Don ekinlari, donli ekinlar — don uchun ekiladigan ent muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari guruhi; Don ekinlari doni insonning asosiy oziq-ovqat mahsuloti; sanoatning koʻpgina tarmoklari uchun xom ashyo, shuningdek, chorva mollari uchun yem. Donining tarkibi va mahsuloti isteʼmol qilinishi jihatdan gʻalladoshlarga mansub gʻalla ekinlari (bugʻdoy, javdar, arpa, suli, makkajoʻxori, joʻxori va boshqalar), shu jumladan yormabop ekinlar (tariq, joʻxori va marjumak va boshqalar), dukkakdoshlarga mansub dukkakli don ekinlari (loviya, noʻxat, soya, vika va boshqalar) boʻlinadi. Don ekinlari ichida gʻalla ekinlari yetakchi rol oʻynaydi. Botanik shakli xilma-xilligiga karamay, ular kupgina umumiy morfologik xususiyatlarga ega. Poyasi — havol poxolpoya (bugʻdoy, sholi, suli) yoki yumshoq toʻqimalar bilan toʻlgan (makkajoʻxori, joʻxori). Bargi qin hamda tasmasimon shakldagi barg plastinkasidan iborat. Qinning barg plastinkasi bilan tutash joyida ingichka tilcha boʻlib, u poxolpoya bilan tutashgan boʻladi. Tilchaning har ikkala tomonida quloqchalar joylashadi, ammo ayrim gʻalla ekinlari (suli, sholi) da quloqchalar boʻlmaydi. Toʻpguli boshoq (bugʻdoy, javdar, arpa) yoki roʻvak (suli, tariq, sholi, joʻxori). Gʻalla ekinlari toʻpguli bir qancha boshoqlardan tashkil topadi, ular boshoq doʻngchalarida yoki roʻvakning markaziy va yon shoxchalarida joylashadi. Gullari ikki jinsli, makkajoʻxorida ayrim jinsli. Mevasi doncha. Gʻalla ekinlari doni tarkibida uglevodlar (quruq moddaga nisbatan 60—80%), oqsil (quruq moddaga nisbatan 7—20%), fermentlar, vitaminlar V,, RR va provitamin A kup. Vegetatsiya davriga qarab don ekinlari kuzgi hamda bahorgi (ertagi va kechki) ga boʻlinadi.
1.Don va don mahsulotlarini saqlash tarixi Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasidagi o’zgarishlarga nazar tashlasak o’tgan davr mobaynida ushbu sohada bir qator islohotlar amalga oshirilganligini ko’rish mumkin.
Don yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoni butun bir tarmoq tizimi sifatida 3 asr mobaynida davom etib kelmoqda. Hozirgacha donchilik tarmog’ida 19-asrda qurilgan tegirmonlarni uchratish mumkin. Albatta ularning ko’rinishlari tanib bo’lmas darajada o’zgargan. Suv va par yordamida ishlaydigan tegirmonlar o’rniga yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan zamonaviy tegirmonlardan foydalanila boshlandi.
1885 yili «Toshkent non shahri» deb nomlangan tegirmon ishlab chiqilgan bo’lib u 25 yil (1910 yilgacha) davomida kuniga 30 tonna donni qayta ishlagan. Bu tegirmon texnik jihozlanishi bo’yicha Turkiston o’lkasida eng mukammal hisoblangan. 1910 yilda O’zbekistonda par bilan ishlaydigan ilk tegirmon qurilgan (hozirgi «G’alla-Alteg» AJ).
Don tayyorlash sohasini boshqarishning o’zi 1867 yili Toshkentda Nazorat idorasini tashkil etilishi bilan bog’liq. Nazorat idorasi davlat ehtiyoji uchun non mahsulotlari zahirasini tayyorlash bilan shug’ullangan va xuddi jismoniy shaxslar kabi erkin savdo shaklida non mahsulotlarini sotib olgan. Don zahirasini tayyorlash ko’p hollarda katta hajmlarda donni yig’ib, unga birlamchi qayta ishlov berish va saqlashni tashkillashtirgan vositachilar orqali amalga oshirilgan.
1918 yildan boshlab Turkiston o’lkasida non monopoliyasi o’rnatilib u sovet hukumati davrigacha davom etdi. Don zaxiralarini tayyorlash maqsadida barcha viloyatlarda sotuv bo’limlari ochildi. Ular don tayyorlash kompaniyasi boshlanishidan yakunlanishigacha bevosita rahbarlik qildilar. Don tayyorlash natural soliq shaklida amalga oshirildi. Davlatga natural soliq ko’rinishidagi va qat’iy narx asosida don topshirish maqsadida temir yo’l stansiyalari yaqiniga 127 ta to’kish punktlari ochildi. Buning natijasida ushbu punktlarning bir nechtasi «Zagotzerno» tashkilotining tarqatuvchi va tayyorlov bazalari tarmoqlari uchun asos bo’lib xizmat qildi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi PF-840-sonli farmoniga asosan «O’zdonmahsulot» davlat konserni «O’zdonmahsulot» davlat - aksionerlik korporatsiyasiga aylantirilgan.
1995-1998 yillar davomida 13 ta yorma sexlari, 30 ta ozuqa yem va 52 ta un zavodlari xususiylashtirildi. Bu korxonalar yiliga 300 ming tonnadan ortiq yorma, 3 million tonnadan ortiq ozuqa yem va un mahsulotlarini ishlab chiqarib, respublika aholisi ehtiyojini qondirdi.
Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasida boshqaruvni tubdan takomillashtirish, ortiqcha oraliq tuzilmalarni tugatish, tarmoqda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, xususiylashtirish va investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 avgustdagi 376-sonli qaroriga asosan «O’zdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O’zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilgan.
Bugungi kunda «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 43 ta korxona mavjud.
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalarda 52 ta un ishlab chiqaruvchi tegirmon, 93 ta non sexi, 30 ta makaron sexi, 16 na yorma va 49 ta omuxta yem sexlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikamiz ichki iste'mol bozorini oziq ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, mahsulot turlarini kengaytirish, aholini sifatli non va non mahsulotlari, makaron va yorma mahsulotlari, bilan ta'minlash maqsadida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.