59
Yonbag`ir — bo`rtma, baland relef shakllarining (tog`lar, tepalar, do`nglar)
atrofdagi pastliklar bilan tutashgan yon qismlari. YOnbag`irlar shakliga ko`ra botiq,
tekis, qabariq bo`ladi.
Jarlik — tog`li o`lkalardagi tik yonbag`irlar, daryolar baland terrasalarining
tik kesilgan chekkalari, dengizlarning urilma to`lqinlari hosil qilgan baland
qirg`oqlari. Daryolar qalin lyoss jinslarning ostini yuvishi natijasida ham J. hosil
bo`ladi. Tektonik yoriqlar bo`ylab uzilmalar ro`y berishidan ham J. vujudga keladi.
J-larni odatda yon jarlar kesib tushgan bo`ladi.
Jilg`a — qor, muz va yomg`ir suvlaridan hosil bo`luvchi hamda buloqlardan
oqib chiquvchi oqar suvlar, kichik soylar. O`rta va Markaziy Osiyoda jilg`alar
ko`pincha yozda qurib qoladi. Eski o`zbek tilida vodiy, soylik ham jilg`a, julg`a
deb atalgan.
Zonallik—Yer jo`g`rofiy qobig`ining Yer yuzida Quyosh issiqligining
jo`g`rofiy kengliklar bo`yicha notekis taqsimlanishi va yog`in miqdorining har
xilligi natijasida tabiiy holda turli tabiatli qismlarga bo`linishi qonuniyati.
Dostları ilə paylaş: