87
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Tijorat banklari tomonidan kreditlash mexanizmlarini amalga
oshirishda jismoniy shaxslarga, xo‘jalik yu-
rituvchi subyektlarga va boshqa yuridik shaxslarga kreditlar berish jarayoni hisoblanadi. Ushbu mexanizmni
takomillashtirish uchun tijorat banklari samaradorlik, qulaylik va risklarni boshqarishni oshirishga qaratilgan turli
chora-tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.
4
Xususan, osiyolik iqtisodchi olim R. Rajan, bank va moliyaviy tashkilotlar tomonidan kreditlarni olish, kredit
riskini va banklarning iqtisodiy rolini tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. U haqiqatan ham bank
va moliya sohalarida keng qamrovli tadqiqotlar olib borgan va kreditlash mexanizmi, kredit bozorlari va moli-
yaviy tartibga solish kabi turli jihatlarga e’tibor qaratgan
5
. Uning ilmiy-tadqiqot ishlariga qo‘shgan hissalari bank
tizimlarining faoliyati, iqtisodiy taraqqiyotda kreditning o‘rni va samarali moliyaviy tartibga solishning ahamiyati
haqida qimmatli ma’lumotlar berdi.
Iqtisod bo‘yicha nobel mukofoti sovrindori J. Stiglits o‘z ilmiy izlanishlari orqali bank va moliya sohasiga
katta hissa qo‘shgan. Olim bank
faoliyatining turli jihatlari, jumladan, kreditlash amaliyoti, risklarni boshqarish
va tijorat banklarining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlarni nashr etgan
6
.
Olim kredit amaliyotida axborot assimetriyasi, moliyaviy inqirozlarning bank sektoriga ta’siri va inklyuziv
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda banklarning roli kabi masalalarni batafsil yoritib bergan. Uning tadqiqotlari
zamonaviy iqtisodiyotda bank tizimining faoliyati va ahamiyatini tushunishimizga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Taniqli iqtisodchi Kristin Lagard o‘z tadqiqotlarida moliyaviy tizimlarning turli jihatlari, jumladan, kredit-
lash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bank qoidalari va siyosatlari bo‘yicha qimmatli tushuncha-
lar bergan. Tadqiqotchining ilmiy
hissasi moliyaviy barqarorlik, me’yoriy-huquqiy bazalar va iqtisodiy o‘sishni
qo‘llab-quvvatlashda tijorat banklarning roli kabi mavzularga e’tibor qaratgan
7
. Shuningdek, Lagard kreditlash
mexanizmlari va ularning barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyati atrofidagi munozaralar va
siyosiy munozaralarni shakllantirishda muhim rol o‘ynadi.
Yevropalik iqtisodchi olimlar Ross Levin va L. Levinlar o‘zining keng ko‘lamli tadqiqotlari bilan bank va
moliya tizimlari sohasiga katta hissa qo‘shgan.
Tadqiqotchilarning asosiy tadqiqotlarida bank raqobati va kreditlash natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik, kre-
dit olish imkoniyatlarini yaxshilashda moliyaviy innovatsiyalarning o‘rni, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning kredit-
lash samaradorligiga ta’siri kabi mavzular o‘rganilgan
8
. Ularning tadqiqotlari bank tizimlarining faoliyati va turli
omillarning kreditlash mexanizmlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida qimmatli tushunchalar bergan. Ularning
ilmiy ishlanmalari kreditlash dinamikasi va uning iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka ta’sirini tushunishga qo‘shgan
hissasi uchun keng e’tirof etilgan.
Xorijlik iqtisodchi olim Torsten Bek bank va moliya sohasida turli mavzularda keng qamrovli tadqiqotlar olib
borgan hamda bank raqobati, kreditlash mexanizmlari va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi munosabatlarga alohida
e’tibor qaratgan.
Shuningdek, u iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishda moliya institutlarining rolini va umumiy iqtisodiy
o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda samarali kreditlash mexanizmlar, bank tizimlari dinamikasi, kreditlash amaliyoti
va ularning makroiqtisodiy natijalarga ta’siri haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etgan
9
. Olim tadqiqotlarida
bank raqobati va kreditlash mexanizmlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarni qanday shakllantirishini va moliya sektorida-
gi islohotlarning iqtisodiy rivojlanish strategiyalari uchun muhim natijalarini taklif qilgan.
Shuningdek, ko‘plab xorijlik olimlar o‘z tadqioqotlarida tijorat banklari tomonidan kreditlash mexanizmini
takomillashtirishning ta’sirlarini ekonometrik modellashtirishgan.
Jumladan, taniqli iqtisodchi olimlar S. Slaessens va N. Xorenlar banklar tomonidan kreditlash mexanizmi
bo‘yicha tadqiqotlarida ekonometrik modellardan foydalangan. Ular tadqiqotlarida bog‘liq o‘zgaruvchilar sifatida
bank krediti, kreditlarning o‘sishi va kreditlash hajmi kabi qaram o‘zgaruvchilarga e’tibor qaratgan bo‘lsa mus-
taqil o‘zgaruvchilar sifatida bank kapitallashuvi, makroiqtisodiy sharoitlar va moliyaviy bozor o‘zgaruvchilari-
ning kreditlash mexanizmi kabi omillarni tanlagan
10
. Ekonometrik modellar sifatida panel ma’lumotlar modellari,
instrumental o‘zgaruvchan yondashuvlar va dinamik panel modellaridan keng
foydalangan
11
. Tadqiqotchilar
4
Alloyo, Peter M. “The effect of credit reference bureaus on the financial performance of commercial banks in Kenya.” (2013).
5
Rajan, Raghuram. “Competitive monetary easing: is it yesterday once more?.” Macroeconomics and Finance in Emerging Market
Economies 8.1–2 (2015): 5–16.
6
Stiglitz, Joseph E. Economics for an imperfect world: Essays in honor of Joseph E. Stiglitz. MIT Press, 2003.
7
Lagarde, Christine. “Economic inclusion and financial integrity–An address to the conference on inclusive capitalism.” speech pre-
sented at the Conference on Inclusive Capitalism. Vol. 27. 2014.
8
Layeven, Luc, and Ross Levine. “Bank governance, regulation and risk taking.” Journal of financial economics 93.2 (2009): 259–275.
9
Beck, Thorsten. “Bank financing for SMEs–lessons from the literature.” National institute economic review 225.1 (2013): R23-R38.
10 Claessens, Stijn, and Neeltje Van Horen. “The impact of the global financial crisis on banking globalization.” IMF Economic Review
63 (2015): 868–918.
11 Claessens, Stijn, and Neeltje Van Horen. “Being a foreigner among domestic banks: Asset or liability?.” Journal of Banking & Finance
36.5 (2012): 1276–1290.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
88
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
ushbu ekonometrik modellar va usullardan foydalangan holda banklarning kreditlash faoliyatiga ta’sir etuvchi
omillar haqida tushuncha berdilar, bu esa kreditlash mexanizmi hamda uning hal qiluvchi omillarini yaxshiroq
tushunishga yordam bergan.
Taniqli iqtisodchi olimlar I. Hasan va F. Molyneuxlar banklar tomonidan kreditlash mexanizmining turli jihat-
lari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Ular ekonometrik modellarni ishlab chiqishda bog‘liq va mustaqil o‘zgaruv-
chilar o‘rtasidagi munosabatni o‘rganishda panel ma’lumotlar modellari ko‘ndalang kesimdagi va vaqt tseriyali
o‘zgarishlarni tahlil qilishda yordam bergan. Ushbu ekonometrik modellar va usullardan foydalangan holda,
Hasan va Moluneyx bank kreditlari, kredit riski va umumiy kreditlash mexanizmiga ta’sir
qiluvchi omillarni tush u-
nishga hissa qo‘shdilar. Ularning tadqiqotlari kreditlash xulq-atvorini belgilovchi omillarni va turli omillarning
bank sektori barqarorligi va samaradorligiga potensial ta’sirini aniqlash imkonini bergan.
Taniqli yevropalik iqtisodchi olimlar D. Amel va K. Barnslar o‘z tadqiqotlarida ekonometrik modellashtiril-
ganda bog‘liq va mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida qarzlarning o‘sishi, foiz stavkalari va kredit sifati kabi qaram
o‘zgaruvchilarni o‘rganib chiqdilar. Ushbu o‘zgaruvchilar banklar tomonidan berilgan kreditlar hajmidagi o‘zgar-
ishlarni, kreditlar taklif qilinadigan stavkalarni va kreditlarning samaradorligi yoki sifatini tanlagan
12
. Amel va
Barns kreditlarning o‘sishi, foiz stavkalari va kredit sifatiga ta’sir qiluvchi omillarni tushunishga hissa qo‘shdilar.
Ularning tadqiqotlari kreditlash xulq-atvorini belgilovchi omillar va turli omillarning kreditlash mexanizmiga ta’siri
amaliyotga tadqiq etgan.
Iqtisodchi olimlar R. Rajan va L. Zingaleslar banklar tomonidan kreditlash mexanizmini ta’sir etuvchi omil-
lar sifatida bank krediti, kreditlarning o‘sishi va kreditlash standartlarini ko‘rib chiqdilar. Bu o‘zgaruvchilar kredit
faoliyatining turli jihatlarini aks ettirgan va banklar tomonidan berilgan kreditlar hajmi, vaqt bo‘yicha kreditlar-
ning o‘sish sur’ati, kreditlarni baholash va tasdiqlashda qo‘llaniladigan mezon va standartlarni qamrab olgan.
Shu ningdek, ekonometrik modellashtirilganda ular bankning o‘ziga xos xususiyatlari, bozor tuzilishi, tartibga
soluvchi muhit va makroiqtisodiy o‘zgaruvchilar kabi omillarni mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida ko‘rib chiqdilar.
Olimlar tadqiqotlarida bozor tuzilishi bank sanoatining raqobatbardosh landshaftini, normativ muhit bank faoli-
yatini tartibga solish va nazoratni o‘z ichiga olgan
13
. Makroiqtisodiy o‘zgaruvchilar yalpi ichki mahsulot o‘sishi,
inflyatsiya va foiz stavkalari kabi kreditlash faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kengroq iqtisodiy sha-
roitlarni amaliyotga tadqiq qilgan.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi yirik 12 ta tijorat banklarining 12 yillik ma’lumotlari asosi-
ga kreditlash amaliyotiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan. Tahlil jarayonida ilmiy abstraksiyalash, ekspert ba-
holash, induksiya va deduksiya, taqqoslash, tizimli tahlil va ekometrik modellar usullaridan keng foydalanilgan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R M U H O K A M A S I
Tadqiqotimizda Respublikamizda mavjud 12 ta tijorat banklarining kredit amaliyotlariga ta’sir etuvchi
omillarni ekonometrik modellarini ishlab chiqdik.
Ekonometrik modellashtirishda panel ma’lumotlardan ekonometrik modellashtirishda foydalanishda va-
qtli qatorlar va fazoviy ma’lumotlarda aniq ko‘rinmaydigan hodisalarni yanada ishonchli aniqlash va miqdorni
aniqlash imkonini beradi.
Ekonometrik modellashtirish bo‘yicha tadqiqotlar sohasida panel ma’lumotlar tadqiqotchilarga ko‘plab ku-
zatuvlari tufayli keng ko‘lamli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, bu kovariatsiyani va tushuntirish o‘zgaruvchilari
o‘rtasidagi pasaytirilgan kollinearlikni ochib
beradi
14
.
Panel ma’lumotlari bir nechta ketma-ket vaqt oralig‘ida izchil obyektlar guruhiga tegishli statistik ma’lumot-
larni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni anglatadi
15
.
Panel ma’lumotlari, muqobil ravishda kesma yoki birlashtirilgan ma’lumotlar sifatida tanilgan, turli xil obyekt-
lar (masalan, jismoniy shaxslar, firmalar, mamlakatlar) bo‘yicha kuzatuvlarni bir necha vaqt oralig‘ida o‘z ichi-
ga olgan ma’lumotlar formatiga tegishli hisoblanadi. Panel ma’lumotlar bilan ekonometrik modellashtirishdan
foydalanish an’anaviy kesma yoki vaqt tseriyasidagi ma’lumotlarga qaraganda ko‘proq ishonchli va samarali
hisob-kitoblarni taqdim etib, kesma va vaqt tseriyasi o‘lchamlaridagi o‘zgarishlarni tekshirishga imkon beradi
16
.
12 Amel D. et al. Consolidation and efficiency in the financial sector: A review of the international evidence //Journal of Banking & Fi-
nance. – 2004. – T. 28. – №. 10. – S. 2493–2519.
13 Rajan R. G., Zingales L. The great reversals: the politics of financial development in the twentieth century //Journal of financial eco-
nomics. – 2003. – T. 69. – №. 1. – S. 5–50.
14 Certo S. T., Semadeni M. Strategy research and panel data: Evidence and implications //Journal of Management. – 2006. – T. 32. –
№. 3. – S. 449–471.
15 Andreß H. J. The need for and use of panel data //IZA World of Labor. – 2017. – №. 352.
16 Sinha Babu S., Datta S. K. Revisiting the link between socio-economic development and environmental status indicators–focus on
panel data //Environment, Development and Sustainability. – 2015. – T. 17. – S. 567–586.
89
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Panel ma’lumotlarni tahlil qilishda t davrlari bo‘yicha n ta kuzatuvni o‘z ichiga oladi, bu panel ma’lumotlar
tahlili t vaqt oralig‘ida kuzatilgan n ta obyektni (jismoniy shaxslar, firmalar, mamlakatlar va boshqalar) qamrab
olishini bildiradi.
Panel ma’lumotlar tizimi ma’lum vaqt oralig‘ida bir xil obyektlar guruhiga tegishli ma’lumotlarni takroriy
yig‘ish imkonini beradi
17
.
Pooled OLS – bu har xil obyektlardan ma’lumotlarni birlashtirgan usul bo‘lib, hech qanday o‘zgarishlarni
nazarda tutmaydi, shu bilan birga siyosat va iqtisodiy tahlil kabi turli ilovalar uchun mos bo‘lgan ko‘p qirrali
ma’lumotlar formati odatda birlashtirilgan uzunlamasina ma’lumotlar sifatida tanilgan.
Pooled OLS modelining asosiy prinsipi shundan iboratki, har yili tegishli populyatsiyadan yangi tasodifiy
tanlama olinadi
18
. Vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchilar taqsimoti o‘zgarib turadigan holatlarda, izchil taqsimlanish
taxmini qo‘llab-quvvatlab bo‘lmaydi, lekin mustaqillik farazi muhimligicha bo‘lib qolmoqda.
Panel ma’lumotlar tahlili doirasida Pooled OLS modeli turli obyektlardan ma’lumotlarni jamlaydi, ular orasi-
dagi har qanday farqni hisobga olmaydi
19
. Bu model oddiy eng kichik kvadratlar yondashuvidan yoki eng kichik
kvadratlardan foydalangan holda panel ma’lumotlar modelini baholash usuli hisoblanadi.
Regressiya tenglamasi i omil va t vaqtidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Pooled OLS modelidan foyda-
langan holda tuzilgan.
Unga ko‘ra, Pooled OLS estimator model ko‘rinishi quyidagicha aks etadi.
Dostları ilə paylaş: