Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI TEXNOLOGIK YONDOSHUV ASOSIDA



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   373
innovatsion

BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI TEXNOLOGIK YONDOSHUV ASOSIDA 
AMALGA OSHIRISHDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR TIZIMI 
N.B.Adizova 
BuxDUPI Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi 
 kafedrasi dotsenti
D.Husenova
 
BuxDUPI 1-kurs magistranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf oʻqituvchilari faoliyatida 
texnologik yondoshuvning oʻziga xosligi, ta’limda ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash uchun texnologiya tushunchasining mazmunini chuqur 
anglash, darsda davomida noan’anaviy usullardan foydalanish metodlari koʻrsatib 
oʻtilgan. 
Kalit soʻzlar:
dars, faoliyat, ta’lim, tarbiya, texnologik yondashuv, bilim, 
koʻnikma, malaka, pedagogik texnologiya.
Vaziyatga doir topshiriqlar. Vaziyatga doir topshiriqlarni bajarish bor 
bilimlardan foydalanishga, koʻnikma va malakalarni mustahkamlashga imkon 
beradi, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatiga yoʻl ochadi. Vaziyatga 
doir 
topshiriqlar 
bir 
xil 
namunadagi 
(reproduktiv 
faoliyat) 
va 
malakalar diorasida samarali aqliy faoliyatni talab qilmaydigan xillarga boʻlinadi. 
Vaziyatga doir muammoli, amaliy topshiriqlar hammadan katta diqqatga 
sazovordir, chunki oʻquvchilarda amaliy nuqtai nazardan fikrlash layoqati 
shakllanib borishiga yordam beradi. Vaziyatga doir topshiriqlar bilimlarni har 
qanday pedagogik vaziyatda tatbiq eta olish koʻnikmalarini tekshirib koʻrishda 
keng qoʻllaniladi.
Topshiriq – bu muayyan sharoitlarda koʻzda tutilgan maqsaddir. 
Topshiriqlar asosida ta'riflab berilgan sharoitlarga qarab bosqichma-bosqich hal 
qilib 
boriladigan 
muammoli 
pedagogik 
vaziyat 
yotadi. 


286 
Quyida boshlang'ich sinf ona tili darsi boʻyicha vaziyatga doir muammoli 
topshiriqlardan 
misollar 
keltiramiz: 
1.Gapdagi 
egani 
toping. 
2.Siz 
topgan 
soʻz 
nega 
gapda 
ega 
deyilishini 
izohlang. 
3.Gapda ega boʻlmasligi ham mumkinmi? Shunday gaplardan misol keltiring. 
Nega 
ega 
yoʻq? 
4.Gapda 
egalar 
qanday 
topiladi? 
Bunday topshiriqlarni bajarish oʻquvchilardan koʻproq tayyorgarlikni, oʻz 
fikrlarini erkin ifodalashlarini, amaliy koʻnikma va malakalarni talab qiladi. 
Shuning uchun ham biz topshiriq berishdan oldin oʻquvchilarni koʻproq amaliy 
topshiriqlarni bajarishga jalb etdik. Oʻquvchilar topshiriqlarni bajarishda 
hayotidan, oʻqigan badiiy adabiyotlaridan, koʻrgan kinofilmlaridan foydalanib 56 
javob berishga harakat qiladilar. Bunday topshiriqlarni oʻquvchilar juda katta 
qiziqish bilan kutib olishadi. Tajribalar shuni koʻrsatadiki, topshiriqlar ustida 
ishlaganda oʻquvchi ma'lum bir mavzuni chuqurroq oʻrganadi va unda shu 
mavzuga qiziqish uyg'onadi. Bu bilan oʻquv predmetining ma'lum muammolariga 
qiziqa boradi. 
2. Didaktik oʻyinlar Boshlangʻich ta‟limda motivlar hosil qilishda didaktik 
oʻyinlarning oʻrni beqiyosdir. Oʻyinsiz tom ma‟nodagi aqliy rivojlanish boʻlishi 
mumkin emas. Oʻyin oʻquvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uygʻotadigan 
uchqundir. Oʻyin boshlangʻich sinf oʻquvchilarda ma‟lum sifatlarni shakllantirish 
uchun kattalar – oʻqituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qoʻllaniladigan 
usul. Oʻyin vositasida oʻquvchilarning bilim oʻzlashtirish jarayoni qulaylashadi, 
turli xil predmetlar bilan munosabatda boʻlishga oʻrganadi, shuningdek, ularda 
muomala madaniyati shakllanadi. Oʻyin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, 
unda kelgusida oʻquv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan 
munosabatga 
kirishishga 
oid 
ruhiy 
xususiyatlar 
shakllanadi. 
Oʻyin orqali bolalar borliqni oʻrganadi va dunyoni oʻzgartirishga harakat 
qiladi. Shunday qilib oʻyin inson faoliyatining shakllanishiga asos soladi. Oʻyinda 
inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon qiladi. Oʻyinning eng muhim 


