B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


-jadval  Rejalashtirish usullarini uning bosqichlariga kiritish



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126
indikativ rejalashtirish

1-jadval 
Rejalashtirish usullarini uning bosqichlariga kiritish
Rejalashtirish bosqichlari 
Rejalashtirish usullari
Maqsadlarni 
shakllantirish
Muammolarni 
qo’yish
Muqobil 
variantlarni 
topish
Prognoz 
qilish
Baholash 
Qarorlar
ni qabul qilish 
Baholash
O’z xarajatlarini qoplash 
nuqtasini tahlil qilish 
X
 
Investistiya hisob-kitoblari
X
X
Foydalilik nazariyasi usullari
X
Xatarni tahlil qilish usuli
X
X
Foyda va xarajatlarni tahlil 
qilish
X
Ta’sirchanlikni tahlil qilish
X
X
X
X

Qarorlar qabul qilish
 
Optimallashtirish usullari 
 
 

 


Evristik usullar 
 
 

 


Imitastiya
 





Qarorlar daraxti usullari 
 
 

 


Quyidagi sharoitlarda 
qarorlar qabul qilish:
 
 
 
 
 
 
aniqlik 

 
 
 


ma’lum darajadagi xatar 
 
 
 
 


noma’lum xatar 
 
 
 
 




72 
gap ketganda esa raqobatlashuvchi, ekstremal holatlarda – qarama-qarshi 
maqsadlar nazarda tutiladi. Texnik-iqtisodiy jihat bozorning ushbu 
sharoiti, quvvatlar, sarmoyani qo’llash va hokazolar uchun maqsad 
qanchalik real tanlanganligini ko’rsatishi lozim (uning amalga oshirilish 
darajasi, talablar darajasi). Kadrlar nuqtai nazaridan maqsadlarni tahlil 
qilish ishga jalb etilgan xodimlarning malakasi va bilimi, shuningdek 
ularning qiziqtirilishi belgilangan maqsadlarga erishish uchun qanchalik 
etarli ekanligini aniqlab berishi zarur.
Shu tariqa tanlangan maqsadlar tizimi rejalashtirishning keyingi 
bosqichlari bilan uyg’unlashganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinishi kerak. 
Rejalashtirishning keyingi bosqichlari vazifalarini bajarish jarayonida 
belgilangan maqsadlarning o’zgarishi yoki mutlaqo yangi maqsadlarning 
shakllanishi ehtimoldan holi emas, shuning uchun tanlangan maqsadlar 
tizimi faqat boshlang’ich bo’lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, 
maqsadlarni shakllantirish bosqichida alohida muqobil variantlarga, 
prognozlarga, shuningdek qabul qilingan qarorlarni baholashga mos 
keluvchi alohida vazifalar paydo bo’ladi . Maqsadlarni shakllantirish 
bosqichida maqsadlarni tahlil qilishning qator usullaridan foydalanish 
mumkin, xususan: maqsadlar daraxti, indeksli, matristali usullar.
Muammolarni tashxis qilish (diagnostika) rejalashtirish jarayonining 
ikkinchi bosqichi hisoblanadi.
Muammolarni tashxis qilish – bu maqsad bilan rejalashtirishning 
qandaydir davri uchun obyektning prognoz qilinayotgan holati haqidagi 
tasavvur o’rtasidagi farqlarni aniqlash.
Ushbu bosqich maqsadlarni shakllantirish bilan bog’liq, ya’ni 
oldindan belgilangan maqsadlarsiz bironta muammo shakllantirilishi 
mumkin emas. Faqat maqsad reja topshirig’i ko’rinishida ifodalangan va 
belgilanganidan keyingina bundan keyin maqsadga erishish ta’minlanishi 
uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi lozimligini belgilab olish 
mumkin.
Ilmiy tadqiqotlarda hozirgi vaqtda hal etilmagan va shu tariqa fanni 
rivojlantirish uchun muhim turtki bo’ladigan ilmiy vazifa muammo 
hisoblanadi. Rejalashtirish munosabati bilan muammo amaldagi holat 
bilan kelgusida prognoz qilinayotgan holat yoki qidirilayotgan (maqsad 
bilan belgilangan) rejaviy holat o’rtasidagi farq sifatida belgilanadi. Agar 
rejalashtirishning qandaydir davri uchun, masalan, ushbu davr uchun 
kutilayotgan vaziyatni prognoz qilish mukin bo’lsa va u oldindan 
belgilangan maqsaddan farq qilsa, o’lchangan farq rejalashtirish chog’ida 
qo’yilgan muammoni o’zida mujassam etadi. Farqning kattaligini 


73 
“muammoli oraliq” sifatida belgilash mumkin. Agar ushbu oraliqni 
aniqlashtirishga eltuvchi qadamlar haqida to’xtaladigan bo’lsak, ular 
quyidagicha tarzda yoritilishi mumkin:
Dastlab mavjud vaziyat yoritiladi va tahlil qilinadi (vaziyatni tahlil 
qilish).
So’ngra esa istiqbol uchun, agar mazkur davrda istalgan vaziyatni 
shakllantirish yuzasidan qo’shimcha tadbirlar nazarda tutilmagan bo’lsa, 
rejalashtirishning ko’rib chiqilayotgan davrida vaziyatning qanday 
o’zgarishi yuz berishi mumkinligi aniqlanadi (vaziyatni prognoz qilish).
Yakuniy maqsad ushbu davrning prognoz qilinayotgan holati bilan 
taqqoslanadi (muammoli oraliqni aniqlash).
Prognoz qilinayotgan holatning belgilangan maqsaddan farq qilishi 
muammoli oraliq hisoblanadi va u rejani ishlab chiquvchi taklif etgan 
tadbirlar yordamida bartaraf etilishi lozim.
Bunda prognoz qilinayotgan vaziyat muammoni hal etish yuzasidan 
tadbirlarni amalga oshirish uchun zamin sifatida tushunilishi kerak. 
Muammoli oraliqlar qanchalik aniq va erta aniqlansa, ularni hal etishning 
muqobil variantlarini topish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.
Yalpi muammolarning hal etilishi rejalashtirishning alohida holati 
hisoblanadi. Ular ko’pincha muammolarni qismlarga ajratish, ularning 
tarkibiy qismlarini aniqlash maqsadida alohida muammolarni tahlil qilish, 
shuningdek ayrim muammolar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni tahlil qilish 
uchun sabab bo’ladi. Alohida muammolarning o’zaro bo’ysunishi 
muammolarning ko’rgazmali ierarxiyasini barpo etishga olib keladi, bu 
umumiy yalpi muammoni maqsadli hal etish uchun boshlang’ich nuqtaga 
aylanadi.
Muammoli oraliq sabablarni tahlil qilish usuli bilan tadqiq etilishi 
mumkin . Bunga quyidagilar kiradi: tizimli tahlil, ABC-tahlil va b.
Uchinchi bosqich muqobil variantni qidirishdan iborat. Muqobil 
variant – bu belgilangan maqsadga erishishning boshqa ehtimoliy 
usullardan farq qiluvchi usuli. Odatda, muqobil variant echimni 
shakllantiruvchi 
muayyan 
o’zgaruvchanlar 
(tadbirlar) 
kombinastiyalaridan 
tarkib 
topadi. 
O’zgaruvchanlar o’zgarganda 
muayyan muqobil variantga erishiladi, bunda shuni nazarda tutish 
lozimki, turli darajadagi muvaffaqiyatli turli muqobil variantlar maqsadga 
erishishga, bu bilan esa muammoning hal etilishiga olib keladi.
Muammoning hal etilishi bir necha muqobil variantlarni nazarda 
tutsa, ularning har biri uchun muqobil reja tuzilishi mumkin. Agar 
muammoni tizimli va to’liq hal etish maqsad qilinsa, u holda hamma vaqt 


74 
qaysi muqobil variantlar iqtisodiy, texnik, ijtimoiy, huquqiy va ekologik 
sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkinligini bilish 
lozim. Amalga oshirilishi mumkin bo’lgan barcha muqobil variantlar yo’l 
qo’yiladigan qiymatlar sohasini tashkil etadi.
Yo’l qo’yiladigan qiymatlar sohasi – bu hozirgi vaqtda rejani 
tuzuvchining ixtiyorida mavjud bo’lgan amalga oshirish uchun yaroqli 
hisoblangan ko’plab muqobil variantlar. Ushbu muqobil variantlar bir 
birini inkor etadigan darajada shakllantirilishi kerak.
Yo’l qo’yiladigan soha muqobil variantlarning yakuni yoki cheksiz 
miqdorini o’zida mujassam etishi mumkin. Biroq rejalarni tuzuvchi 
o’ziga xos yo’l qo’yiladigan sohani cheklashidan avval, u muqobil 
variantlarni aniqlash, ularni shakllantirish va tahlil qilishdek murakkab 
vazifani hal etishiga to’g’ri keladi. Yo’l qo’yiladigan sohani bir necha 
muqobil variantlar yoki bitta muqobil variant bilan muddatidan oldin va 
shoshilinch cheklash og’ir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi noto’g’ri 
qarorlarning qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. Muqobil variantning 
kelgusidagi oqibatlar qanday, ya’ni uning yordamida maqsadga 
erishishning qanday darajasiga erishish mumkinligi oqibatlarni prognoz 
qilish yo’li bilan belgilanishi lozim. Reja ishlab chiquvchisining ijodi 
ijobiy 
oqibatlarni 
keltirib 
chiqarvchi 
muqobil 
variantlarni 
shakllantirishdan iborat.
Tarkibiga ko’ra sodda va kombinastiyalangan (yalpi) muqobil 
variantlar mavjud. Sodda muqobil variantlar ierarxik va vaqtga ko’ra 
alohida muqobil variantlarga yoki tadbirlarga ajralmaydi, ular muqobil 
zanjir bo’g’inlari hisoblanamaydi, ular vaqtga ko’ra o’zgarmasdan qoladi 
va keyingi muqobil variantlar bo’yicha qabul qilinadigan qarorlarga 
bog’liq emas. Yalpi muqobil variantlar esa ierarxi yuqori yoki quyi 
turuvchi, vaqtga ko’ra esa o’tgan va keyingi alohida muqobil variantlarga 
ajratilishi mumkin yoki muqobil zanjirda bo’g’inlar bo’lgani holda 
avvalgi va keyingi muqobil variantlarga bog’liq bo’ladi. Lekin ular – 
huddi sodda muqobil variantlar singari, – odatda noaniq voqealar yoki 
sharoitlarga bog’liq bo’ladi, demak, ushbu muqobil variantlar ham turli 
sharoitlarda har xil oqibatlarga ega bo’lishi mumkin. Qarorlarni qabul 
qilish daraxti vaqtga ko’ra bir-birining ketidan keluvchi alohida muqobil 
variantlar zanjirida umumiy muqobil variantlarni aniqlashning oddiy usuli 
hisoblanadi. Alohida muqobil variantlar bunda ehtimoliy voqealar bilan 
shartlanadi.
Muqobil variantlarni qidirish deganda maqsadlarga erishish 
usullarini muntazam aniqlash, shakllantirish va tahlil qilish tushuniladi.


75 
Ushbu vazifani bajarish uchun quyidagi alohida vazifalardan tarkib 
topgan qidiruv jarayonini amalga oshirish zarur:

alohida g’oyalar (muammolarni hal etish yuzasidan ko’rsatmalar, 
yondashuvlar)ni muntazam va ko’p tomonlama qidirish;

alohida g’oyalarni mustaqil muqobil variantlarga aylantirish;

topilgan muqobil variantlarni aniq ifodalash;

muqobil variantlar tarkibini va alohida muqobil variantlarning 
o’zaro nisbatini tahlil qilish;

yo’l qo’yiladigan sohada muqobil variantlarni cheklash (ikkinchi 
darajali sharoitlar mavjud bo’lganda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan 
muqobil variantlarni chiqarib tashlash);

yo’l qo’yiladigan sohaning to’liqligini tekshirish.
Yo’l qo’yiladigan sohaning aniqlanishi muqobil variantlarni 
qidirishni nihoyasiga etkazadi. Qidirish jarayonida erishilgan natija 
hududiy qaror sifatida rejalashtirish, prognozlashtirish va qarorlar qabul 
qilishni baholashning keyingi bosqichi uchun asosni hosil qiladi. 
G’oyalarni qidirish usullari sifatida quyidagi usullar qo’llaniladi: miya 
hujumi usullari, morfologik va sinektik usullar.
Rejalashtirish jarayonining to’rtinchi bosqichi – prognozlashtirish.
Rejalashtirish uchun kelgusidagi ishlarning ahvoli haqida tasavvur 
beruvchi axborot muhim ahamiyat kasb etadi; o’z mohiyatiga ko’ra bu 
prognoz axboroti. Prognoz axborotining o’z prognoz deb, unga erishish 
jarayoni esa prognozlashtirish deb nomlanadi.
Prognozlashtirish va rejalashtirish ularni muayyan izchillikda 
bajarish qarorlarning samaradorligini ta’minlash imkonini beruvchi 
uslubiy usullar tizimi hisoblanadi. Bu shu bilan bog’liqki, tizimli birlikka 
va bosqichlarning belgilangan izchilligi: «qidiruv prognozi – normativ 
prognoz – strategik rejalashtirish – biznesni rejalashtirish – istiqboliy 
rejalashtirish – joriy rejalashtirish – tezkor rejalashtirish»ga amal qilish 
tashkiliy-ishlab chiqarish tizimining tashqi bozor muhiti, tashkiliy-ishlab 
chiqarish tizimi va uning kichik tizimlari – alohida ishlab chiqarishlar, 
bo’linmalarning holati bilan bog’liq noaniqliqlarni izchil ochib berishga 
imkon yaratadi.
Muqobil variantlarni baholash va qarorlarni qabul qilish.
Maqsadlarni 
shakllantirish, 
muammolarni 
qo’yish, 
muqobil 
variantlarni qidirish va prognozlashtirish bosqichining vazifalari 
bajarilgach reja tuzuvchisi yoki reja guruhi ular maqsadining 
samaradorligi tekshiriladigan rejalarning cheklangan sonini ishlab 


76 
chiqadi. Amalga oshirish uchun faqat bir reja taklif etilishi mumkinligi 
bois ishlab chiqilgan muqobil rejalar bo’yicha qaror qabul qilish lozim.
Qaror qabul qilish – bu ikkinchi darajali sharoitlarni hisobga olgan 
holda maqsad qo’yilganda optimal muqobil variantni tanlash.
Ishlab chiqilgan muqobil harakatlarning barcha ijobiy va salbiy 
oqibatlarini chamalab eng optimal muqobil rejani tanlash zarur.
Muqobil rejani qabul qilish to’g’risidagi qaror oqilona tanlov 
harakati hisoblanadi. Qarorlar qabul qilish mantig’i nuqtai nazaridan 
baholash – bu muqobil variantlar yordamida maqsadga erishish darajasini 
tavsiflovchi kattalik.
Baholash natijasida ko’rib chiqish uchun qabul qilingan barcha 
muqobil variantlar saflanadi, bu oqilona qaror qabul qilish imkonini 
beradi. Ayrim holatlarda, masalan, bir necha nazarda tutilayotgan 
maqsadlar ko’zlanganda muqobil variantlarni darajalar bo’yicha 
tasniflash zarur bo’lishi mumkin. Yakuniy tanlov qaysi muqobil variantga 
tushishi qaror qabul qilishning qabul qilinadigan qoidalariga bog’liq.
 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin