Oddiyo‘quvchidankitobxono‘quvchinitayyorlash,bolalarni badiiy so‘zdan ta’sirlanadigan, uning josibasini his etadigan, haqiqiy badiiy asarni taniydigan, o‘qigan badiiy asarini tahlil eta biladigan va undan o‘ziga xulosa chiqarishga qobil, o‘z qarashlarini og‘zaki va yozma ravon ifoda eta oladigan, badiiy asar o‘qishni o‘zining birinchi hayotiy ehtiyojiga aylantirgan o‘quvchi shaxsini shakllantirish bosh vazifa sifatida turadi. Bu tushuncha xususiy bo‘lib, joriy faoliyatni belgilaydi (ya’ni nima uchun? o‘qitiladi).
Nimani?o‘qitilishi lozimligi to‘g‘risidagi ta’limmazmunio‘quvchilarga beriladigan bilim va singdiriladigan amaliy ko‘nikmalar direktivhujjatlar(Lotincha so‘z bo‘lib, yuqori rahbar organlar tomondan berilgan va bajarilishi majburiy sanalgan rasmiy yo‘l-yo‘riq, dastur, ko‘rsatma), darslik hamda qo‘llanmalarda aks yettiriladi.
Istiqlol har bir sohaga yangicha fikrlashni, yuksalishni, taraqqiy etishni hayotiy zaruratga aylantirdi. Bu narsa ta’lim jarayonida ham ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar, yuksalishlar bo‘lishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’limni taraqqiy yettirish to‘g‘risida shunday xitoblar yangraydi: “Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yerosti va yerusti boyliklari bilan, balki, birinchi navbatda, o‘zining yuksak ma’naviyati bilan kuchlidir...”, “...Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, malakasini oshirish kabi pasalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch
1 Qodirov V. Adabiyot o’qitish metodikasi. //ma’ruza matnlari //. – Andijon. 2010. 15-bet.
kelmoqdamiz...”, “Eski qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan foydalanib, eski mafkuradan xalos bo‘lmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga o‘rgatolmaymiz, axir...”, “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrladigan etib tarbiyalanadi... ”1.
Respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida borayotgan tub islohotlar jarayonining ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-nazariy, iqtisodiy hamda tashkiliy asosi bo‘lmish “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun” (1997 yil 29 avgust), “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (1997 yil 29 avgust), Respublika Prezidentining farmonlari va hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar o‘quv predmetlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda boshqa o‘quv-metodik vositalarni yanada takomillashtirishni taqozo etib, ta’limni sifat jihatdan yangilashni talab qilmoqda.
Bu narsa adabiy ta’lim jarayonini ham mazmunan boyitish, yuksaltirishni hayotiy zaruratga aylantirdi. Adabiyotni o‘qitish boshqa fanlarni o‘qitishdan keskin farq qiladi. Aniq fanlarni o‘qitishda o‘qituvchi o‘quvchilariga insoniyat tomonidan kashf etilgan tayyor bilimlarni o‘rgatadi. Bunda o‘quvchilar ham ortiqcha zo‘riqishlarsiz, qiynalishlarsiz tayyor bilimlarni o‘zlashtiradilar. Yana bir jihati, bunday fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilar barchasi yagona echimga, xulosaga keladilar va bu ilmiy yagona haqiqat hisoblanadi.
Adabiy ta’lim har bir o‘quvchidan o‘zgacha badiiy idrokni, asrni his etishni, kashf qilishni va yagona xulosaga emas, turfa yechimlarga, xulosalarga kelishi tabiiy hol sifatida baholaydi, to‘g‘ri deb biladi. O‘quvchilar bitta asarni o‘qib o‘raganishsa- da, undan turlicha hissiy ta’sirga, quvvatga ega bo‘ladilar, rango-rang xulosalar yasaydilar.
