishi:
Mavzuga oid rasmlarni tomosha qilish.
Mavjud jihozlar bilan tanishish.
Baklajka qopqoqlarini trabiyachi yordamida mix bilan teshish.
Tayyor qopqoqlarni baklajkaga yopish.
Moslamaga suv to’ldirish.
Moslamadan suv sepish.
Tajriba muhokamasi va xulosasi.
Qo’shimcha: sayrda “Suv sepish” o’yinini tashkil etish.
AVGUST
OY MAVZUSI: QUVNOQ VA SOG’LOM BOLALAR
-
Dostları ilə paylaş: |