Benzoyetil efir. C6H5cooh c2H5-oh ⇆ C6H5cooc2H5 + H2o reaktivlar



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə33/34
tarix27.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#103489
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
100-150 бетлар лотин 10.04.23

64. Sulfanil kislota

Reaktivlar. 9,1 ml anilin, 16,5 ml sulfat kislota (p=1,84), aktivlaitirilgan kumir.
Ish moʻrili shkafda bajariladi!
100 ml sigʻimli, qaytarma sovitgich ulangan kolbaga 9,1 ml anilin solib, unga aralashtirib turgan holda asta-sekin 16,5 ml konsentrlangan sulfat kislota qoʻshiladi. Aralashma moy hammomida 180-190°C da (termometr moyga tushirilgan holda) qizdiriladi. Taxminan 3-4 soatdan soʻng namuna olinadi. Reaksion aralashmadan bir necha tomchi namuna olib, probir- kadagi sovuq suvga tomiziladi va unga oʻyuvchi natriyning suyuq eritmasi qoʻshiladi. Agar reaksiyaga kirishmay qolgan anilin suv yuziga ajralib chiqmasa, reaksiya nihoyasiga yetgan deb xisoblash mumkin. Sovitilgan reaksiyon aralashma stakandagi ozroq sovuq suv ustiga quyiladi. Sulfanil kislota kristallari filtrlab olinadi va filtrda sovuq suv bilan yuviladi. Sulfanil kislota qaynoq suvdan qayta kristallantiriladi, bunda kerak boʻlsa aktivlangan koʻmir qoʻshiladi. Hosil boʻlgan sulfanil kislotaning yaltiroq plastinkasimon kristallari Byuxner voronkasida filtrlanadi, ozroq sovuq suv bilan yuviladi va filtr qogʻozi orasida quritiladi. Havoda qurptilganda kristallizatsiya suv yoʻqoladi. Sulfanil kislotaning miqdori 10 g.
Sulfanil kislota (n-aminobenzolsulfokislota)-rangsiz kristall modda. Molekulyar massasi 173, 18; parchalanish temperaturasi 280-300°C. Suvli eritmasidan 40°C dan yuqori tempe- raturada suvsiz sulfanil kislota, 21-40°C da monogidrat, 0-21°C da esa ikki molekula suvi bor digidrat sulfanil kislota ajralib chiqadi.
Sifat reakniyasi. Sulfogruppaning gidrolitik parchalanishi. Sulfanil kislotaning suvdagi qaynoq eritmasiga bromli suv qoʻshilganda tribromanilin mayda kristallar bolida choʻkmaga tushadi.
65. Naftion kislota (natriyli tuzi)

Reaktivlar. 7,2 g naftilamin, 20 ml sulfat kislota (d-1,84), natriy gidroksid (10 protseptli) eritmasi, osh tuzi.
100 ml sigimli tubi yumaloq kolbaga 20 ml konsentrlangan sulfat kislota va 7,2 g a-naftilamin solinadi. Kolba suv xammomida 120°C da 3-4 soat davomida qizdiriladi. Reaksiyaning nihoyasiga yetganligi namuna yordamida aniqlanadi: probirkaga reaksion aralashmadan oz miqdorda solib, unga suyultirilgan oʻyuvchi natriy eritmasidan qoʻshiladi (ishqoriy muhit hosil boʻlguncha) va probirkadagi aralashma bilan birga chayqatiladi. Efirli soʻrimdan soat oynachasiga tomizib bugʻlatilganda oynachada a- naftilamin dogʻi qolmasligi kerak. Reaksion aralashma sovuq suvga quyilganda yomon eriydigan naftion kislota ajraladi. Choʻkma filtrlanadi, sulfat kislotani yoʻqotish maqsadida sovuq suv bilan yuviladi va neytral muhit hosil qilguncha oʻyuvchi natriy eritmasidan qoʻshiladi. Natriyli tuz eritmasini osh tuzi bilan toʻyintirib, maʼlum vaqtga qoldiriladi. Naftion kislotaning natriyli tuzi oq kristallar koʻrinishida ajraladi. Olingan mahsulot filtrlanadi va avval gʻovak plastinkada, soʻngra quritish shkafida 100°C da quritiladi, naftilamindan esa efir yordamida tozalanadi. Naftion kislota miqdori 10 g.Naftion kislota (natriyli tuzi) C10H8O3NSNa*4H2O - rangsiz kristall modda. Molekulyar massasi 317,23; suyuqlanish temperaturasi 130°C (kristallizatsiya suvsiz), suvda, spirtda qiyin eriydi, efirda erimaydi, ishqorlarning suvdagi eritmasida eriydi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin