ISBN 978-9943-3549-8-5
© “GOLD-PRINT NASHR” nashriyoti 2019 © Arapbaeva D.K., Norkulova N.T., 2019
OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASINING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI 1
OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASINING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI 1
4.Emotsional zo‘riqishdan xalos etuvchi art-terapevtik mashq 101
1.2.Oila psixologiyasining zamonaviy talqini 15
1.3.Oiladagi ijtimoiy-psixologik moslashuv 23
1-guruhga, Ushbu treningdan Siz qanday kutilmalar kutmoqdasiz? (ojidaniya) 89
2-guruhga, Qaysi mavzularni muhokama qilish sizda qiziqish uyg‘otadi? 89
3-guruh, Ishtirokchilarning mutaxassisligi, qaysi sohada faoliyat olib borayotganligi va seminarda ishtirok etish tajribasi qanday? 89
4-guruh, Trening samarali o‘tishi uchun qanday qoidalar bizga kerak bo‘ladi? 89
4.Trening qoidalarini esga tushirish 89
3. Trening maqsadini treningdan kutilayotgan natijalar bilan muvoflqlashtirish 90
4. Trening maqsadini treningdan kutilayotgan natijalar bilan muvoflqlashtirish 88
2. Ishtirokchilar bilan treningda samarali ishlash qoidalarini ishlab chiqish. 85
6.Oilada ayollar vazifalari 83
4. Trening ishtirokchilari bilan tanishuv 81
2. Guruhda samarali ishlash qoidalarini ishlab chiqish 79
3.Trening maqsadini treningdan kutilayotgan natijalar bilan muvoflqlashtirish 79
2.2Oilaviy munosabatlarni tadqiq etish metodikalari Ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma (Qaynonalar misolida) 37
1. Kelinimning oilamizga moslashuvida menimcha... 38
2. Kelinning yangi oilaga moslashib ketishi uchun menimcha... 38
3. Keliningizning yangi oilaga moslashish darajasi qanday deb o‘ylaysiz? 38
KIRISH
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda ma’nan barkamol, jismonan sog‘lom, intellektual yetuk avlodni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. Bunday sharoitda oilada farzand tarbiyalash borasidagi an’analarimiz davr ruhi va ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘lanib, yanada o‘z ahamiyatini yaqqolroq namoyon etmoqda. Shu sababli oilani mustahkamlash, uning ma’naviy-axloqiy tarbiya borasidagi o‘mini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining asosiy bo‘g‘inini tashkil etmoqda.
Mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yo‘lidan borayotgan 0‘zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish jarayonida uning yaxlitligini kafolatlovchi oila institutini mustahkamlash borasida istiqbolga yo‘naltirilgan aniq siyosat olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlaming barchasi oila va har bir fuqaroning manfaatini ijtimoiy va psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Oila qurish ulkan voqea. Bu nafaqat milliy, balki umumbashariy qadriyat. Ulug‘ allomalarimizning oila qurishga, uylanishga da’vat etganlarida, ota-bobolarimizning kelin-kuyov ajdodlarini surishtirishlarida ham jisman, ham ruhan barkamol kelin yoki kuyov tanlash masalasiga naqadar jiddiy e’tibor qaratilganini ko‘ramiz. Ayniqsa qizlaming bu borada ko‘proq va jiddiyroq “imtihon”ga solinishlari zamirida buyuk hikmat bor. Yangi oilaviy juftlikning tashkil topishi uning a’zolaridan o‘zlarida nikohgacha mavjud bo‘lmagan integrativ sifatlami shakllantirishlarini taqozo etadi. Bir vaqtning o‘zida oila qurish kelin-kuyovlaming anglagan holda nimalardandir o‘zlarini chegaralashlariga roziliklari hamdir. Yosh oila tizim sifatida ma’lum sharoitlarda uning elementlarini qo‘llab- quvvatlovchi o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ham shakllantiradi. Mazkur mexanizmlar oilaviy hayotning turli sohalaridagi tipik xulq-atvor normalaridir.
з
Ma’lumki, psixologik moslashuv sotsiumdagi normalar va qadriyatlami o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. U o‘zaro ta’sirda, jumladan atrofdagi odamlar bilan muomalada va aktiv faoliyatda namoyon bo‘ladi. Oilaga moslashuv ham o‘z ichiga yuqoridagi komponentlami qamrab oladi va oilaviy hayot bilan tanishuv, unga asta-sekinlik bilan kirib borish jarayoni sifatida boshlanadi. Bu davr juda qiyin hisoblanadi, chunki nafaqat muomala va faoliyatni qayta qurishni, balki yosh er-xotinlaming o‘z ehtiyoj-motivatsion sohalarini qayta ko‘rib chiqishlarini, o‘zini o‘zi anglashning yangi darajasini, ijtimoiy muhit bilan yangi aloqalami shakllantirishlarini taqozo etadi. Yangi tuzilgan oilada bir qator moddiy, psixologik, ijtimoiy - psixologik xarakterdagi qiyinchiliklar va muammolami yengishga to‘g‘ri keladi. Oila-nikoh moslashuv jarayoni qanchalik samaraliligiga qarab yosh oilaning barqaror yoki beqarorligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Moslashuv samaradorligi esa bir qancha omillar - ijtimoiy muhit sharoitlari va talablari, insonning muloqotmandlik, o‘zgalar bilan hamkorlik va kooperatsiyaga intilish, hamdard va hamnafas bo‘la olish qobiliyatlariga, o‘z hissiyotlari va emotsiyalarini nazorat qila olish hamda kundalik stresslami yenga olish malakasiga bog‘liq bo‘ladi.
Mazkur metodik qo‘llanmada “oila” deb atalmish maskanning inson baxti-saodatiga ta’sirini yuksak ma’naviy merosimiz namoyondalari bo‘lmish Sharq mutafakkirlarining qarashlarida qay tarzda bayon etilganligi, oilaviy hayotga moslashuvning ijtimoiy- psixologik jihatlari, shaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlami hal etish usullari, oiladagi rollar taqsimoti, oiladagi nizolami boshqarishda V.Satir usuli, oilaviy nizolar tufayli stress holatiga tushgan oilalarda guruhiy terapiya mashg‘ulotlari, nizoli oilalar bilan ishlashda korporativ trening texnologiyalaridan foydalanish uslublari har tomonlama tahlil va talqin etib berilgan.
Утепбергенов М.А. Социальные и этнопсихологические особенности Каракалпакской семьи. Дис. ... канд.психол.наук. - Тошкент: 1999. - 154 б.
Fayziyeva М.Х. Oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (er-xotin misolida). Psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Toshkent: 2005. - 185 b.
Faxr-ul Banot Sibg‘atulloh qizi. Oila saboqlari. - Toshkent: “Yozuvchi”, 1992.-96 b.
Хесль, Г. Посредничество в разрешении конфликтов: Теория и технология (пер. с нем. Яковлевой Е.) / Г. Хесль. - Москва: “Машиностроение”, 2015. - 144 с.
Хидоя: комментарии мусульманского права. Книга // Глава I. О никох или браке, С. 121-125. Глава II. Об опеке и равенстве между брачащишся сторонами. Раздел. О кафолате или равенстве. -Ташкент: “Узбекистан”. 1997. - С. 139-156.
Шабельников В.К. Психология души. - М.: “Изд-кий центр Академия”, 2003. - 240 с.
Шнейдер Л.Б. Основы семейной психологии. М., 2003. - 341 с.
Shoumarov G‘.B. Oila psixologiyasi: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. / G‘.B. Shoumarov tahriri ostida / - Toshkent: “Sharq”, 2008. - 296 b.
Эйдемиллер Э.Г., Юстицкис В.В. Психология и психотерапия семьи. -СПб.: Изд-во ПИТЕР, Серия “Мастера психологии”, 1999. - 656 с.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. - Toshkent: “Yulduzcha”, 1990. - 192 b.
Hasanov S. Xorazm ma’rifati - olam ko‘zgusi. - Toshkent: “0‘qituvchi”, 1996. - 304 b.
http://alcoraund.ru/poleznye-privychki/tajm- enedzhment/uprazhneniya-dlya-treninga-po-tajm-menedzhmentu.html
Мудрик А.В. Социализация и воспитание. - М.: Изд-во Сентябрь, 1997. - 96 с.
Muhiddin S. Oila va shar’iy nikoh odoblari. - Toshkent: “Movarounnahr”, 1999. - 80 b.
Назырова Jl.C. Национальные стереотипы русских и казахов. Дис. ... канд. психол. наук. - М.: 2001. - 206 с.
Норимбетов Т.Б. Социально-психологические особенности казахских семей проживающих в Узбекистане. Дис. ...канд. психол. наук. - Ташкент: 2008. - 227 с.
Обозов Н.Н. Факторы устойчивости брака / Н.Н.Обозов,
А.Н.Обозова // Семья и личность: (Психол.- пед., социол. и мед. Псих, пробл.) : тез. докл. / под ред. А.А.Бодалева. М.: 1981. - 235 с.
Петровский В.А. Психология неадаптивной активности. - М.: “Горбунок”, 1992. - 223 с.
Rahimov S. Abu Ali Ibn Sino. Ta’lim va tarbiya haqida. - Toshkent: “0‘qituvchi”, 1967. - 99 b.
Rizouddin ibn Faxruddin. Oila. / Tarjimon: T.Ziyoev. - Toshkent: “Mehnat”, 1991. - 64 b.
Salayeva M.S. 0‘zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o‘zaro munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Toshkent: 2005. - 198 b.
Salayeva N. Xorazm oilalarining etnopsixologik xususiyatlari. Psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Toshkent: 2002. - 180 b.
Samarov R.S. Tojik oilasida er-xotin nizolarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari. Psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Toshkent: 1997. - 141 b.
Uzaqov H., G‘oziyev E.G‘., A.Tojiyev A. “Oila etikasi va psixologiyasi” qo‘llanma. - Toshkent: “0‘qituvchi”, 1992. - 128 b.
I BOB. OILAVIY MUNOSABATLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XU SU SIYATLARI
Sharq mutafakkirlarining oila haqidagi qarashlari
Jamiyatning turli davrlarida oila masalasi olimlaming diqqat markazida bo‘lib kelgan. Jumladan, Sharq mutafakkirlari va davlat arboblari - Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Alisher Navoiy, Shal (Tilyeuke) Kulkeo‘g‘li, Ahmad Donish, Abay Qo‘nanbayev, Rizouddin ibn Faxruddin, Faxr-ul Banot Sibg‘atulloh qizi, Abdurauf Fitrat va boshqalaming asarlaridagi oila-nikoh munosabatlari, oiladagi shaxslararo munosabatlar, ota-onaning vazifalari, farzandlar burchi haqida g‘oyatda ibratli maslahat va o‘gitlari bay on etilgan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da keltirilgan oila va shar’iy nikoh odoblari, ota-onalar va farzandlar munosabati, ulaming burch va vazifalari, uylanish va kelin tanlash xususidagi g‘oyatda qimmatli fikrlar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Shuningdek, “Avesto”da oila nikoh munosabatlari, oilaviy burch va farzand tarbiyasi xususida bir qator fikrlar bayon qilingan. Unda oila boshlig‘i “Nmanapati”, uning xotini “Nmanapatni” shaklida berilgan. Kitobda “Vira”, ya’ni erkak kishi axloqiy yo‘l-yo‘riqlami o‘zlashtirish bilan birga, oila qurish va farzand to‘g‘risida o‘ylash zarurligi, erkak kishi roppa-rosa 16 yoshdan uylanib, bir nechta xotin olish huquqiga ega ekanligi, birinchi xotin hamma vaqt boshqalarga bosh bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar ham bor. “Avesto”da qarindoshlaming o‘zaro oila qurishi qat’iy man etilgan. Qavm va urug‘ qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Unda ko‘p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi, bir yo‘la 2-3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor ekanligi uqtiriladi [49].
Markaziy Osiyo xalqlarining “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Oysuluv”, “Layli va Majnun”, “Yusuf va Zulayho”, “Manas”, “Qizibek”, “Qozi Kurpesh Bayan suluv” kabi dostonlarida erkak va ayol o‘rtasidagi sof insoniy munosabatlar, muhabbat, sadoqat, yorga vafo mavzusi tarannum etilgan. Ayol doimo erkak kishiga sodiq do‘st va yor, oqila, topqir, oilaviy tinchlikning posboni sifatida ulug‘langan. Ayol - oilaga fayz kirituvchi farishta timsoliga aylangan.
Yuqorida sanab o‘tganlarimiz - “Alpomish”, “Qizibek” va “Manas” kabi mashhur dostonlarimizda nikoh tuzishga oid odatlarda yigitning jismoniy qobiliyatlariga alohida ahamiyat berilgan. Yigitning jismoniy qobiliyati sinab ko‘rilgan. Masalan, uning qizga munosib yoki nomunosib ekanligini aniqlash uchun o‘zaro ot poygasi, kamonda nishonga urish, uzoqqa o‘q uzish, kurash tushish kabi sport musobaqalari o‘tkazilgan. Shuningdek, bu tanlov “Qiz quvmoq”, “Tortishmachoq”, “Oltiboqan” kabi xalq o‘yinlarida o‘z ifodasini topgan. Bu dostonlar qadimgi davrda yoshlami oilaviy hayotga tayyorlash an’analari haqida bizga to‘liq tasavvur va ma’lumot bera oladi.
Muqaddas dinimiz Islomda, uning asosiy manbalari hisoblangan Qur’oni Karim va hadislarda bo‘lajak oilaning vujudga kelishiga alohida e’tibor berilgan hamda farzandlaming nasliy pok bo‘lishini hisobga olib, bo‘lajak qaynota va qaynonalami tanlash zaruriyati o‘ziga xos tarzda bayon etilgan. Kelin yoki kuyov qilmoqchi bo‘lgan har bir ota-onaning bo‘lajak qudalar naslini surishtirishlari yoxud har bir musulmon o‘zining “yetti pushti”ni bilishi lozim, degan talablar ham islomiy ma’naviyatdan kelib chiqqan, Qur’oni Karimning “Baqara”, “Niso” suralarida oila, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiya masalalariga alohida urg‘u berilgan [49].
Marg‘inoniyning “Hidoya”sida kelin tushirish va qiz chiqarishning talablari “kafoat” tushunchasida ifodalanishi yoziladi. “Kafoat” - er va xotin o‘rtasidagi tenglikni bildiradi. Nikohda ikki tomon teng va munosib bo‘lishi shart. Aksincha bo‘lsa, turmush bo‘lmaydi, eming xotindan, xotinning erdan ko‘ngli to‘lmaydi. Kelin va kuyov nasl-nasabda, ijtimoiy mavqeda, bilim-saviyada, did- farosatda, imon-e’tiqodda, mulkdorlikda bir-birlariga yaqin bo‘lishi
Жарьщбаев К. Казак психологиясыньщ тарихы. -
Алматы: “Казахстан”, 1996. - Б. 160 б.
Jo‘rayeva Sh.Sh. Tojik oilasida nikohdan qoniqishning
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (Buxoro viloyati materiallari
asosida). Psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Toshkent: 2004. - 132 b.
Карабанова О.А. Психология семейных отношений и основы семейного консультирования. - М.: Гардарики, 2008. - 320 с.
Karimov Х.К. 0‘zbek oilalarida er-xotin nizolarining
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Toshkent: 1994. - 142 b.
Karimova V.M. Yoshlarda o‘zbek oilasi to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar. Psixologiya fanlari doktorligi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Farg‘ona. 1994. -310 b.
Karimova V.M. Salomatlik psixologiyasi. - Toshkent: ”Yangi asr avlodi”, 2005. - 26 b.
Karimova V., Akramova F., Xonqulova N. Mustahkam oila - mahalla tayanchi - Т.: “A.Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti”, 2009. - 58-60 b.
Karimova V.M. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalar uchun // Muallif: V.M.Karimova. - Т.: “Fan va texnologiya”, 2008,- 170 b.
Кон И.С. Психология ранней юности. Книга для учителья. - М.: “Просвещение”, 1989. -255 с.
Лисова А.В. Психология семьи. - Владивосток, 2003. -
48 с.
Mamatov М.М. Etnopsixologiya. - Toshkent: 1999. - 60 b.
Norkulova N.T. Affiliatsiya motivi talabalar ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil // Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Т.: “0‘zMU”, 2017. - B. 130-141
FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR RO‘YXATI
Абай Ибрагим Кунанбаев. Слова назидания. / Пер. с каз. - Алматы: “Рауан”, 1995. - 135 с.
Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. - Toshkent: “Ma’naviyat”, 2000. - 111 b.
Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: “A.Qodiriy nomidagi xalq merosi”, 1993. - 224 b.
Агеев B.C. Межгрупповое взаимодействие: Социальнопсихологические проблемы. - М., 1990. - 170 с.
Alisher Navoiy. Mahbub-ul-qulub. - Toshkent.: 1966. 13- Tom. - 244 b.
Ананьев Б.Г. О проблемах современного человекознания. -М.: “Наука”, 1977.-380 с.
Анисимов О.С. Акмеология и методология: проблемы психотехники и мыслетехники. - М.: РАГС, 1998. - 772 с.
Антонов А.И. Семья: функции, структуры, теории семейных изменений. Курс лекций / А.И. Антонов,- М.: Знание, 2009. - 198 с.
Ahmad Donish. “Navodir ul-vaqoe’”, - Dushanbe: “Donish”, 1989.-339 b.
Анцупов, А. Я. Конфликтология. Учебник / А.Я. Анцупов,А.И. Шипилов. - М.: Питер, 2015. - 528 с.
Beruniy. Minerologiya. - М.: - 1963. - 256 s.
Волкова А.Н., Трапезникова Т.М. Методические приемы диагностики супружеских отношений // Вопросы психологии. - 1987. - №4. - 94 с.
Гозман Л.Я., Ю.Е.Алешина Социально-психологические исследования семьи: проблемы и перспективы // Психологический журнал. - 1991. - № 4. - 64 с.
Голод С.И. Стабильность семьи: социологический и демографический аспекты / С.И. Голод. - Л.: ЛГУ, 2004. - 190 с.
a’lodir. Lekin kelin biroz quyiroq darajada bo‘lsa hech gap emas. Shunki er oila rahbaridir. Ammo aksincha bo‘lsa, kelin o‘zini kamsitilgan hisoblashi mumkin. Buning ustiga kuyovning oila rahbari sifatidagi mavqeyiga putur yetadi [43].
Toshga o‘yib yozilgan yodgorliklar ichida o‘zining ta’lim- tarbiyaviy g‘oyalari bilan ma’naviy meros qoldirganlardan biri - Qo‘rqit ota o‘git-nasihatlaridir.
VIII - IX asming mashhur qozoq kuychisi, musiqashunos, olimlardan biri - Qo‘rqit edi. Olim o‘git-nasihatlari, aforizmlarining tarbiyaviy ahamiyati katta. Qo‘rqit ota ota-onani hurmat qilish, qadrlash, oilaviy munosabatlar, yigit bilan qiz tarbiyasi, inson xarakterining turli xil sifatlari xususida keyingi avlodga ibrat bo‘larli pand-nasihatlar qoldirgan. Masalan, onadan ibrat olmagan qiz yomon, otadan o‘mak olmagan o‘g‘il yomon. Bunday farzand xalqning boshini birlashtirib, uyidan ovqat berishga ham yaramaydi, degan so‘zlar kishini o‘yga toldirmay qo‘ymaydi. Qo‘rqit ota ayollar xarakteriga psixologik jihatdan alohida ahamiyat qaratadi va ulami guruhga ajratadi. Ayollaming bir guruhi oilaning tayanchi, mehmondo‘st, unib-o‘sgan ayollar bo‘lsa, ikkinchisi - insofsiz, sabrsiz; uchinchisi - g‘iybatchi, tozalikka rioya qilmaydigan ayollar bo‘ladilar [15].
Dunyoga mashhur olim, ma’rifatparvar Abu Nasr Farobiy (873- 950) inson kamoloti, baxti, ta’lim va tarbiyasi, axloqi, dinga munosabati haqidagi qarashlarini mashhur “Fozil odamlar shahri” va “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarlarida bay on etadi [3]. Farobiy keraksiz urf-odatlardan (hozir ham oilaviy hayotda, er-xotin munosabatlarida uchraydi) voz kechish, baxt - saodatga erishish yo‘llari haqida gapirib shunday deydi: “Rahbarlar (er yoki xotin) “yomon odatlami o‘zida ifodalovchi o‘tmishni ham o‘zgartirmog‘i kerak. Aks holda o‘tmish talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday yengillik, o‘zgarish va o‘sish ham bo‘lmaydi”. Shuningdek, “Baxt saodatga erishuv yo‘lida nimaiki (bilim, odob-axloq, kasb-hunar) yordam bersa, uni saqlamoq, mustahkamlamoq nimaiki zararli bo‘lsa, uni foydali narsaga aylantirishga harakat qilmoq zarur’ligini ta’kidlaydi [3].
Sharq mutafakkirlaridan yana biri Abu Rayhon Beruniy (973- 1048) ning oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlari ham alohida e’tiborga loyiqdir. Beruniy o‘z qarashlarida, ayniqsa, xotin-qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi. U o‘zining “Minerologiya” asarida oila qurayotgan qizlarga ota-onaning nasihatlarini keltirib, oiladagi tinchlik, totuvlik, baxtiyorlik ko‘proq ayollar zimmasiga tushishini ta’kidlaydi va shunday yozadi:
“Ey qizim! Sen o‘rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo‘lajak kuyovingning hamma xislatlarini bilmaysan. Sen yer bo‘l, u esa osmon bo‘ladi. Demak, sen u bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifobaxsh yomg‘iri bilan yemi ko‘kartirgani kabi u ham o‘z mehr-u shafqati bilan seni xushnud etadi. Yana sen unga kanizak bo‘lsang, u senga xizmatchi bo‘ladi. Ering sendan faqat yumshoq va shirin so‘zlargina eshitsin, yaramaydigan yoki eski libosda yoki yuzlaringga oro berilmagan va sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o‘tirma. Abdullax ibn Jafar ismli ota o‘z qizini turmushga chiqarayotib shunday deydi:
- Sen rashk qilishdan saqlangin, chunki bu ajralib ketishning kalitidir. Eringga hadeb gina qilaversang nafratni uyg‘otadi. Yaxshisi, sen ering bilan xushmuomala bo‘lgin, bu har qanday sehr-jodudan yaxshidir va suvdan foydalangin, bu xushbo‘y narsalaming ichida eng birinchisidir” [11].
Beruniy o‘z qarashlarida oila tinchi bevosita aqlli, farosatli, tarbiyali ayollar qo‘lida ekanligiga alohida urg‘u bergan.
Oilaviy munosabatlar masalalariga oid o‘zining diqqatga sazovor qarashlari bilan ajralib turuvchi mutafakkirlardan biri - Abu Ali Ibn Sinodir (980-1037). Allomaning, ayniqsa, ayollar hayotda qanday bo‘lishlari kerakligi haqidagi qimmatli fikrlari hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Uning “Tadbiri manzil” asaridagi “Afsofiy behtarin zanho” bo‘limida ayollaming yaxshi xulqli bo‘lishi haqida
yaratadi. Shuningdek, qurilayotgan yosh oilalaming nikoh-oila munosabatlari yanada mustahkam bo‘lishiga zamin yaratadi.
Hozirgi kunning davr talabidan kelib chiqqan holda ota- onalaming psixologik va huquqiy bilimini oshirish, xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlarda psixologik va huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun mahalla, korxona va tashkilotlarda doimiy ishlaydigan shaxslar uchun “Oila huquqiy savodxonligini oshirish”, “Yoshlami oilaviy hayotga tayyorlash”, “Oila psixologiyasi” o‘quv kurslarini takomillashtirish zarur.
|