2.Don turlariga ta’rif:
1.Javdar: qora bugʻdoy (Secale) — gʻalladoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, don ekini. 13 turidan 11 tasi yovvoyi boʻlib, Kichik va Oʻrta Osiyoda, Eron, Afgʻoniston, Zakavkazye, Janubiy Afrikada oʻsadi, qolgan 2 turidan biri — dalalarda begona oʻt tariqasida uchraydi (S. segetale), biri asosan Shimoliy yarim shar mamlakatlarida yetishtiriladigan madaniy yoki ekiladigan J. (S. cereale) dir. J.ning vatani Kavkaz, Kichik va Oʻrta Osiyoning togʻ oldi mintaqalari. Kuzgi va bahorgi shakllari bor, asosan kuzgisi ekiladi. Jahon boʻyicha ekin maydoni 9,9 mln.ga oʻrtacha hosildorlik 20,3 s/ga, yalpi hosili 20,1 mln. t (1999). Asosan Yevropa mamlakatlarida koʻp ekiladi (Polshada — 2,2, Rossiyada 3,5, Ukrainada 0,6 mln.ga). Oʻzbekistonda J. kam ekiladi (8 ming ga, 1999).J. ildiz tizimi popuk ildiz, baquvvat, yerga asosan 120 sm (ayrim ildizlari 2 m) gacha kirib boradi. Poyasi poxol, 5—6 boʻgʻimdan iborat, boʻyi 60 sm dan 2—2,5 m gacha. Bitta oʻsimlikda 4—8 ta poya boʻladi. Bargi barg qini va xanjarsimon uchli barg plastinkasidan iborat: toʻpguli — boshoq, gullari ikki jinsli, mevasi don, yalangʻoch, choʻzinchoq, asosan kulrang. J. chetdan changlanadigan oʻsimlik. J. dan oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida foydalaniladi. Javdar non (bugʻdoy non bilan birgalikda) eng muhim oziq-ovqat mahsulotidir. Yormasi va koʻk massasi, uni chorva mollari uchun qimmatli ozuqa; donidan aralash ozuqa, spirt va kraxmal, patoka ishlab chiqariladi, somonidan qogʻoz, sellyuloza, lignin va boshqa olinadi, shuningdek, mollarga yediriladi va toʻshama oʻrnida foydalaniladi. Kuzgi J.ning faol vegetatsiya davri (120—150 sutka) ikkiga boʻlinadi: vegetativ organlari rivojlanib boradigan kuzgi davr (40—50 sutka) va generativ organlari shakllanadigan va oʻsimlik hosil beradigan bahorgiyozgi davr (75—100 sutka). Urugʻi 1—2° issiqda unib chiqadi, maysalari sovuqqa chidamli. J. aprel ning oxiri — mayning boshlarida boshoq chiqaradi, iyun oyida pishadi. Sugʻoriladigan mintaqalarda kuzgi J.ni makkajoʻxori, gʻoʻza, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan boʻshagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda, asosan, kuzda 4—6 sm chuqurlikda ekiladi (gektariga 2—2,5 s urugʻ sarflanadi). Sugʻoriladigan yerlarda hosildorligi 20—50 s/ga, bahorikor yerlarda 10—20 s/ga boradi. Baʼzi joylarda J.ni oraliq ekin tariqasida koʻkatini mollarga berish uchun ham ekiladi.
Navlari. J.ning Vyatka, Kozon, Duragay 2, Vaxsh 116 (bahori) va boshqa ekiladi.Zararkunandalari: shved pashshasi, gessen pashshasi, kuzgi pashshalar, xasva va boshqaKasalliklari: ildiz chirish, qorakuya, qorakoʻsov va boshqa
2.Suli: boshoqsoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; gʻalla ekini. 70 turi bor. 25 ga yakin turi Yevrosiyo va Shim. Amerikada usadi. Asosan 3 turi—ekma S. (A. sativa) moʻʼtadil iqlimli mamlakatlarda va Vizantiya S.si (A. byzantina S.) — Oʻrta dengiz atrofi, AQSH jan., Argentina, Avstraliyada; kum S. (A. strigosa) — Ispaniya, Fransiya, Belgiyada ekiladi. S. kdsimiy ekinlardan hisoblanadi, Yevropada mil. av. 2ming yillikdan boshlab ekilgan. Jahon dehqonchiligida S. ekin maydoni 14,4 mln. ga ni tashkil etib, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH va Kanada, Xitoyda katta maydonlarda ekiladi, oʻrtacha don hosiddorligi 18,1 s/ga (2000). Ekma S. iddizi popuk ildiz boʻlib, yaxshi rivojlanadi, yerning haydalma qatlamida joylashadi. Poyasi tik oʻsadi. Boʻyi 50—120 sm. Bargi 3–5 mm. Gultoʻplami supurgisimon tarqoq, baʼzan bir yonli, boshoq, 2—4 gulli, baʼzan bir gulli. Mevasi — don, koʻpchilik navlarida qobiqli (qobiqsiz shakllari ham bor). S. namsevar, lekin issiqqa uncha talabchan emas. Urugʻi past harorat (4—5°)da unib chiqadi. Oʻzidan changlanadi. Harorat 16—22° boʻlganida yaxshi rivojlanadi.
Gullash davrida namlik yetarli bulishi kerak. S. uzun kun oʻsimligi. Roʻvakning tepa qismida yetilishi davri boshlanganda, pastki qismida gullash davom etadi. Oʻsuv davri 80—110 kun. Kuzda ekiladigan xili bor. S. doni tarkibida oʻrtacha 13,3% protein, 4,7% moy, 40,1% kraxmal, 13,2% kletchatka, 4,0% kul, V guruhi vitaminlari bor. S. donidan har xil yormalar va un tayyorlanadi. Doni endospermasida lipidlar koʻp, shuning uchun yuqori kaloriyali va toʻyimli hisoblanadi. S. uni bugʻdoy yoki javdar uniga qoʻshib non yopishda ishlatiladi. Eng qimmatli yem-xashak ekini hisoblanadi. Doni, somoni, toʻponi, koʻk poyasi, silosi chorvachilikda mollarga beriladi. 1 kg suli doni toʻyimliligi 1 ozuqa birligi sifatida qabul qilingan, 87 g hazm boʻladigan protein bor. S.ga azot, fosfor, kaliy oʻgʻitlarini qoʻllash yaxshi samara beradi, afotexnologiya tadbirlari arpaniksga oʻxshash. S. fevral oxiri — mart boshlarida ekiladi (Oʻzbekistonda koʻproq kuzda ekiladi). Urugʻlik sarfi 100–250 kg/ga. Hosildorligi 20—35 s/ga. Oʻzbekistonda kuzgi S.ning Doʻstlik 85 (1993), Chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida Toshkent 1, Yutuq (1981), bahorgi S.ning keng bargli Oʻzbekiston (1981) navlari chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun rayonlashtirilgan. Suli yormasidan tayyorlanilgan bo’tqalar juda foydali ekanligini bilamiz. Lekin ularning hammasi ham bir xil foydali emasligidan xabaringiz bormi? Bu haqida bizda to’liq o’qib oling!
Dostları ilə paylaş: |