Ijtimoiy moslashuv mavjud ijtimoiy strategiyalami samarali qo‘llash va sifatiy yangiliklami ishlab chiqishda, individ yashash faoliyatining umumiy oshishi bilan ifodalanadigan kasbiy va individual faoliyat sohalarini kengaytirishda o‘z aksini topadi.
Moslashuvning psixologik jabhasi sotsiumdagi normalar va qadriyatlami o‘zlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ularga asosan o‘zaro ta’sir, shuningdek, insonning atrofdagi odamlar bilan muomalasi va aktiv faoliyati kiritiladi.
Oilaga moslashuv yuqoridagi komponentlami o‘z ichiga olgan holda oilaviy hayot bilan tanishuv, asta-sekin unga kirish jarayoni sifatida boshlanadi. L.B.Shneyder fikricha, bu davr nihoyatda qiyin kechadi, shunki u nafaqat muomala va faoliyatning qayta qurilishini, balki yosh er-xotinlar shaxsining o‘zgarishini, ulardagi ehtiyoj- motivatsion sohaning qayta qurilishini, o‘zini o‘zi anglashning yangi darajasini shakllantirishni, ijtimoiy muhit bilan yangi aloqalar o‘matishni taqozo etadi [45].
T.B.Kartseva nikohni inson hayotidagi tub burilish hodisasi deb baholab, bu davrda shaxs rivojlanish vaziyatining o‘zgarishi, buning natijasida rollar almashinuvi, o‘zaro ta’sirga kirishuvchi shaxslar doirasining hamda hal qilinadigan hayotiy muammolar va turmush tarzining o‘zgarishi yuz berishini ta’kidlab o‘tadi. Uning fikricha, o‘z ichiga ham ijobiy, ham salbiy o‘zgarishlami qamrab olgan bunday hayot hodisalarining yuz berishi shaxsda o‘zgarishlarga olib keladi, undagi “men” tizimi qayta quriladi va shaxs tomonidan og‘riqli kechiniladi. Nikohgacha yoshlarda “Men-obrazi” shakllangan bo‘ladi. Oila qurgandan keyin ular avvalgidek yashay olmaslik vaziyatiga tushib qoladilar, bu esa beqarorlik va qoniqmaslikni kuchaytiradi.
Biroq tezda reflektiv “Men” murakkablashadi va differensiatsiyalanadi, yangi, murakkablashgan va yetarlicha barqaror obrazni qurish uchun ichki qarama-qarshiliklami yengish borasida ish olib boriladi” [68].
E.S.Kalmikova nikohdagi dastlabki hayot muammolari haqida to‘xtalib, turmush qurgandan keyingi dastlabki bir-ikki yil muomalaning individual stereotiplari shakllanishi, qadriyatlar tizimi moslashuvi, umumiy xulq-atvoming ishlab chiqilish davri ekanligini ko‘rsatib o‘tadi.
A.N.Volkova va Ye.I.Trapeznikova fikricha, yosh oila uchun bolalar tug‘ilgunga qadar o‘z oilaviy tarzini ishlab chiqishdagi qiyinchiliklar, bir-birlarini tobora chuqurroq o‘rgana borish natijasida hafsalasi pir bo‘lishlik, oiladagi funksiyalami taqsimlash ko‘proq xarakterli hisoblanadi [12].
V.P.Levkovich va O.E.Zuskova er-xotinlar o‘rtasidagi nizolaming yuzaga kelishida ulardagi nikohga kirishdagi kutilmalar sabab bo‘lishini e’tirof etadilar. Yosh rafiq va rafiqa uchun bir- birlariga nisbatan kutilmalaming yuqoriligi hamda ular ko‘pincha haqiqatga mos kelmasligi nizolar asosini tashkil etadi. Bundan tashqari rolli kutilmalaming mutlaq mos kelmasligi rolli xulq- atvoming yangi xususiyatlarini ochib beruvchi turli xil stresslar, ijtimoiy yetilish maromidagi tafovutlar hamda bir qancha boshqa omillar va holatlar bilan qo‘shilib kelishi mumkin.
L.B.Shneyder fikricha, turmush qurgan yoshlarda oilaviy hayotni ideallashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Ular oilaviy hayotdan birinchi bo‘lib ma’naviy o‘sish va o‘zini o‘zi takomillashtirishga bo‘lgan o‘z ehtiyojlarini qondirishni kutadilar [45].
Mualliflar oilaga moslashuvning rolli va shaxslararo turlarini ajratadilar. Rolli moslashuv - bu o‘zaro rolli kutilmalarga muvofiq tasavvurlaming mos kelishi va o‘zgarishidir. Shaxslararo moslashuv psixologik, ma’naviy va seksual moslashuv yig‘indisini o‘z ichiga oladi [45].
Asosiy qism
“Islomda oilada erning burchi va vazifalari” treningi
Islomda oilada eming burchi va vazifalari nimalardan iborat? degan savol bilan guruhga murojaat etiladi. Aqliy hujum usuli orqali ishtirokchilar fikri flipga yozib boriladi va har bir qismi muhokama etiladi.
Guruhiy faoliyatni tashkil etish