Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   373
innovatsion

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.
N.U. Bikbayeva va boshqalar “Boshlang‘ich sinflarda matematika 
o‘qitish metodikasi” T. O‘qituvchi 1996 yil 16-18 betlar. 
2.
Г.Э. Саидова. Использование современных педагогических 
технологий на уроке математики. Ученый XXI века • 2018 • № 12. 
3.
M.Axmedov , N.Abduraxmonova, M.Jumayev Matematika 1-sinf 
darsligi T. 2019. 
4.
N.Abduraxmonova, L.o‘rinboyeva Matematika 2-sinf darsligi T. 
2018


298 
5.
S.Burxonov, o‘.Xudoyorov, Q.Norqulova, N.Ruzikulova, L.Goibova 
Matematika 3-sinf darsligi T.2019. 
6.
G.E.Saidova

Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarni 


mantiqiy masalalar yechishni o‘rgatish
.

Scientific progress 2 (6), 1021-1024 


7.
Гавхар Эргашовна Саидова. Развитие логического мышления 
учащихся на уроках математики в начальной школе. international scientific 
review of the problems of philisophy, psychology and pedagogy 2019. 
 
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA 
O‘QUVCHILARNING KREATIVLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH 
USULLARI VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI” (BOSHLANG‘ICH SINF 
O‘QISH DARSLARI MISOLIDA) 
Uktamova Mohinur 
BuxDU Pedagogika instituti
Ta’lim -tarbiya nazariyasi va metodikasi 
 mutaxassisligi (boshlang‘ich ta'lim)
magistranti

Annotatsiya. 
Ushbu maqolada hozirgi zamonaviy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 
boshlang‘ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar, o‘quv jarayonini tashkil etish 
usullari va shakllari haqida fikr mulohazalar bayon qilinadi. 
Kalit so‘zlar: 
talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri, 
ishontirish, ta’sir etish texnikasi, nutq texnikasi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar, iqtisodiy 
va ijtimoiy muammolar, maktab tizimi, texnologoyalardan foydalanish jarayonlari 
bizni e’tiborimizni albatta tortadi. Yangi O‘zbekiston poydevorini quruvchilari 
bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalashda ularga xalqaro toifadagi bilimlarni berish va 
jahon standartlariga mos ravishda adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq 
deb o‘ylayman. Jamiyatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’lim 


299 
tizimida katta o‘zgarishlarni, shu jumladan vazifalari, qarashlari, maqsadlari, 
tushunchalari, mazmuni, didaktikasi va o‘quv jarayonlari uslublari, maktab 
jihozlari, ish va o‘quv jarayonini tashkil etish, natijada ta’lim va tarbiya 
o‘qituvchilar, ish vaqtini va ish odatlarini o‘zgartirish, o‘quv jarayonini nazorat 
qilish, o‘quv natijalari va ishning boshqa natijalarini baholash yuzaga keladi. 
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki 
qo‘llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog‘liqdir.
Ma’lumki, pedagogikada «Didaktik tizim» tushunchasi ancha qadimdan 
shakllangan. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda, o‘rganilayotgan material 
mazmuni, uni etkazish shakli va metodlari, hamda shu kabilarni belgilash orqali 
o‘qitish jarayonida foydalaniladi. Yana bir tarafdan tarbiyaning ikkinchi 
tushunchasi mantiqida didaktik tizim –o‘zi tarbiyaviy tizimining – didaktik 
tizimida ishtirok etadi, ya’ni uning tizimi hisoblanadi. Shunday qilib, 
ijtimoiylashtirish insonning maqsadga muvofiq jarayonlar maktabgacha, maktab, 
maxsus pofessoinal ta’limlarida hamda tasodifiy omillar ta’siri ostida amalga 
oshiriladi. Bu ta’sir ko‘rsatish tarbiya tizimi insonparvarlikni obro‘ e’tibor, nufuzi 
vositalar bilan amalga oshirilishi shart emas.Unda o‘qituvchi va bolalar 
o‘rtasida,insonparvarlik munosabatlari mavjud bo‘lishi, qadriyatlar targ‘ib 
qilinishi, guruhli va individual ijodkorlik elementlari tatbiq qilinishi mumkin. 
Bundan tashqari, ta’sir ko‘rsatish ushbu tarbiya tizimi o‘zi tarbiya jarayoniga 
demokratik qadriyatlar va qoidalar kiritishi kerak. Tarbiyaning asosan to‘rtta usuli 
mavjud. 
O‘rnak namuna; Pand nasihat; Rag‘bat; jazo. Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek tarbiyaning usullaridan bir bu jazo bo‘lib, tarbiyaviy tizim 
qandaydir jazo va majburlashlarsiz, mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Pedagogning kasbiy pedagogik madaniyat – uning pedagogik kasbga ega
bo‘lgan, uning umumiy madaniyatini loyihalashtiradigan o‘qituvchi shaxsining
ajralmas sifati hisoblanadi. Bu pedagogning yuqori professionalligi va ichki
xususiyatlarining sintezi, o‘qitish usullarining mohirligi va madaniy va ijodiy


300 
qobiliyatlarning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Pedagogning kasbiy pedagogik
madaniyat - insoniyat tomonidan to‘plangan tajribani ijodiy o‘zlashtirish va
o‘zgartirishning o‘lchovidir. Pedagogik madaniyatga egalik deganda, pedagogik
tafakkur va ongi yaxshi rivojlangan, ijodiy salohiyatga ega bo‘lish tushuniladi 
Tarbiyadan boshqa yondashish insonparvarlik tarbiyaviy tizimini yaratish bilan 
bog‘liq. Bu yondashish birinchi navbatda, individuallashtirish jarayoni bilan mos 
keladi. Yana bir bor 
eslatib 
o‘tamiz, individuallashtirish - bizning 
tushunishimizcha,- bu o‘quvchi yoshlarda mavjud yoki o‘zining individual 
tajribasida egallagan yagona, alohida va o‘ziga hosligini ta’minlab turish va 
rivojlantirish bo‘yicha kattalarning hamda bolaning o‘ziga tegishli bo‘lgan 
faoliyatlari. Shaxsni individuallashtirish uning «o‘zligini» rivojlantirish, shunday 
qilib, keng ma’noda insonparvarlik tarbiyaviy tizimini tashkil etadi. Tarbiyada 
bunday yondashishning maqsadi, bolalarga, ularning «subyektiv mavjudliklarini» 
tashkil etishda yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Buning uchun ushbu tarbiyaviy 
tizimda, insonga o‘zini anglash va o‘zini amalga oshirishda yordam beruvchi 
maxsus vositalar ishlab chiqiladi. Insonparvarlik tarbiyaviy tizimining subyekti 
endi faqat pedagog emas, balki bolalarning o‘zlari ham hisoblanadi. Bunda 
o‘qituvchilar ham, talabalar ham oliy talim muassasasi oldida turgan maqsadlarini 
birgalikda aniqlashtiradilar, ularni amaliy vazifalar darajasiga ko‘taradilar va birga 
amalga oshiradilar. Insonparvarlik tarbiyaviy tizimi samaraliligini muhim sharti, 
bolalar va kattalarni umumiy jamoaga birlashtirish hisoblanadi. Bolalar va 
kattalarning o‘zaro munosabatlari, ma’lum munosabatlarni yuzaga keltiradi, ular 
birinchi navbatda tizimning tarbiyaviy imkoniyatlarini belgilaydi.
Dars jarayonining muhim yutuqlaridan biri kompyuter texnologiyalari 
komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi 
bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quv jarayonining tashkil qilishda bu dasturiy vositalar alohida 
ahamiyatga ega. Elektron qo‘llanmalarning “Macromedia Flash”, “GIF 
Animation”, “Microsoft Front Page”, “Adobe Fotoshop”, “3D Max”, “Microsоft 


301 
Power Point” kabi dasturiy vositalardan foydalanib yaratilganligi qulaylik 
tug‘dirmoqda. Chunki ular harakatli, rangli, ovozli tasvirlar yaratish imkonini 
beradi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzuni tez tushunib olishga, 
o‘zlashtirish sifatini oshishiga yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va taqdimotlardan o‘quv jarayonida 
keng foydalanilmoqda. O‘qish, ona tili, matematika va tabiatshunoslik fanlarini 
o‘qitishda axborot texnologiyalari yordamida turli xil ko‘rgazmali slaydlardan dars 
jarayonlarida foydalanish mumkin. Masalan: o‘qish va ona tili fanlarida katta 
ekranda harflarni, so‘zlarni bir-biriga qo‘shib o‘qish, so‘ngra kichik ertak va 
hikoyalarni o‘qish, harflarni to‘g‘ri va chiroyli yozish; matematika fanida oddiy 
amallardan foydalanib, slaydlar yordamida masalalar yechish, turli xil hisob-kitobli 
o‘yinlar tashkil qilish; tabiatshunoslik fanidan tabiatdagi hodisalar haqidagi sodda 
slaydlar yordamida tushunchalar berish mumkin. Ushbu usullardan foydalanish 
yosh va bilimga chanqoq o‘quvchining og‘zaki nutqini rivojlanishiga, og‘zaki 
hisoblash malakasini oshishiga, ijodkorlik, izlanish va fikrlash qobilyatini 
rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Elektron darslikdan mustaqil ta’lim olishda va o‘quv 
materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. 
Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, 
psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va 
video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi. Kitob. uz saytida 1-4 
sinf o‘quvchilari uchun deyarli barcha fanlarning elektron darsliklari mavjud. 
Ammo ular matn va ovoz shaklida taqdim etilmagan. Elektron darsliklarni matn va 
ovoz shaklida, slayd-shou ko‘rinishda berish maqsadga muvofiq. Audio va video 
axborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini keskin 
yuksaltiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun RTM tomonidan yaratilgan 
“Sanashni o‘rganamiz”, “Alifbo saboqlari”, “Aljabr”, “5x5” , kabi elektron 
dasturlar o‘zining qiziqarliligi, o‘quvchilar yoshiga mosligi, foydalanish uchun 
soddaligi, intellektual salohiyatni rivojlantirish, mantiqiy mushohada yuritishga 


302 
chorlashi bilan ahamiyatlidir. Bugungi kun o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan talab, dars 
jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llay olishi, o‘quvchilarni komyuterdan 
erkin foydalanishga, zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, ma’nan yetuk shaxs 
bo‘lib yetishiga o‘rgatishdan iborat. Yurtimizda ta‘lim mazmuniga alohida e‘tibor 
qaratilib, DTS o‘quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan 
o‘tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o‘quv jarayonining samaradorligi 
oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot komminikatsiya 
vositalaridan foydalanilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda 
o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish 
maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlab, 
ulardan foydalanish muhim sanaladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin