Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   373
innovatsion

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.
Qosimova K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. - 
Toshkent: “O‘qituvchi”, 1985. –В. 216. 
2.
Hamroyev A. Boshlang‘ ich sinflarda ona tili ta’limini ijodiy tashkil 
etish.// “Pedagogik mahorat” jurnali. 2002-yil, 1- son, 53-55b. 
3.
Hamroyev A. Ona tili darslaridagi ijodiy topshiriqlarning tiplari. // 
“Pedagogik mahorat” jurnali. 2002-yil, 3- son, 45-48b. 
4.
Hаmrоyеv А. Bоshlаng‘ich sinflаrdа оnа tili tа’limini ijоdiy tаshkil 
etish. Tоshkеnt: Fаn, 2007. –B 108. 
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DIDAKTIK ASARLAR USTIDA 
ISHLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI 
D. Axmedova 
BuxDU doktoranti(DSc), f.f.f.d. (PhD)
M. Shodiyeva
BuxDUPI 1-bosqich magistranti 


292 
Annotatsiya.
Maqolada didaktik adabiy asarlarning ahamiyati hamda ushbu 
asarlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘rgatish, mazmunini to‘laqonli yetkazib 
berish borasidagi fikr-mulohazalar bayon etilgan. 
Tayanch so‘z va iboralar:
didaktika, “Ilm-fanni 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasi”, globallashuv jarayoni, ma’rifatparvar adiblar, kreativ 
fikrlash, zamonaviy yondashuv, pedagogik texnologiya. 
Yurtboshimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek
“O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsad qilib qo‘yilgan ekan, 
bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olishimiz 
mumkin. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga 
chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini 
tayyorlashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv 
yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik”. Darhaqiqat, 
bugungi kunda yurtimizda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi ezgu 
ishlar ta’lim sohasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Ta’lim 
sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli vazifalar o‘zining dolzarbligi hamda 
amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardan aslo qolishmaydi. Zero, ushbu sohadagi 
islohotlarni keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir. Shu ma’noda 
mamlakatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga 
oshirish, “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” kabi ko‘plab qabul 
qilingan qaror, farmon hamda farmoyishlar zamirida ham ilm-fanni yuksaltirish 
borasidagi qator yangiliklar o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. 
Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning har jihatdan yetuk va 
barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ta’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos. 
Avloniy ta’biri bilan aytganda: “Alhosil, tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, 
yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”. Shu o‘rinda aytish 
lozimki, didaktik adabiyot namunalaridan unumli foydalanish asosida yosh avlod 
tarbiyasidagi ma’naviy bo‘shliq o‘rnini to‘ldirishga erishishimiz mumkin. 


293 
“Didaktika” so‘zining mohiyatiga ham e’tibor qaratadigan bo‘lsak, yunoncha 
“didaktikos”– o‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi ma’nosini anglatadi hamda ushbu atama 
ilk bor Yevropada XVII asrda o‘qitish va ta’lim jarayoni haqida asarlar yaratgan 
olimlar tomonidan qo‘llanila boshlangan. Darhaqiqat, didaktik adabiy asarlar 
zamirida ham pand-nasihat, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalar aks etgan. 
Zero, didaktik asarlarning ildizlarini Qur’oni karim, Hadisi sharif kabi muqaddas 
manbalarimiz tashkil etadi. Y.X.Hojibning “Qutadg‘u bilig”, A.Yugnakiyning 
“Hibat ul-haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma” asarlari, A.Yassaviy hikmatlari, 
Navoiy, Behbudiy, Avloniy, Farg‘oniy, Marg‘inoniy va boshqa ko‘plab 
adiblarimiz ijodini misol qilib aytishimiz mumkin. O‘zbek milliy didaktikasi 
rivojiga Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shukuriy, A.Ibodiyev, 
S.Saidazizov, R.Yusufbekov kabi ma’rifatparvar pedagoglarning faoliyati ham 
o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Bu kabi asarlarni o‘rganish hamda yosh 
avlodga o‘rgatish orqali ham ma’nan, ham ruhan ozuqa olish barobarida 
yoshlarimiz orasida ayrim illatlar ildiz otmasligiga erishishimiz mumkin. 
Didaktik adabiy asarlarda ilgari surilgan g‘oyalarni boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilariga yetkazib berishda darslikdagi mavzular bilan bog‘liqlikda 
tushuntirish maqsadga muvofiqdir, ya’ni bu uyg‘unlik zamirida buyuk 
ajdodlarimiz merosiga muhabbat tuyg‘ulari mujassam. Masalan, Alisher 
Navoiyning “Xamsa” asaridan o‘rin olgan “Hayrat ul-abror” dostonida ota-onaning 
qadri naqadar ulug‘ ekanligi, ularni e’zozlash borasidagi fikrlar quyidagi go‘zal 
misralarda o‘z ifodasini topgan: 
Boshni fido ayla ato qoshig‘a, 
Jismni qil sadqa ano boshig‘a. 
Tun-kuningg‘a aylagali nur fosh, 
Birisin oy angla, birisin quyosh. 
1-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligining birinchi mavzusiga 
nazar solsak, aynan oila mavzusiga bag‘ishlanganini ko‘rishimiz mumkin. Bu 


294 
mavzu orqali o‘quvchilarga oilaning nechog‘liq muqaddas dargoh ekanligi, oila 
a’zolarining bir-birini hurmat qilishi, oilada ota-onaning o‘rni haqidagi tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlarni singdirishimiz lozim. Yuqoridagi misralarning 
mavzuga bog‘liq ekanligi ham yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Zero, darslikning 
qaysi bir mavzusini olmaylik, uning tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatini 
didaktik adabiyot namunalari bilan bog‘lashimiz mumkin. Navoiy “Xamsa”da 
inson va tabiat orasidagi munosabatlarni juda go‘zal, ta’sirchan qilib tasvirlaydi. 
Go‘yo tabiatdagi har bir mavjudot, o‘simliklar-u fasllar asar qahramonlariga 
yordam qo‘lini cho‘zadi. “Farhod va Shirin” dostonidagi ushbu misralar diqqatga 
sazovordir: 
…Sanga mandin yetibdur oncha yotliq, 
Ki yuzungdin uyotlig‘man, uyotlig‘. 
Gahi bag‘ring bo‘lub tesham g‘ilofi, 
Gahi jismingda metinim shikofi. 
Yuzung yoshimga xunolud gohi, 
Damimdin boshing uzra dud gohi. 
Bori jurmumg‘a tig‘i afv surg‘il, 
Borur chog‘imda afv aylab kechurgil. 
Ushbu misralardan ham shoir insonning tabiatga bo‘lgan mehr-u shafqatini 
mohirlik ila Farhodning o‘z o‘limi oldidan jabrdiyda tog‘ga qilgan murojaati orqali 
tasvirlaganini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu fikrlarga hamohang tarzda 1-sinf “Ona 
tili va o‘qish savodxonligi” darsligining “Tabiat ne’matlari” bo‘limi (39-72-betlar) 
orqali ham inson va tabiat orasidagi yaqinlik va o‘zaro aloqadorlikni kuzatishimiz 
mumkin. O‘quvchilarga darslikdagi mavzularni tushuntirish jarayonida mavzuga 
mos bo‘lgan didaktik asarlardan parchalarni ularning yosh xususiyatlarini inobatga 
olgan holda tushuntirish, audiomatn holatida eshittirish, slayd yoki multimedia 
shaklida namoyish etish, hayotiy misollar keltirish, muammoli vaziyatlar yaratish 
orqali didaktik adabiy asarlarning qimmati-yu qiymatini izohlash mumkin.


295 
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, hozirgi vaqtda ta’lim dolzarb 
masalalardan biriga aylanmoqda. Ayni vaqtda ta’lim va tarbiyani barobar olib 
borish masalasi bugungi kunning zamonaviy, kreativ fikrlovchi o‘qituvchilarining 
pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. Dars jarayoni yoxud darsdan tashqari 
mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy yondashuvlar, 
yangicha metodlar vositasida didaktik adabiy asarlarni mavzuga mutanosib 
ravishda qo‘llay olish, o‘quvchilar yoshi, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan 
holda yetkazib berish o‘qituvchidan katta mas’uliyat talab etadi. Bu jarayonda 
o‘quvchida vatanparvarlik, ajdodlarga munosib voris bo‘lish hissi yanada ortadi. 
Yurboshimiz ta’birlari bilan aytganda: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana 
bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan 
aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu 
o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar 
o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin, ayni paytda, o‘zligini ham 
unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning 
qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga 
nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin