Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə32/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

SULFOLASH
63. n- Toluolsulfokislota

Reaktivlar. 45 ml toluol, 8 ml sulfat kislota (p=1,84), xlorid kislota (p=1,19), natriy gidroksid boʻlakchalari, kumush nitrat (1 protsentli eritma).
200 ml sigʻimli tubi yumaloq kolba “lovushka” (47- rasm) orqali qaytarma sovitgichga ulanib, unga 45 ml toluol va 8 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Lovushkaning pastki qismiga toluol toʻldirilgan. Kolbaga qaynatgich solinadi va reaksion aralashma moy hammomida 5-6 soat davomida 160oC da qizdiriladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan suv toluol bilan birga bugʻlantiriladi. Ularning bugʻi qaygarma sovitgichda kondensatlanib lovushkaga qaytib tushadi. 5 soat saynatilgandan keyin lovushkada 3,5 ml suv yigʻiladi, shundan soʻng reaksiya nihoyasiga yetdi deb hisoblash mumkin. Qaynatib boʻlingandan keyin reaksion aralashma sovitiladi va unga 2,5 ml suv qoʻshiladi. Bunda reaksiya mahsuloti kristallga tusha boshlaydi. Kolbadagi toluol quyib olinib, kristallangan modda gʻovak shisha filtrli (Shotta) voronkada filtrlanadi va shisha probka yordamida yaxshilab siqiladi. Bunda qoʻshimcha mahsulot boʻlgan o-toluol sulfokislota filtratga oʻtadi. Gidrid holidagi p-toluolsulfokislota oz miqdordagi (15- 20 ml) suvda eritiladi va unta uch hajm ortiqcha koщentrlan- gan xlorid kislota qoʻshiladi. Eritma muzli suvda sovitiladi, xosil bulgan kristallar Shotta voronkasida filtrlanadi va oz miqdordagi sovuq konsentrlangan xlorid kislota bilan yuviladi. Bunday tozalash ikki marta takrorlanadi. Shundan soʻng p- toluolsulfokislotaning monogidrati tarkibidagi xlorid kislota yoʻqolguncha (kumush nitrat bilan sinaladi) eksikatorda natriy gidroksid boʻlakchalari ustida quritiladi. p- toluolsulfokislota middori 8 g.
p- Toluolsulfokislota bir molekula suv bilan kristallogidrid hosil qiladi . Kristallar rangsiz prizma shaklida boʻlib, ularning suyuqlanish temperaturasi 104-105°C; 150°C da gidrolizga uchraydi. Suvda va spirtda oson eriydi.
Sifatryeaksiyasi. P- Toluolsulfokislotani identifikatsiyalash uchun unga toluidin bilan biriktirib, tuzi olinadi. Probirkaga 1 g p- toluolsulfokislota va oz miqdorda qaynoq suv solib eritiladi. Eritmaga 0,5 g ga toluidin qoʻshib, aralashma kristallar eriguncha qizdiriladi, kerak boʻlsa, yana ozroq suv qoʻshiladi. Soʻngra probirka muzli suvda sovitiladi, bunda moddani kristallantirish uchun probirka devoriga suyuqlanmaydigan shisha tayoqcha ishqalantiriladi. n-toluidin tuzning ajralib chiqqan kristallari kichikroq voronkada filtrlanadi va qaynoq suvda qaytadan kristallantiriladi. Suyuqlanish temperaturasi 196-197°C.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin