Texnik tayyorgarlikning birinchi bosqichida, tez yuruvchi sportchi sportcha
Ikkinchi bosqich – sportcha yurish texnikasini mukamallashtirish bo’lib,
takomillashtirishda “Yaxlit o’qitish” usuli, ya’ni bevosita sportcha yurishni
mukamallashtirish usuli, shuningdek, maxsus mashqlardan iborat usul qo’llaniladi.
Sportcha yurish bo’yicha musobaqalar qoidalari ikkita shartni bajarishni talab
etadi: yurish jarayonida parvoz bo’lmasligi kerak va tayanch davrida oyoq vertikal
xolatda rostlangan bo’lishi kerak. Bu shartlarga rioya qilmagan sportchi
musobaqada ishtirok etish xuquqidan maxrum bo’ladi. Shunga ko’ra, mazkur
xatolarni tuzatish usul va vositalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Parvozni paydo bo’lishi mazkur sportchi uchun harakatlanish tezligining
me’yoridan ortiq katta bo’lishi bilan tushuntiriladi. Ma’lumki turli tez yuruvchi
sportchilarda parvoz davri turlicha tezlikda – 3,33 dan 4,21 m/sek.da paydo
bo’ladi. Mana shu kritik tezlik mashq qilish natijasida mukamallashib yanada
yuqori ko’rsatkichga ko’tariladi.
Aniqlanishicha, charchagan sportchilarning barchasi ham aynan bir xil
tezlikni saqlab qola olmaydilar. Masalan distanstiyaning dastlabki aylanasi to’g’ri
yurishda 1 min. 50 sek. edi. Distanstiyaning o’rtasi yoki oxirida bu tezlikda
ikkilangan tayanchni saqlab qolishga imkon yo’q va yurish tezligi kamayadi – 1
min. 55 sek. va undan ortiq ko’rsatkichga etadi. Shuning uchun ham parvoz paydo
bo’lganda eng avvalo harakatlanish tezligini kamaytirish lozim. Bu xatoni tuzatar
ekan, sportchi bir vaqtni o’zida o’ng va chap oyoqlari bilan erga tegib ketishini
sezishi kerak (ikki tayanchli vaziyat). To’g’ri yurishni sub’ektiv baxolash (ya’ni
tez yurar sportchini tuyg’usi) har doim ham sportchi harakatlanishining xaqiqiy
tartibiga mos tusha bermaydi.
Ba’zan tez yuruvchi sportchilarga uzun masofaga ravon tarzda itarilib,
oyoqni erga tirab itarilishga shoshmaslikni tavsiya etiladi. Bu usul tufayli yerdan
itarilish ravon tarzda bajariladi.
Tanani oldinga siljitmagan xolda erkin oyoq bilan oldinga yuqoriga (ko’proq
yuqoriga) siltab harakatlanadigan tez yuruvchi sportchigina bir oyoqdan ikkinchi
oyoqqa sakrashni bajara oladilar. Bunda ko’chiriladigan oyoq tizzasi yuqori
xolatda oyoq tovoni xavoda muallaq xolda bo’ladi. Oyoq erga tushishi uchun
pastga-orqaga harakatlanish kerak. Odatda, bu vaqtda ikkinchi oyoq yerdan
ko’tarilishga ulguradi. Ba’zi tez yurar sportchilar oyoqni butun tovonga qo’yishadi.
Bunday yurishni yaxshi eshitish kinoni suratga olish vaqtida esa parvoz paydo
bo’lganini ko’rish mumkin. Ba’zan, bu xato gavdaning noto’g’ri xolatiga (orqaga
egilish) bog’liq bo’ladi.
Gavda oldinga ko’proq egilganda ham yurish yugurishga o’tishi mumkin.
Bunday xatoga yo’l qo’ymaslik uchun yurish vaqtida erkin oyoqni yuqoriga siltab
harakatlanmasdan, uni ko’proq oldinga siljitish, shuningdek, gorizontga nisbatan
gavda og’ishini o’zgartirgan xolda to’g’ri vaziyatni topish kerak. Ayni vaqtda,
oyoqni erga dag’al harakat bilan qo’yish tavsiya etilmaydi, chunki bunday
harakatlanishning umumiy tezligi sekinlashadi. Sportchi doimo ravon va yumshoq
tarzda harakatlanishi zarurligini yodda tutmog’i lozim.
Sportchi doimo harakatlar erkinligini sezib turishi kerak. Harakatlarning
cheklanganligi shug’ullanishni endigina boshlagan yosh sportchilar texnikasi
uchun xosdir. Xatolarni harakatlanishining nisbatan yuqori bo’lmagan tezligida
tuzatish qulaydir. Albatta, sportchining xatolarini tuzatishga ongli munosabati,
deyarli, hamma vaqt muvaffaqiyatli bo’ladi. Asta – sekin yurish tezligi oshib
boradi va bellashuv tezligiga etadi. Ba’zan esa undan ham oshib ketadi.
Texnikani takomillashtirishda maxsus mashqlarni bajarishga katta e’tibor
beriladi. Bu xolda, o’z asosida sportcha yurish texnikasiga yaqin bo’lgan mashqlar
yoki texnikaning aloxida elementlari qo’llaniladi. Maxsus mashqlar yil davomida
bajariladi: ularning asosiy xajmi qish va baxorga, ya’ni tayyorgarlik davriga to’g’ri
keladi. Maxsus mashqlar mashq qilish mashg’ulotining asosiy qismida,
shuningdek, razminka va ertalabki ixtisoslashgan zaryadkada ham bajarilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: