bosqich. Bola oiladan tashqaridagi ijtimoiy institutlar - maktabgacha ta’lim muassasalari, ayniqsa, uzluksiz ta’limning boshlang‘ich o‘chog‘i hisoblangan maktabga bora boshlaydi. Maktab shunday maskanki, u yerda har bir bolaning qay darajada va qanday ijtimoiylashgani sinovdan o‘tadi. Chunki u endi nafaqat o‘zi tengqur bolalar bilan, balki kattalar, begonalar, ko‘chadagi turli toifali insonlar bilan muomalaga kirisha boshlaydi. Bu muomala jarayonida uning qanchalik hayotga tayyorligi, oilasida qanday ahloqiy va ma’naviy o‘gitlami olganligi, kimning bolasi ekanligi, oilaviy muhiti qandayligi bilina boshlaydi. Eng muhimi - maktabga kelgach, bolaning aqliy va intellektual salohiyati, intizomi tekshiruvdan o‘tadi. Ya’ni, bolasini maktabga berar ekanlar, ota-onalar ham jamoatchilik oldida o‘ziga xos sinov va tekshiruvdan o‘tayotganday his qiladilar o‘zlarini. Yaxshi yoki yomon ota-onalik rollari maktab yillarining dastlabki oy va yillarida bilingani sababli, ko‘pgina ota-onalar ayni shu davrlarda kuchli stressni boshidan kechiradilar.
bosqich. Bola o‘smirlik davriga qadam bosganda, u ota- onasidan mustaqillikni, hadeb ta’qib qilavermaslikni da’vo qila boshlaydi. Ota-onaning farzand oldidagi obro‘si, kerakligi darajasi pastlay boshlaydi. Bu davrga kelib ota ham, ona ham o‘zining farzandiga nisbatan munosabatlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi, chunki bolada yangicha talab va istaklar, yangicha fikrlash, urf- odatlar, musiqaga havas, turli xil guruhlar bilan muloqotda bo‘lishga intilishlar paydo bo‘ladi. Bu davr ota-onaning bolasida paydo bo‘layotgan o‘zgarishlarga, yoshga oid yangiliklarga qanchalik fahm va farosat bilan, sabr-qanoat bilan turib berishlarini sinovdan o‘tkazadi. Sinovdan yaxshi o‘tgan ota-onaning bolasi keyingi bosqichga eson-omon yaxshilik bilan, ochiq ziddiyatlarsiz o‘tib oladi, aks holda o‘smirlik davrining o‘ziga xos ziddiyatlari girdobida ota-ona - bola munosabatlari jiddiy yomonlashadi, ayrim bolalar uydan ketib qolish holatlarigacha boradi.
bosqich. Bolalar katta bo‘lib, balog‘at yoshiga yetadilar, o‘qishlami tugatib, mustaqil kasb-hunar egallash bosqichiga qadam bosganda, ayrim yoshlar mustaqil oilaviy hayot qurishga ham ulguradilar. Shu davrga kelib, “Bola - ota-ona” munosabatlari deyarli tugaydi. Ayniqsa, bu holat yevropa xalqlariga mos, balog‘at yoshiga yetgach, deyarli barcha hayotiy masalalami yoshlar o‘zlaricha, o‘z bilganlaricha xal qila boshlaydilar. Ota-onalar ulaming xato qilib qo‘yishlaridan xavotir olmay qo‘yadi. Bizda, sharq xalqlarida bu holat biroz boshqacha: ota-ona farzandi kasb-hunarli bo‘lib, mustaqil professional yo‘ldan ketayotgan bo‘lsa ham, ulaming kelajagi, oilasi, moliyaviy ahvoli borasida xavotirga tushaveradi, o‘g‘il uylanishi, qizlaming turmush chiqishlarida ota-ona va ulaming ota-onalari - momolar va buvalar bosh-qosh bo‘ladilar. Turmush o‘rtog‘i tanlash masalasi ham bizda juda kam holatlarda bo‘yiga yetgan qiz yoki yigit ixtiyoriga havola etiladi. Ya’ni, ko‘chadan birdan notanish qizni “Tanishing, bu mening bo‘lg‘usi qallig‘im, turmush o‘rtog‘im” deyishlar bizda deyarli uchramaydi, shunki bunga bizning asriy urf- odatlarimiz, oilaviy tarbiya mezonlarimiz yo‘l qo‘ymaydi.
Ayrim bo‘linmagan oilalarda o‘g‘il uylangandan keyin ham, qiz farzandli bo‘lganda ham ota-onalar ulaming g‘amini yeb, hayotda qoqilmasliklari uchun harakat qilaveradi. Hattoki, mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida shunday odatlar borki, ona ko‘zi yorigan qizining oziq-ovqati, yemishi uchun to‘la o‘zini javobgar, deb hisoblaydi. Shunki bunga ikki sabab bor: birinchisi - yangi ko‘zi yorigan ayol organizmida shunday yangilanish ro‘y beradiki, uni o‘ziga keltirish uchun aynan yillar mobaynida o‘z oilasida yegan- ichganlari adaptatsiya jarayonlarini tezlashtiradi; ikkinchidan - o‘z onasining mehribonlik ko‘rsatayotganligi yosh onaning yaqinda boshidan kechirgan qiyinchiliklarini unutish, o‘zini chinakam ona
“Oilada ayollik menejmenti”1 maxsus o‘quv kursida o‘tkaziladigan psixologik treninglar DASTURI Modul №1 Kirish va tanishuv treningi Trener o‘zini tanishtirib, trening maqsadi va vazifalari bilan ishtirokchilami tanishtirib o‘tadi.
Guruhda samarali ishlash qoidalarini ishlab chiqish
Kerakli о‘auv aurollari: fliv-chart yoki markerli doska, ransli markerlar Taxminiy qoidalar: Maxflylik (oshkor etmaslik). Treningda aytilgan gaplar, bo ‘Igan voqealarning hammasi guruh ichida qoladi va uning tashqarisiga olib chiqilmaydi.
Samimiylik.
Vaqt qoidasi (biz о‘z vaqtida yetib boramiz, kechiktirmaymiz, boshlovchining buyrug ‘i bilan yakunlanadi).
“STOP” qoidasi (boshlovchining talabiga binoan to ‘xtatiladi).
“Guruhda faol ishtirok etis ” qoidasi.
“O ‘z xohishi bilan ishtirok etish ” qoidasi.
“Siz ”lab yoki ismi bilan murojat etish ” qoidasi.
“Tazyiq о‘tkazmaslik” (hech qachon urishmaslik) qoidasi. Trening maqsadini treningdan kutilayotgan natijalar bilan muvoflqlashtirish Kerakli о‘auv aurollari: fliv-chart yoki marker li doska. ransli markerlar, olma ко‘rinishidashi stikerlar vaziyatlami taxlil etish orqali o‘quvchilardan ushbu xulosa mustahkamlanadi.
2-mashq «Faqat birgalikda» mashqi Maqsad: Trening ishtirokchilami birgalikdagi faoliyatga, hamkorlikka, sherikchilik munosabatlariga o‘rgatish.
0‘yinning borishi: Bunda ishtirokchilar bir-biriga teskari qarab saflanadilar. «Наг biringiz juft-juft bo‘lib ajraling va bir-biringizga teskari qarab turing. Siz sekin-sekin sherigingizning yelkasidan yelkanigizni uzmagan holda polga o‘tira olasizmi? Endi esa xuddi avvalgidek o‘mingizdan tura olasizmi? Ikkingizga ham harakatlanish qulay bo‘lishi uchun qanchalik kuch bilan harakatlanishingiz lozimligini aniqlashtirib oling. Endi xuddi shu mashqni boshqalar bilan ham sinab ko‘ring.»
Muhokama: Kim bilan o‘tirish va qayta turish oson bo‘ldi? Ushbu mashqda eng qiyini nima bo‘ldi?
Mashqning modifikatsiyasi - «0‘zing haqingda o‘yla». Bu mashq ham juft-juft bo‘lib bajariladi. Ishtirokchilar bir-birlarining yelkalariga suyanganlarida avalo o‘zlarining va sherigining tana og‘irliklarini his etishlari zarur.
3-mashq-topshiriq Hozirgi kun o‘quvchi, talaba-yoshlar rasmini chizib bering
Nizoli, muammoli o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchi rasmini va
unga xos sifatlami sanab bering.
Ular bilan ishlash yo‘llarini ko‘rsating.
sifatida onasiday his qilishini ta’minlaydi. Ushbu psixologik holat o‘ta muhim bo‘lib, aynan o‘zbeklarda bu oila mustahkamligining omillaridan hisoblanadi. Qaynona ham ona, u ham keliniga achinadi, tug‘ruqning azoblarini unutishi uchun qo‘lidan kelganini qiladi, lekin o‘z tuqqan onasining xabar olishi, yonida bo‘lishi ko‘plab kuzatishlarda yosh onaning onalik roliga tezroq kirib ketishiga, ko‘krak suti bilan bolasini emizib katta qilishida katta rol o‘ynaydi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim hollarda ota-onaning yoshlar hayotiga aralashuvi shu qadar bevosita xarakterli bo‘ladiki, bu yoshlar bilan ota-onalar o‘rtasidagi nizolarga ham sabab bo‘ladi, qaynona va kelin, qaynota va kuyov o‘rtassida nizolar ham ana shunday aralashuvning ko‘pligidan kelib chiqadi. Ya’ni, ota-onaning farzandi balog‘at yoshiga yetib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygandagi aralashuvlari, g‘amxo‘rliklari ham ijobiy, ham salbiy oqibatlami olib kelishi mumkin.
Farzandlaming mustaqil iqtisodiy maqomga ega bo‘lishlari, o‘z oilasiga ega bo‘lishi ota va onaga boshqa yana qo‘shimcha rollami bajarishni taqozo etadi - kelin, kuyov, qaynona, qaynota va boshqalar. Bundan tashqari, yangi paydo bo‘lgan yosh oilaning qarindosh- urug‘lari o‘rtasidagi munosabatlar, masalan, quda-andachilik munosabatlari ham yosh oila va uning ota-onalari maqomlarining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, “endi qudalikmiz”, “kuyovim bor”, “buvi yoki buva bo‘ldim” kabi e’tiroflar shaxs ongida va xulqida jiddiy o‘zgarishlami keltirib chiqaradi. Ayrim ayollar ayni shu daqiqalardan boshlab, tashqi ko‘rinishidan tortib, hayot tarzida ham jiddiy o‘zgarishlami boshlaydi, masalan, tez-tez ichadigan ota bu salbiy qilig‘ini tashlaydi, shunki kelindan uyaladi; namoz o‘qimaydigan ona quda-andalar oldida uyalaman deb, namoz o‘qishga kirishadi, mahalla-ko‘yga ko‘proq aralashadigan bo‘lib qoladi.