O‘quvchilarning badiiy tafakkurini o‘stirishda; badiiy asarlar, ayniqsa, hikoya janrining imkoniyatlarini to‘liq ochib berilishida; so‘z sehri, qudratini teran his qilinishida; hayotning asl suratini – badiiy talqinini o‘qib, zaruririy xulosalar hosil qilinishida; o‘tmish bilan bugun o‘rtasidagi taraqqiyot darajasini muqoyasa qilinishida; fikrni ifodalashning sodda, siqiq shakllarini o‘rganib, mantiqiy fikrlash
1 Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т. “Шарқ”. 1997. 4-10 бетлар.
imkoniyatlarini kengaytirilishida; o‘quvchining olam haqidagi, odam haqidagi bilimlarini boyitishda, shubhasiz, Abdulla Qahhor asarlarining ham alohida o‘rni, mavqei bor.
Adabiy ta’lim amaliyotida Abdulla Qahhor asarlarini: hikoya, qissa va romanlarini o‘rganish yuzasidan juda boy pedagogik tajriba to‘plangan, ommalashtirilgan. Bir qarashda, adib asarlarini o‘rganish yuzasidan aytilmagan fikr, tavsiya etilmagan metod yoki usulning o‘zi qolmagandek. Chindan ham, Abdulla Qahhor asarlari o‘zbek adabiy ta’lim jarayonida uzoq yillardan beri o‘rganilmoqda, o‘rgatishning yangi-yangi qirralari kashf etilib, keng o‘qituvchilar jamoasiga amaliy foydalanish uchun tavsiya etilmoqda.
Shunday bo‘lsa-da, aytish mumkinki, Abdulla Qahhor asarlarini o‘rganishda hali yechimini kutayotgan bir qancha muammolar yo‘q emas.
Masalan:
Adib asarlari matni ustida ishlashning istiqbolli ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish.
Abdulla Qahhor hikoyalari misolida hikoya janri tadqiqini yangi pog‘onaga yuksaltirish.
Abdulla Qahhor asarlari orqali o‘quvchilarning fikrlash quvvatini oshirish, so‘zdan foydalanish uquvini, shakllantirish, mustahkamlash, badiiy tafakkurini o‘stirish.
Abdulla Qahor asarlarini o‘rganishning innovatsion metod va usullari tizimini ishlab chiqish.
Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish yuzasidan yangilangan uslubiy qo‘llanmalar yaratish.
Abdulla Qahhor ijodini o‘rganishga yangicha yondashuv maqsadi yo‘lida olib borgan kichik tadqiqotimizni, sa’y-harakatimizni ummondan tomchi sifatida baholash mumkin. Tadqiqot, avvalo, bizda o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi; Abdulla Qahhor ijodini chuqurroq tahlillash imkonini yaratdi; adabiy ta’lim jarayoni haqidagi bilimlarimizni boyitdi; Respublikamizda faoliyat olib borayotgan ilg‘or pedagoglarimizning ish tajribalaridan bahramand etdi; hikoya janrining cheksiz imkoniyatlarini kashf qildik; o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash
ko‘nikmalarini hosil qildik; maktab hayotiga, ta’lim berish jarayoniga kirib bordik; elkamizga og‘ir va sharafli kasbiy mas’uliyat yuklanayotganini teranroq his qila boshladik; o‘zimizda ijodkorlik, tadqiqotchilik, ilmga, izlanishga chuqurroq mayl, istak – maqsad tuydik; kelajak padagogik faoliyatimizda oddiy, bir maromda tebranuvchi o‘qituvchi bo‘lib emas, aksincha, tinimsiz izlanadigan, olg‘a intiladigan, ilmga boy, metodik tajribaga hisobsiz o‘qituvchi bo‘lish maqsadi qat’iy qaror topdi; eng muhimi, bizlarga nazariy, amaliy saboq bergan ustozlarimizning mehnatlari zoe ketmaganini o‘zimiz misolimizda idrok etdik; dillarimizni g‘urur, shunday yurtda yashash baxtidan shukronalik, o‘qituvchi degan sharafli, muqaddas nomga hamisha munosib bo‘lish kabi pokiza tilaklar, ezgu maqsadlar egalladi.