Murakkab moddalar kimyoviy birikmalar dep ataladi. Moddalar o’zgarmas tarkibli (daltonoid) va o’zgaruvchi (bertoloid) tarkibli moddalarga bo’lingan. O’zgarmas tarkibli moddalarning formulasida indekslar aniq butun sonlar nisbatida bo’ladi(H2O, CH4), o’zgaruvchi tarkibli moddalarda esa formula indekslari aniq son nisbatida bo’lmaydi (TiO0,7÷TiO1,3, ZrN0,69÷ZrN0,89).
Allatropiya
Bitta kimyoviy elementning o‘zi ikki yoki bir necha oddiy moddalar hosil qilishi allotropiya deb, bu moddalarning har biri esa allotropikshaklo‘zgarishlar deb ataladi. Bunda oddiy modda tarkibidagi atomlar soni yoki bir-biri bilan o ‘zaro bog‘lanish xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, kislorod elementi ikkita allotropik modifikatsiya - kislorodva ozon, uglerod — olmos,grafit, karbin,fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi. Oltingugurt — rombikvaplastik,kristallvaamorfshakllarga ega oddiy moddalar hosil qiladi. Fosfor — qizil,oq,qorafosforni hosil qiladi.