Umurtqani orqaga egish. Qorinni yerga qaratgan holda yotib oling. Oyoqlar yelka kengligida. Qo'llarni tirsaklarda bukib, qo'l tirsaklari kaftlar pastga qaratilgan holda bosh darajasida bo'lishini ta'minlang.
Sekinlik bilan imkoniyat darajasida qo'llarni maksimal uzating, korpus, tanangizni tepaga ko'targan holda, umurtqani egishga harakat qiling. Boshingizni orqaga tashlang va nigohingizni tepaga qarating. Toz suyagingizni yerdan uzmaslikka harakat qiling. Nafas olishingiz erkin. Orqangizni bo'sh holatda ushlashga harakat qiling. Astalik bilan boshingizni chapga burib, o'ng tovoningizga qarang. Sekinlik bilan birlamchi egilish holatingizga qayting.
Keyin yana sekinlik bilan boshingizni o'ngga buring va chap tovoningizga qarang va yana sekinlik bilan birlamchi egilish holatingizga qayting. Qo'lni bukib, oldingi holatingizga qayting. Turing, qo'llaringizni silkiting va ularda bo'lgan zo'riqishni olib tashlang.
Umurtqani oldinga egish. Ushbu mashq qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar - bu yuqori bosim va bosh miya jarohati.
Xuddi shunday harakatlami qayrilgan holda va o'sha shartlarga amal qilgan holda qaytaring.
Bajarilayotgan va keyingi nafas bilan bog'liq mashqlami bajarish tezligi uning ritmiga bog'liq bo'ladi. Bunda imkon boricha nafas olish va chiqarish jarayonini uzaytirishga harakat qiling. Ammo sekin nafas olish zo'riqish va nafas qisilishiga emas, balki organizmingizning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mos bo'lishi kerak. Umurtqa
pog'onasining burilish varianti uchun quyida keltirilgan rasm misol bo'lishi mumkin. Bu mashq stulda o'tirgan holda bajariladi. Bunda stulda o'ngga qayrilgan holda, chap qo'l bilan stulni o'ng qismini ushlash, o'ng qo'l bilan esa chap qismini. Qo'llami zo'riqtirgan holda, tanangizga burilishni sodir etishga yordam bering. Toz suyagi va son oldinga yo'naltirilgan holda qoldiring.
4 - mashq. Umurtqa egilishlari.
Turli usullari mavjud: umurtqani yon tomonga, oldinga va orqaga egish usullari.
Umurtqani yon tomonga egish. To'g'ri turing, oyoqlami birlashtiring. Bir nafasda asta-sekin va bo'shashgan holda boshni chap tomonga imkoni boricha eging. So'ng xuddi shunday sekin-astalik bilan, nafas chiqargan holda chapga butun tana korpusini egiltiring. O'z tanangizni yer tortishish kuchi qonuniyatiga bo'ysundirgan holda, tanangizni osiltirib qo'ying. Qo'llar ham bo'sh holatda bo'lib, osilib
muammosi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlari psixologiya fanida ilmiy salohiyatga ega.
Jumladan, H.Uzaqov, E.G‘.G‘oziyev, A.Tojiyevlar yoshlami oilaviy hayotga jismoniy, ijtimoiy-psixologik, ruhiy-ma’naviy jihatdan tayyorlash borasida bir qator vazifalar mavjudligini e’tirof etadilar. Shuningdek, yoshlami turmush qurishga tayyorlash davomida ajralishdek mudhish voqea oila muhiti uchun fojia ekanligini ulaming ongiga singdirish, oila a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo nizolaming yomon oqibatlarini yaqqol misollar yordamida tushuntirish bu sohadagi soxta, tor ma’nodagi fikrlami bartaraf qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydilar [34].
G‘.B.Shoumarovning “Oila psixologiyasi” darsligida oila psixologiyasining umumiy asoslari, oila tasniflanishi, nikoh oldi omillari xususiyatlari va ulaming nikoh mustahkamligiga ta’siri, oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi, oilaviy nizolar, ajralish, uning sabab va oqibatlari xususida batafsil so‘z boradi [41].
Muallif, ayniqsa, qaynona-kelin nizolarining sabablarini aniqlash, ulami bartaraf etish alohida ahamiyatga molik masala ekanligini ta’kidlaydi va qaynona-kelin munosabatlaridagi kelishmovchiliklami keltirib chiqaruvchi ayrim sabablami ko‘rsatadi:
Ba’zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular o‘z tasavvuridagi qaynonaga xos bo‘lgan kamchilik va illatlami hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Borini-ku topishlari aniq, hatto yo‘g‘ini ham qidirishga harakat qiladilar. Shunki tasavvurlari ulami aldaganini tan olishni istamaydilar.
Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro‘zg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo‘ladi va keskinlashadi.
Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lmaydilar.
Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmay qoladilar.
Ba’zan katta xonadonda ovsinlar, qaynona iltifotini qozonish yo‘lida bir-birlaridan rashk qilishlari asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Qaynona kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzu- havaslarini, ishlashi yoki o‘qishini hisobga olmaydi.
Ayrim kelinlaming yangi oilaga moslashishi qiyin bo‘ladi, oqibatda qaynona-kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Har bir oilaning o‘zigaxos muhiti, qonun-qoidalari, an’analari, atrofdayuz berayotgan voqea-hodisalarga beradigan baho mezonlari, hatto shu xonadon a’zolari tushunadigan, shartli ravishda qabul qilingan so‘z, iboralari bo‘ladi. Yangi tushgan kelin o‘zi bilan o‘z tug‘ilib o‘sgan uyining muhitini, odat-ko‘nikmalarini ham olib keladi. Shunga ko‘ra ayrim hollarda kelin bilan qaynonaning oilaviy muhitlari mos kelmay qoladi [41].
0‘zbekistonda oila psixologiyasi bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratgan olima V.M.Karimova tadqiqotlarida o‘zbek oilasi haqidagi ijtimoiy tasavvurlaming turli guruh vakillarida namoyon bo‘lishi empirik jihatdan tadqiq etilgan va oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlaming nazariy kontsepsiyasi 0‘zbekiston sharoitida ilk marotaba ishlab chiqilgan. Nazariy model asosida esa turli yosh va jins guruhlaridagi shaxslar ijtimoiy tasavvurlarining o‘ziga xosligi, ulaming yashash, turmush tarzi, ma’lumot darajasiga, kasb-kor va hayotiy tajribaga bog‘liqligi empirik tarzda isbotlangan. Muallif o‘zbek ayollari va erkaklarining oiladagi mavqeyi, er-xotin munosabatlari, bolalar tarbiyasi va oiladagi rollar taqsimotiga ta’siri, yoshlarda to‘g‘ri, adekvat oilaviy ijtimoiy tasavvurlaming shakllanish shart-sharoitlari va sotsial psixologik omillarini yoritgan [18].
X.K.Karimovning “0‘zbek oilalarida er-xotin nizolarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli tadqiqotida esa o‘zbek
Kuraklami kuchli bir-biriga keltirganda, umurtqa pog'onasining atrofidagi to'qimalardan qon "e/i 1 i b chiqadi". Ammo bo'shashtirganda esa, ushbu to'qimalarga kuchli qon quyilishi sodir bo'ladi. Shu yo'sinda. biz mustaqil holda orqa mushaklaming o'ziga xos massajini amalga oshiramiz. Ikkinchi urinishdayoq kuraklar orasida issiqlikni his etish mumkin bo'ladi.
4 - mashq. Umurtqani aylanishi.
To'g'ri turing. Oyoqlar yelka kengligida, qo'llar tushirilgan. Ko'krak darajasida sekin asta chap qo'lingizni kafti pastga qaratilgan holda, oldinga ko'taring. Nafas chiqarishni davom etgan holda, asta sekin chap tomonga kaftni tepaga qaratib va qo'l orqaga tiralgan holda qaytarib, qayriling (8, b, v - rasm). Shunday holatda nafasingizni ozgina ushlab turing. Orqa mushaklami bo'shashtiring. bunda qo'lingizni yana ham orqaga cho'zishingiz va yanada chapga qayrilishingiz imkoniyati tug'iladi. Ushbu pozitsiyaning muhim sharti: tanani aylanishini ta'miniovchi umurtqa pog'onasining vertikal holatini saqlash, bunda toz suyagi o'z holatida oldinga chiqqan hamda bo'sh holatga keltirilgan o'ng qo'l.
Mashq so'ngida har doimgi holatga asta sekin, kaftni pastga qaratib va qo'lni oldinga va orqaga yurgizgan holda chiqing. Har doimgi holatda tanani va qo'llaringizni (ulami silkitish mumkin) bo'shashtiring va nafas olishni me'yorlashtiring.
bo'lishi kerak. Bunday holatda tirsaklar oldinga, tepaga va pastga yo'naltirilgan bo'ladi.
Umurtqa pog'onasini hamda orqa mushaklami cho'/ishning у ana bir samarali erishish yo'li. agar nafaqat bel va orqa, balki krestets ham cho'/dirilishi hisoblanadi. Bunda nafaqat yelka qismlami, balki oyoqlami ham bir-biriga jipslashtirish kerak bo'ladi. Asosiy talablar oldingi mashqdagidek: tirsak va toz suyagi oldinga, bel va orqa qism tortilgan kamon kabi - orqaga.
3 - mashq. Orqa mushaklami siqish (taranglashtirish)
Mashq quyidagi yo'sinda bajariladi. Orqada qo'l barmoqlarini bir-biriga birlashtirish kerak bo'ladi. So'ng 2-3 soniyaga kuraklami kuchli bir-biriga keltirishingiz kerak bo'ladi. Undan so'ng yelkalaringiz, orqa qismlami bo'shashtiring, qo'llaringizni silkiting. Bunday harakatlami 2-4 marotaba bajaring. Ulaming samarasi quyidagilarda belgilanadi.
oilalarida er-xotin o‘rtasidagi nizolaming ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, er-xotin nizolari qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi kabi masalalar ochib berilgan. Muallif kelinlaming uy-ro‘zg‘or ishlarini bajarishga tayyor emasliklari, ba’zi qaynonalar kelinlarini bu sohadagi bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlariniki bilan taqqoslashlari, ba’zan yosh kelinga ma’lum narsalami o‘rgatish o‘miga ulami qattiq tanqid ostiga olishlari, kelinni o‘zga sabablarga ko‘ra yoqtirmay qolgan bo‘lsa-da, uy-ro‘zg‘or ishlarini doimo bahona qilishlari nafaqat qaynona-kelin munosabatlari, balki er-xotin munosabatlarining ham darz ketishiga olib kelishini alohida ta’kidlaydi [17].
M.S.Salayeva ilmiy ishlarida o‘zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o‘zaro munosabatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, ota-onalaming ota-onalik roliga nisbatan ustanovkasi va munosabatlarining ijtimoiy-psixologik, hududiy, jinsiy xususiyatlarini tavsiflovchi holatlar tadqiq etilgan [31].
M.X.Fayziyeva oila barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, individual-tipologik, shaxslararo o‘zaro munosabatlar xususiyatlarini tahlil qilib, oilaviy kelishmovchiliklar sabablarini ko‘rsatib o‘tadi [40].
M.M.Mamatov turli millat vakillari oilalarining etnopsixologik xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tar ekan, o‘zbek va qozoq xalqlarining o‘ziga xos oilaviy urf-odat, an’analari, marosimlari o‘rtasidagi tafovutlami misollar bilan bay on qilgan [25]. Masalan, qozoq xalqlaridagi “qiz olib qochish” udumining paydo bo‘lishi xususida muallif shunday deydi: “Qiz olib qochish” udumi guruhiy nikohning barham topishi va ekzogam nikohga o‘tish davrida vujudga kelgan, deb hisoblanadi. Guruhiy nikohda urug‘dagi barcha ayollar shu guruhdagi barcha erkaklarga tegishli bo‘lgan. Boshqa guruhdan begona erkakning aralashishi qattiq ta’qiqlangan va jazolangan.
Ekzogam nikohga o‘tish bilan urug‘dagi ayollarga boshqa guruhdagi erkaklar egalik qila boshlaydi. Ayol mansub bo‘lgan guruhdagi erkaklar bu huquqdan mahrum bo‘lyapti. Albatta, bunday psixologik holat - stereotipning buzilishi esa osonlik bilan bo‘lmaydi. Agar bu stereotip bir necha asrlar davomida shakllangan va amal qilib kelingan bo‘lsa, uning buzilishi uchun ham ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun ayol mansub bo‘lgan urug‘ erkaklari quda tomon bilan kelishilgan holda ularga qizni olib qochish uchun imkoniyat berishgan. Ma’lum vaqtdan keyin “sezib qolishgach”, o‘z huquqlarini himoya qilish uchun “raqiblarini” quvishga, shu yo‘l bilan o‘z huquqlarini himoya qilish amallarini qilishgan. Keyinchalik bu holat urf-odat tusini olgan” [25].
N.Salayeva tadqiqotlarida Xorazm oilalarida shaxslararo munosabatlaming o‘ziga xos hududiy psixologik mexanizmlari saqlanib qolinganligi, qaynona-kelin, qaynota-kuyov, qaynona-kuyov, kelin va yangi qarindoshlar munosabatidagi masofa (distantsiya)da shaxsning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari mavjudligini e’tirof etilgan holda, Xorazm oilalarida nikoh oldi omillarining etnopsixologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, qarindoshlar orasidagi nikoh qurish holatlari, qalinning ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik talqini, qaynona-kelin munosabatlarining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari yoritib berilgan [36].
M.A.Utepbergenovning “Qoraqalpoq oilasining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari” nomli tadqiqotida qoraqalpoq oilasining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari o‘rganilgan [39]. Shuningdek, qoraqalpoq oilasi nikoh oldi omillarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinib, tanishish madaniyatining past saviyadaligi, urf-odat ma’nosida “qizning roziligisiz olib qochish”, yoshlaming nikohgacha bo‘lgan xulq-atvorining chegaralanmaganligi, umr yo‘ldosh tanlashda ota-ona ta’sirining ozligi kabi masalalar tadqiq etilgan [39].
R.X.Dushanov tadqiqotlarida qirg‘iz oilalarining ijtimoiy, etnopsixologik xususiyatlari, nikoh oldi omillari, nikohdan qoniqish, er-xotin o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos tomonlari batafsil yoritilgan [48].
T.B.Norimbetovning “0‘zbekistonda yashovchi qozoq oilalarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” dissertatsion
tomoni bilan oldinga cho'/ing. Bunda toz suyagi oldinga, bel esa orqaga harakatlanishi kerak. Belingizni kamon kabi egiltirishga harakat qiling. Qo'llar esatortilgan o'qni eslatishi kerak.
Endi kaftlar teskari qayrilgan qo'llaringizni sekin tushiring va xuddi shunday sekin-astalik bilan tepaga ko'taring. Bunda bel mushaklar holatini his etib turishga harakat qiling. Mashqni to'g'ri bajarilishida qo'lni oldinga, keyin bo'yin va orqa qismda, ulami pastga yo'naltirganda belni o'rta qismidagi oldingi mushaklarda kuchli taranglashishni his etish mumkin bo'ladi.
2 - mashq. Umurtqa pog 'onasini cho 'zish hamda orqa mushaklami cho 'zdirish.
Umurtqa pog'onasini cho'zish yana ham samaraliroq bo'ladi, agar 1-mashqni qo'lni yelka qismlarini o'zaro tutashtirish orqali bajarilsa. Bunda tizzalaringiz biroz bukilgan holatda, biqin oldinga chiqqan, bel va orqa qism esa kamon singari orqaga bo'rtib chiqqan
Maxfiylik (oshkor etmaslik). Treningda aytilgan gaplar, bo‘lgan voqealaming hammasi guruh ichida qoladi va uning tashqarisiga olib chiqilmaydi.
Reglamentga rioya etish
Kechikmaslik
“0‘ng qo‘l” qoidasi
“Guruhda faol ishtirok etish” qoidasi.
“Tanqid emas taklif” qoidasi.
“Siz’lab yoki ismi bilan murojaat etish” qoidasi.
Telefonni befoyda ishlatmaslik qoidasi.
TRENING №2 Asosiy qism Emotsional yukni, zoTiqishni olish bo‘yicha jismoniy mashqlar
Mushaklami zo‘riqish holati o‘z-o‘zi bilan odatda asoratlami keltirib chiqarmaydi. Mushaklami bo‘shashtirmasdan, uzoq muddat zo‘riqishda ushlash oqibatida butun organizmning yoki alohida funksiyalarining o‘ta faollashuvi yoki tormozlashuvi holatlari, odatda organizmda salbiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.
Davomiy emotsional kechinmalar (stress, bezovtalanish, qo‘rquv, g‘azablanish, yomon kayfiyat) belning tepa qismidagi mushaklami zo‘riqishiga olib keladi.Ushbu mushaklami davomiy zo‘riqishini oldini olishda ma’lum bir jismoniy mashqlar yordam berishi mumkin. Quyida keltirilgan mashqlami bajarishning umumiy sharti - ulami bajarishda og‘riqni his etmasligingiz muhimdir. Agar biror-bir og‘riq bezovta qilsa, harakatlami amalga oshirishda zo‘riqishni kamaytirishingizga to‘g‘ri keladi.
mashq. IJmurtqa pog'onasini cho ‘zdirish hamda be I mushaklarini
kengaytirish
To‘g‘ri turing, oyoqlaringiz yelka kengligida. Tizzada oyoqlaringizni biroz buking. Barmoqlaringizni bir-biriga birlashtiring va qo‘llaringizni iloji boricha uzoqroqqa, qo‘l panjalarining ichki
tadqiqotida 0‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi qozoq oilalarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari o‘rganilgan. Jumladan, madaniyatlararo xususiyatlar va etnik streotiplaming oilaviy munosabatlarga ta’siri, nikoh oldi omillari, tanishuv joyi, shakli, yoshi va turmush qurish motivlari, muloqot, rollar taqsimoti, nikohdan qoniqqanlik, nizolar va ajralishlar sabablari va oqibatlari tahlil qilingan [30].
R.S.Samarovning “Tojik oilasida er-xotin nizolarining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasida tojik oilalaridagi nizolaming ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari, sabablari, shakllari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotchi tojik oilasiga xos bo‘lgan etnopsixologik xususiyatlardan biri qaynota bilan nizo qilmaslik ekanligini e’tirof etadi. Tojik oilalarida kelin bilan qaynota yoki kuyov bilan qaynota orasida nizolar deyarli kuzatilmaydi. Nizolaming aksariyat foizi er-xotin o‘rtasida, ma’lum qismi qaynona-kelin munosabati da kuzatiladi. Qaynota tojik oilasida deyarli nizo ishtirokchisi bo‘lmaydi. Ammo, qaynotaning nizoni yuzaga kelishida bo‘lgan ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Demak, qaynota yoshlar orasida nizoning kelib chiqishida ko‘rsatma, maslahat beruvchi yoki nizoning bartaraf etishda oilaviy munosabatlarga talofat yetkazmasdan nikohni saqlab qolish yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi shaxs rolini bajaradi [37].
Tojik oilalarida nikohdan qoniqqanlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari Sh.Sh.Jo‘raeva tadqiqotlarida ham talqin etilgan. Muallif tojik oilalari barqarorligi va mustahkamligini ta’minlab beruvchi bir qator ijtimoiy-psixologik, etnopsixologik va individual- psixologik omillami ko‘rsatib o‘tgan [16].
Yuqorida keltirilgan ilmiy adabiyotlar tahlilidan kelib chiqqan holda ta’kidlash joizki, oila-nikoh masalalari, shaxslararo munosabatlar va ta’lim-tarbiya, oilada taqsimlangan rollar, oila a’zolarining statusi, shuningdek, nizo motivlarini tadqiq etish mamlakatimiz va chet el olimlarining diqqat markazida turgan muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi. Oila mavzusiga bag‘ishlangan tadqiqotlar nafaqat o‘zbek oilasi, balki mamlakatimiz hududida yashovchi boshqa millat vakillari oilalarining ijtimoiy-etnopsixologik xususiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlaming ortib borayotganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, barcha davrlarda olimlar oilaning jamiyatdagi o‘miga katta ahamiyat berganlar. Chunki jamiyatning eng katta boyligi oiladir. Oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va farovonlik hukm suradi.
Oiladagi ijtimoiy-psixologik moslashuv
Psixologiyada adaptatsiya lotincha “adaptatio” ya’ni “moslashuv” degan ma’noni anglatib, moslashuv jarayoni tirik organizm uchun zarur bo‘lgan muhim sifatlardan biri hisoblanadi. Chunki aynan shu uzoq evolyutsion jarayon natijasida yuzaga kelgan adaptatsiya (moslashuv) mexanizmi, atrof-muhit sharoitlarining doimiy o‘zgarishiga organizmning moslashish imkoniyatini ta’minlaydi. Individning moslashish xulq-atvorini uning muhit bilan o‘zaro ta’sirida o‘rganish muammosi umumiy psixologik ishlanmalar doirasida anchagina tadqiqotlar sohasini egallaydi. Bunda ijtimoiy adaptatsiyaga alohida urg‘u berilib, u insonning ma’lum bioijtimoiy funksiyalami bajarish imkoniyatini aks ettiruvchi holatining integrativ ko‘rsatkichi sifatida ta’riflanadi, ya’ni o‘z organizm va atrof-borliqni adekvat idrok qilish, atrofdagilar bilan munosabatlar va muloqotning adekvat tizimi, mehnat qilish, ta’lim olish, bo‘sh vaqt va dam olishni tashkil etish qobiliyatlari, o‘z-o‘ziga va oila a’zolariga xizmat ko‘rsata olish, o‘zgalaming rolli kutilmalariga mos ravishda xulq-atvoming o‘zgaruvchanligi [32].
Moslashuv jarayonining 3 shakli shartli ravishda tafovutlanadi: biologik, psixologik va ijtimoiy.
Dostları ilə paylaş: |