Asilbek Salohiddinov



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə4/22
tarix07.01.2024
ölçüsü1,49 Mb.
#208621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1-Qism KITOB

ATOM-MOLEKULYAR TA’LIMOT


  1. Moddaning kimyoviy jixatdan bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi — atom deb ataladi. Atom kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi bo’lib, shu elementning barcha kimyoviy xossalarini o’zida mujassam qiladi. Atomlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, elektron, proton, neytron va boshqa mikrozarralardan tashkil topgan. Atomlarning muayyan massa va olchami bor. Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qiladi.

  2. Tabiatdagi moddalarning turli-tumanligi kimyoviy elementlar atomlarining o’zaro turlicha birikishi bilan izoxlanadi.

  3. Molekula - ayni modda tarkibini va kimyoviy xossalarini ifodalovchi eng kichik zarrachadir. Molekulalar jipslashib moddalarni hosil qiladi.

Moddalar o’z tarkibi jixatidan oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy moddalarning molekulalari bir xil atomlardan, murakkab moddalarning molekulalari esa har xil atomlardan tuzilgan.
Molekulalarning o’zaro jipslashishi natijasida «molekulyar tuzilishli» moddalar xosil bo’ladi. Ular katta bo’lmagan haroratlarda suyuqlanadi.

  1. Molekulalar orasida o‘zaro tortilish va itarilish kuchlari ta’sir etadi. Bu kuchlar qattiq moddalarda eng ko’p, gazlarda esa kam namoyon bo‘ladi. Molekulalar orasida oraliq masofa bo‘lib, uning o‘lchamlari moddaning agregat holatiga va temperaturaga bog‘liq.

  2. Molekula va atom uzluksiz xarakatda bo’ladi. Molekulalarning harakatlanish tezligi temperaturaga bog‘liq. Temperatura ko‘tarilishi bilan molekulalarning harakatlanish tezligi ortadi.


  3. Yüklə 1,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin