Kirish
Yurish – bu odamning odatdagi harakatlanish usuli bo’lib, barcha yoshdagi
odamlar uchun ajoyib tarzdagi jismoniy mashq hisoblanadi. Uzoq vaqt
davomiyligidagi va ritm ko’rinishidagi yurish davomida odam tanasining deyarli
barcha muskullari ish bajarishga jalb qilinadi, bu holatda yurak va qon – tomirlar
tizimi, nafas olish, asab va organizmning boshqa organlar tizimlari faoliyati
kuchayadi, moddalar almashinuvi faollashadi. Odatdagi yurish eng avvalo,
sog’lomlashtiruvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Odam erta bolalik davridan
boshlab yurishni boshlaydi. Biroq, barcha odamlarning to’g’ri, chiroyli va
tejamkor ko’rinishda yurishni o’rganishi zarur hisoblanadi.
Odatdagi yurishdan tashqari, yurishning bir qator boshqa turlari ham mavjud
hisoblanadi: masalan, qadam tashlash, saf bo’lib yurish, sportcha yurish. Sportcha
yurish musobaqalarda foydalaniladi va bajarilishi texnikasi bo’yicha yurishning
nisbatan murakkab usuli hisoblanadi, biroq shu bilan birgalikda eng samarali
yurish usuli sifatida qayd qilinadi. Sportcha yurishning tezligi odatdagi yurishdan
deyarli 2 – 2,5 marotaba yuqori bo’lishi kuzatiladi.
Biroq, yurish davomida yuqori tezlikka erishishda faqat sportcha yurishning
texnik xususiyatlarini o’zlashtirishning o’zi etarli hisoblanmaydi. Bunda odatdagi
yurish usuliga nisbatan yuqori qiymatdagi intensivlikda ish bajarish talab qilinadi,
o’z navbatida energiya sarfi qiymati ortadi. Ushbu holatga bog’liq ravishda,
sportcha yurish mashg’uloti sportchi organizmiga sezilarli darajada ta’sir
ko’rsatadi, uning ichki organlari va organlar tizimi holatini mustahkamlaydi, bu
tizimlar ish qobiliyati darajasini yaxshilaydi, kuchning rivojlantirilishiga va
ayniqsa, chidamlilikning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, odamda iroda
sifatini tarbiyalaydi.
Sportcha yurish odatdagi yurish usuli bilan ko’plab umumiylik jihatlariga
ega hisoblanadi, biroq shu bilan bir vaqtda sportcha yurish nisbatan etarlicha
darajada murakkab va samaraliroq yurish usuli hisoblanadi.