287 
ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta’sir etish ehtiyoji paydo 
boʻladi va shakllanadi. Maktab yillarida oʻyin shakllari yanada kengroq 
rivojlanadi. Oʻquvchilarning oʻyin faoliyati juda koʻp soha olimlarining, ya‟ni, 
faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san‟atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, 
pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi. Psixologiyada bola psixikasining 
rivojlanishida oʻyin hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat oʻyindagina 
bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va 57 oʻzaro ta‟sirda 
shakllanadi.Oʻyingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga oʻtish 
uchun muhim zamin yaratadi. Didaktik 
oʻyin 
oʻrganilayotgan 
voqea 
va 
hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi faol faoliyatdir. Oʻyinning 
boshqa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. 
Didaktik oʻyinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi oʻquv faoliyatidir. 
Didaktik oʻyinda oʻquvchilarning oʻzlashtirishini hisobga olgan holda ta’limiy 
vazifalarning boʻlishi muhimdir.Rahbarlik qiluvchi kattalar didaktik oʻyinlarning
u yoki bu shaklini yaratar ekan uning bolalar uchun qiziqarli va ular diqqatini 
toʻplaydigan turlariga e’tibor qaratishlari lozim. Xalq pedagogikasida shakllanib 
kelgan bolalarni oʻqitish va tarbiyalashda didaktik oʻyinlardan keng foydalanish 
an‟analari oʻqituvchilarning amaliy tajribalari va olimlarning ishlarida 
rivojlantirildi. Chex pedagogi Ya.A. Komenskiy oʻyinni bola faoliyatining asosiy 
shakli ekanligini ta’kidlab, aynan oʻyin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos 
kelishini aytgan edi. Olim oʻyin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama 
oʻstirishi, uning atrof-tevarak haqidagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini 
oʻstirishini ta’kidlaydi. Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikdagi oʻyin uni 
tengdoshlariga yaqinlashtiradi. Bolalar tarbiyasida didaktik oʻyinlardan ikki 
yoʻnalishda foydalaniladi: barkamol insonni shakllantirish va tor didiktik 
maqsadlarda. Oʻyin oʻquvchi faoliyatining asosiy shaklidir. Oʻyin – muhim aqliy 
faoliyat turlaridan biri boʻlib, unda oʻquvchi qobiliyatining hamma turlari 
rivojlanadi, uning atrof-olam haqidagi tasavvurlari kengayadi, nutq boyligi oshadi. 


288 
Didaktik oʻyinlar oʻquvchining turlituman qobiliyatlari, idroki, nutqi va 
diqqatining rivojlanishiga samarali ta’sir koʻrsatadi. Hozirgi davrda pedagoglar 
tomonidan tayyor mazmun va qoidalarga ega boʻlgan oʻyinlar yaratilmoqda. Bola 
shaxsida ma’lum sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan oʻyinlarda aniq 
qoidalar berilgan boʻladi. Tayyor qoida va mazmunga ega boʻlgan oʻyinlarga 
quyidagi xususiyatlar xos boʻladi: oʻyin gʻoyasi va vazifasi oʻyin ta’sirida amalga 
oshiriladi. Oʻyin gʻoyasi (yoki vazifasi) va oʻyin ta’siri oʻyin mazmunini tashkil 
etadi; oʻyin ta’siri va oʻynayotganlar munosabatlari oʻyin qoidasi asosida 
boshqariladi. Qoidalar va tayyor oʻyin mazmuni oʻquvchilarni oʻyinni mustaqil 
tashkil etishlariga yordam beradi.
Didaktik oʻyinlarni uch turga ajratish mumkin: ogʻzaki, soʻzlar yordamida 
oʻynaladigan oʻyinlar, oʻyin mashgʻulotlari, mashq(harakatli) oʻyinlar. Didaktik 
oʻyinlar uchun oʻyin gʻoyasi va oʻyin vazifalari muhim ahamiyatga ega. Didaktik 
oʻyinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi. Qoidani bajarish 
jarayonida oʻyin mazmuni amalga oshadi. Qoidaning mavjudligi oʻyin ta’sirini 
amalga oshirish va oʻyin vazifasini qoʻllashga yordam beradi. Qoidani bajarish 
jarayonida oʻyin mazmunini amalga oshirish dunyoqarashi shakllanib boradi. 
Didaktik oʻyinda oʻquvchi qoidalarga rioya qilishga oʻrganadi. Chunki 
qoidalarga rioya qilish oʻyin muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Oʻyinda qatnashish 
jarayonida ijobiy xulqiy sifatlar, 
tashkilotchilik 
qobiliyati shakllanadi. 
Foydalanilgan material turlariga qarab ham didaktik oʻyinlarni uch turga 
ajratish mumkin: predmetli oʻyinlar, stol ustida oʻynaladigan oʻyinlar, soʻzlar 
vositasida oʻynaladigan ogʻzaki oʻyinlar.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin