TAVSIYALAR Qizlar tarbiyasida shaxslararo munosabatlarga kirisha olish, yangi sharoit, ijtimoiy rollar va majburiyatlarga moslasha olish, o‘zini o‘zi nazorat qila bilish malakalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Qizlar tasavvurida yangi oila xususida ijobiy xislatlami shakllantirish, milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar mavzusida turli xil davra suhbatlari, sharoitga qarab xulq-atvor shakllarini o‘zgartira olish malakalarini rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy- psixologik treninglar tashkil etish maqsadga muvofiq.
Mahalla va xotin-qizlar qo‘mitalari, psixologik maslahat markazlari qoshida yosh kelin-kuyovlarga psixologik xizmat ko‘rsatish, ular bilan oilaviy munosabatlar madaniyatini shakllantirish, oilaga moslashish jarayoniga ta’sir etuvchi to‘siqlami yengish koping- strategiyasini ishlab chiqishda ko‘maklashish borasidagi tadbirlami amalga oshirish, zarur hollarda turli sohadagi malakali mutaxassislami bu jarayonga jalb etish yosh oilalar barqarorligi va mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi.
FHDYO qoshida yosh kelin-kuyovlar bilan ishlovchi mutaxassislar yoshlar o‘rtasida oila barqarorligini ta’minlashda nikohga, oilaviy hayotga ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning o‘mi haqida targ‘ibot ishlarini olib borishlari, ulaming nikohga ma’naviy tayyorgarlik va o‘zaro moslik darajalarini ishonchli metodikalar yordamida tashxis qilib, bo‘lajak oilaga tahdid solishi mumkin bo‘lgan psixologik omillami bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlami amalga oshirishlari zarur.
«Siz oila qurishga tayyormisiz?», «Yoshlami oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik, xuquqiy va ma’naviy asoslari» mavzularida yoshlar o‘rtasida bahs-munozara va tadbirlami tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bular oila huquqiy savodxonligini oshirishga hamda uning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga sharoit
so‘z boradi va mazkur asarda ayollar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishlari lozimligi ta’kidlanadi:
“1. Bilimli bo‘lsin.
U dinga ishonishi kerak.
Uyatchan, sharm-hayoli bo‘lsin.
Tabiatan jasur bo‘lsin.
0‘z erini qattiq sevsin.
Tug‘ish va bola tarbiyasi haqida o‘ylasin.
Ezma bo‘lmasin.
0‘z eriga bo‘ysunsin.
To‘g‘ri, kamtar va farosatli bo‘lsin.
U hech qachon o‘z sha’niga dog‘ tushirmasin.
Eri bilan ehtiyotkor bo‘lib, uning hurmatini joyiga qo‘yib, xushmuomala bo‘lishi shart.
U o‘z vazifasini va burchini yaxshi bilsin.
Xotin oila xo‘jaligidagi narsalardan to‘g‘ri, tejab foydalanishni bilsin.
U o‘z tabiati va yaxshi tomonlari bilan eridagi kamchiliklami yo‘qotsin” [33].
Ibn Sino ayollarga ana shunday murakkab va hayotiy vazifalami yuklaydi. Bu o‘z navbatida, oilani mustahkamlashga turtki bo‘ladi.
Yusuf Xos Hojibning mashhur “Qutadg‘u bilig” asarida ham er yoki xotin tanlashda uning qaysi sifat va fazilatlariga e’tibor berish zarurligi, inson shaxsiga xos sifat va fazilatlaming oilaviy hayotni
boshqarishdagi roli, o‘mi va ahamiyati, er-xotin o‘zaro
munosabatlarining me’yorlari, farovon turmush kechirishning muhim shartlari haqida qimmatli fikrlar keltiriladi. Asarda muallif kelin tanlash masalasi bo‘yicha quyidagicha maslahat beradi:
“Sen xotin olsang, o‘zingdan quyisini ol, zoti oliysiga boqma, sen qul bo‘lib qolasan. Asli, urug‘i hamda zoti yaxshi bo‘lsin, uyatli, andishali, pokizasini istagin. Yuzi chiroyini istama, xulqi yaxshisini ista, fe’l-atvori yaxshi bo‘lsa, sening yuzingni yoritadi. Fe’l-u atvori yaxshi bo‘lsa, u to‘kis bo‘ladi. Fe’l-u atvori to‘g‘ri bo‘lsa, juda munosib bo‘ladi, xotin chiroyi xulqdir, buni bilgan biladi. Agar yaxshi andishali ayol topishga muyassar bo‘lsang, boy berma (darhol olgin) ey ezgu kishi andishali, pokiza bo‘lsa, unday kishi asl bo‘ladi. Sen xotinning andishali-aqllisini ista, ey dono, andishali aqlli xotin topilsa - farosat, andisha, boylik, chiroy, nasl-nasab jam bo‘ladi” [48].
Buyuk sarkarda Amir Temur ham oila qurish masalalariga davlat yumushlaridek juda jiddiy e’tibor bergan. Sohibqiron, xususan, kelin tanlash haqida quyidagi fikrlami bildirgan: “0‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘liq-salomatligini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo‘lmish nasl-nasabi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushirdim” .
Buyuk alloma Alisher Navoiy (1441-1501)ning er-xotin munosabatlari, burchlari, ayollar fazilati, ulaming oilada tutgan o‘mi haqidagi qarashlari beqiyosdir. “Mahbub-ul-qulub” asarining: “Uylanish va xotinlar to‘g‘risidagi” faslida mutafakkir uylanish va uning foydasi, oila odobi va oilada ayollaming fazilatlari haqida ajoyib fikrlami bay on etgan. Navoiy ayolning turmushdagi hissasiga quyidagicha to‘xtaladi: “Yaxshi xotin - oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Husnli bo‘lsa - ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala bo‘lsa - jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, asbob- anjomlar pokiza va saranjom turadi” [5].
Shu bilan birga Alisher Navoiy nazdida yomon xotin - boshga bitgan balo:
“Nosoz juft evga muhliq marazdur oshkor va nuhuft.
Salita bo‘lsa, ko‘ngil andin ranja va qabiha bo‘lsa, ruhga andin shikanjo.
Yamon tillik bo‘lsa, abushqa ko‘ngli andin yarog‘lig‘,
Yamon ishlik bo‘lsa, uydin obodlig‘ bartaraf,
Shuningdek, oilaviy hayotning boshlang‘ich bosqichida o‘zaro moslashish, yangi qarindoshlar bilan munosabatlardagi qiyinchiliklar, ijtimoiy-rolli kutilmalarga javoban xulq-atvor strategiyalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mutaxassislar tomonidan e’tirof etiladi.
Har qanday oilaviy tizim o‘z tuzilmasi, funktsiyalari, rivojlanishiga ko‘ra ma’lum xususiyatlarga egadir. Muvozanatlashgan oilaviy tizim undagi tizimostiga kiruvchi barcha a’zolar ehtiyojlarini qondirishni ta’minlashga qodir bo‘ladi. Bundan tashqari oila supertizimning turli elementlari, ya’ni uning uchun ahamiyatli bo‘lgan sotsium vakillari bilan o‘zaro ta’sirga kirisha olishi zarur. Har bir inson turmush qurar ekan, oila tizimiga oilaviy munosabatlami qanday qurish haqidagi o‘z tasawurlari va kutilmalariga ega bo‘lgan holda kirib keladi. Nikoh inson hayotidagi tub burilish voqeligi sifatida shaxs rivojlanish vaziyatini o‘zgartirib yuboradi va rollar almashinuvi, o‘zaro ta’sirga kirishuvchi atrofdagi odamlar doirasining va umuman insondagi “Men” obrazining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Mazkur vaziyat har qanday insondan yangi tizim normalari va qadriyatlariga moslashuvni talab etadi.
Bir qator mutaxassislar fikricha, psixologik moslashuv sotsiumdagi normalar va qadriyatlami o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. U o‘zaro ta’sirda, jumladan atrofdagi odamlar bilan muomalada va aktiv faoliyatda namoyon bo‘ladi. Oilaga moslashuv ham o‘z ichiga yuqoridagi komponentlami qamrab oladi va oilaviy hayot bilan tanishuv, unga asta-sekinlik bilan kirib borish jarayoni sifatida boshlanadi. Yangi tuzilgan oilada bir qator moddiy, psixologik, ijtimoiy-psixologik xarakterdagi qiyinchiliklar va muammolami yengishga to‘g‘ri keladi. Oila-nikoh moslashuv jarayoni qanchalik samaraliligiga qarab, yosh oilaning barqaror yoki beqarorligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Moslashuv samaradorligi esa bir qancha omillar - ijtimoiy muhit sharoitlari va talablari, insonning muloqotmandlik, hamkorlik, kooperatsiya, hamdard va hamnafas bo‘la olish qobiliyatiga, o‘z hissiyotlari va emotsiyalarini nazorat qila olishi hamda er-xotinlaming kundalik stresslami yenga olish malakasiga bog‘liq bo‘ladi.
XULOSA
Ma’naviy barkamol, jismoniy sog‘lom farzandlami voyaga yetkazishda oilada amalga oshiriladigan axloq, odob tarbiyasining o‘mi benihoya katta. Xalqimizning axloq va odob tarbiyasi borasidagi an’analari, qadriyatlari asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelgan. Islomga qadar yuzaga kelgan axloqiy qadriyatlar, islomiy an’analar, buyuk mutafakkirlaming hikmatli so‘zlari, xalq og‘zaki ijodida ifodalangan marosimlar, urf-odatlar, muomala va yurish-turish qoidalari oiladagi axloq, odob tarbiyasiga asos bo‘lgan.
Yuqorida qayd etilgan Sharq va G‘arb olimlarining oila hamda oilaviy munosabatlar xususidagi, shuningdek, mamlakatimiz va xorij olimlarining oila psixologiyasiga doir tadqiqotlarini tadqiq etish jarayonida quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin.
Oila jamiyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Oilaning shakllanishi va rivojlanishi jamiyat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq ravishda amalga oshgan. Jamiyat hayotida bo‘lib turadigan o‘zgarishlar, kishilaming turmush tarzi, yashash va mehnat qilish sharoitlari, milliy axloq normalari, psixologiyasi, diniy e’tiqodlari ham oilaviy munosabatlaming axloqiy, huquqiy, ijtimoiy mezonlariga ta’sir ko‘rsatgan.
Oila muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlami o‘rganar ekanmiz, unda oilaviy munosabatlaming huquqiy, axloqiy asoslari, ota- onalaming jamiyat va farzandlari oldidagi burchi masalasi doim olimlaming diqqat markazida bo‘lgan. Shuningdek, yoshlar oilaning buyuk ma’naviyat, qadriyat, burch va mas’uliyat ekanini anglab yetmoqlari zarurligi, yigit va qizlar mustahkam oilani shakllantirish borasidagi milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz haqida yoshligidan to‘la va to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishlari lozimligini ta’kidlaganlar. Shunki oiladagi hayot, ota-onaning bir-biriga munosabati ham ana shunday tushuncha va tasavvurlar shakllanishining asosiy shartlaridandir.
Badkora bo‘lsa, uy andin bayt ut-talaf” [5].
Ya’ni, nomuvofiq xotin uchrasa, o‘z uyingda halokatli illat paydo bo‘ladi. U beandisha, shallaqi bo‘lsa, undan dil og‘riydi, azob chekadi. Tili zahar xotin er qalbini yaralaydi, yuzini qaro qiladi. Agar buning ustiga may ichuvchi bo‘lsa, ro‘zg‘ordan baraka ko‘tarilib, oila barbod bo‘ladi. Shu bois mutafakkirimiz o‘z qarashlarida oilada tinchlik xukm surishini bevosita ayollarga ham bog‘liqligiga e’tibor qaratadi.
Qozoq oqini (shoir) Shal (Tileuke) Kulkeo‘g‘li (1748-1819) she’rlaridagi pedagogik va psixologik qarashlar ijtimoiy asosda qurilgan bo‘lib, yigitning boshidagi bog‘i oiladan boshlanishini uqtiradi. U “Uchrasa er yigitga yaxshi xotin, yaxshi xotin chiqaradi er nomini. Agar xotini yomon bo‘lsa, unda er nomini yomon otga qoldiradi” deb, yigitning yori yaxshi bo‘lsa - boshiga qo‘ngan davlati, yomon bo‘lsa - eming sho‘ri ekanligini ta’kidlab, yor tanlash masalasiga katta e’tibor qaratadi. Shunga ko‘ra, shoir o‘zining “Ayollar to‘g‘risida” nomli she’rida, “yomon xotin eri bilan urishadi, mehmon kelsa qobog‘i tirishadi, bu uydan choy ichganning foydasi yo‘q deb, mehmon u uyni tark etadi”, - deydi [15].
Jumladan, XIX asming ikkinchi yarmida yashab ijod etgan Sharq mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o‘zining “Navodir ul- vaqoe’” (Nodir voqealar) nomli asarida “Nikoh odoblari bayoni, uylanish shartlari, qaynona va kelinning xusumati” haqida batafsil bay on qilgan [9]. Mutafakkirning fikricha, inson muayyan yoshga yetgandan keyin unda oila qurishga, uylanishga zarurat paydo bo‘ladi. Albatta, bu davrda inson oila, oilaviy baxt, er-xotinlik, farzandlik, ota- onalik burchlari haqida tushunib yetgan bo‘ladi. Darhaqiqat, donishmand ayolni sevmoq, hurmat qilmoq har bir erkak (er)ning vazifasi ekanligini aytib o‘tadi. Oilaviy baxt insonlaming orzu- istaklari, maqsadlariga yetishib yashashdir. Ahmad Donish fikricha, oilaviy baxt ko‘proq xotinlarga bog‘liq, chunki, erkak uchun soliha xotindan ortiqroq hech bir ne’mat yo‘qdir, oiladagi inoqlik, totuvlik,
saranjomlik ular qo‘lidadir degan fikrlami hamda uylanish masalasida oila qurish motivlarini kengroq yoritib beradi [9].
Shoir va ma’rifatparvar Abay Qo‘nanbayev (1845-1904) o‘z asarlarida, o‘git-nasihatlarida ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Allomaning nasihatlaridagi tarbiyaviy ahamiyat nihoyatda diqqatga sazovordir. Olim o‘z she’rlarida qozoq xalqining o‘ziga xos xususiyatlarini, urf-odat va an’analarini batafsil bay on etadi. Masalan, “Kuyov chaqir, qizni uzat, to‘yni boshla. Qizni tanishtir - xalq xursandchiligingni baham ko‘rsin, yor-yor bilan betochar bor, o‘lansiz shular qiziq bo‘lmaydi-da”, - deydi [1]. Abay yuqoridagi misrada qozoq xalqining o‘ziga xos - qizni tanishtirish, uzatish, yor-yor, betochar kabi urf-odatlarining mavjudligini tasvirlagan. Shuningdek, Abay qozoq qizlarining o‘ziga xos xususiyatlarini, xarakter sifatlarini “Qalamqosh”, “Qiz so‘zi”, “Ko‘zimning qorasi” va boshqa she’rlarida ham batafsil yoritgan.
XIX asming ikkinchi yarmi XX asming boshida yashab ijod etgan tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddinning “Oila” asarida odob- axloq, oila va nikoh, oiladagi o‘zaro munosabatlar, ota-onaning vazifalari, farzandlar burchi, bola tarbiyasidagi xotinning roli, xotinlaming umumiy vazifasi, uylantirishda ota-onaning vazifalari xususida g‘oyatda ibratli maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar berilgan [34]. Mazkur asarda uylanish va xotinlar vazifasi bo‘yicha quyidagilami ta’kidlaydi: “ ...uylanish masalasini islom shariati buyuk narsalardan deb bilib, oila tuzishni mamlakat tashkil qilish qadar kerakli hisoblab, bu borada bir qancha nizomlar ham chiqqanligi ma’lum. Oila uchun chiqqan nizomlami, bir kunmas bir kun kelib, vaqti yetganda amal etuvchilar o‘z oilalarini ko‘rkam ravishda tuzar va nihoyat, ushbu kichkina mamlakatni idora qila olurlar. Shu sababdan, ko‘pmi-ozmi surajak umrlarini rohat bilan kechirishar va umrlaridan qolgan sanoqli soatlari barokatli bo‘lur” [34].
“... Agarda oila kemaga o‘xshatilsa, xotun kemaning quyrug‘i (ruli) hukmida bo‘lur. Daryoda katta quvvatga ega bo‘lgan kema quyruq harakatiga ergashib yurgani kabi, mamlakat misolida bo‘lgan
Katta qog‘ozda o‘z tanangiz konturini chizishga harakat qiling va o‘z jismoniy holatingizdan kelib chiqqan holda akvarel bilan uni bo‘yashga harakat qiling. Bu ranglar siz uchun qanday ahamiyatga egaligi haqida o‘ylab ko‘ring, qayerda ular ko‘proq va qaerda kamroq uchragan. Bu sizning eng dam oldiruvchi, relaksatsion avtoportretingiz bo‘ldi.
Ushbu mashqlardan so‘ng boshni aylantirish mashqlarini iloji boricha kengroq qilib aylantirishga harakat qiling.
TRENING №4 Art-terapevtik mashqlar
Emotsional zo‘riqishdan xalos etuvchi art-terapevtik mashq