Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi Abdulla Qahhor hikoyalarini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishdir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:
-Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish yuzasidan to‘plangan pedagogik tajribalarni tahlillash;
Yozuvchi ijodiy merosini o‘rgatishning pedagogik-psixologik jihatlarini belgilash;
Abdulla Qahhor ijodini yangilangan pedagogik tafakkur asosida o‘rgatishning samarador metod va usullari tizimini ishlab chiqish;
Abdulla Qahhor hikoyalarining ahamiyatini o‘rganish;
Umumta’lim maktablarida Abdulla Qahhor hikoyalariga ajratilgan soatlarni aniqlash;
Hikoyalar tahlili orqali o‘quvchi ijodiy fikrlashini tekshirish;
Abdulla Qahhor hikoyalari matni ustida ishlashda yangicha yondashuvlar talqinini o‘rganish;
Tadqiqotningobyekti. A.Qahhorning maktab va akademik litsey darsliklarida berilgan “O‘g‘ri”, “Bemor” , “Dahshat” hikoyalari.
BMIning metodologik asosini Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning ma’naviyat, adabiyot va san’atga oid qarashlari tashkil etadi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotshunos va metodist olimlaridan I.Sultonov, O.Sharafiddinov, M.Qo‘shchonov, U.Normatov, B.Nazarov, B.To‘xliev, M.Mirqosimova,
Q.Yo‘ldoshev, R.Niyozmetova va boshqalarning ilmiy-nazariy, metodik qarashlari ishimizni amalga oshirishda metodologik asos vazifasini o‘tadi.
BMIningilmiyyangiligi. Ushbu tadqiqotda A.Qahhor hikoyalari tahlili orqali o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish masalasi o‘rganildi. Unda badiiy asar tahlilining o‘ziga xos xususiyatlarini tatqiq etildi. Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rgatishda interfaol usullardan foydalanildi.
Qahhorning XX asr o‘zbek nasri rivojiga qo‘shgan hissasi haqida xulosalar chiqarishimizga yordam berdi. Kichik tadqiqotimiz davomida adabiy ta’limda yozuvchi ijodini, timsol yaratish mahoratini, uslubini yangicha yondashuv asosida o‘rganishning tizimli metod va usullari ishlab chiqiladi, amaliyotga tavsiya etiladi.
Maktabda, akademik litseylarda Abdulla Qahhor ijodini o’rganish yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan bo’lsa-da, ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalar asosida o’rganishga doir yaxlit bir ilmiy manba yo’q edi. Bitiruv malakaviy ishda ana shu jihatlarga e`tibor qaratildi.