296
metodlarini to‘g'ri tanlashga ham bog'liqdir. O‘qtishda ta'lim metodlarini
mutaxasislar turlicha taliqn etishadi.
Ta’lim jarayonida zamonaviy ta ’lim usullaridan foydalanish orqali ta ’limning mazmuni va sifati
oshadi, dars qiziqarli faol tarzda tashkil etiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarning
darsdagi ishtiroki
faollashdi, dunyoqarashi kengayadi, ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy jihatdan tajribalar orttiradilar. Ularning
yozma va og‘zaki nutqlari rivojlanadi hamda shakllanadi.
O‘quvchilar o‘z ustida mustaqil, ijodiy ishlaydilar, erkin fikr yuritadilar. Mavzuning mazmunini
yoritish uchun adabiyotlarni mustaqil ravishda o‘rganadilar. Kutubxonada izlanadilar, mavzu bo‘yicha
yangiliklarni topib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kutubxonada ilmiy-nazariy adabiyotlar bilan
ishlashga o‘rganadilar. Seminar darsida o‘quvchilar matndagi g‘oyalarni gapirib berish orqali ularning
og‘zaki va yozma nutqlari uzviy holda rivojlanadi.
Hozirgi kunda multimedia, kompakt disklar orqali ta ’lim jarayonida
texnik vositalardan
foydalanib dars o‘tilmoqda. Jumladan, multimedia-ma ’lum bir soatga mo‘ljallangan, ovozli, dasturli,
rejali, Milliy dasturga mos keladigan dars shaklidir. Undan foydalanish uchun mavzuga oid bo‘lgan
ma ’lum bir soatga mo‘ljallangan holda mutaxassilar tomonidan multimedia yaratiladi. Matndagi mavzu
ekrandagi multimedia yaratiladi. Matndagi mavzu ekrandagi multimedianing o‘zi mazmunli, sifatli qilib
yaratib beradi. O‘qituvchi dars jarayonida ortiqcha kuch, bilim, mehnat sarflamaydi. O‘quvchilar faolligi
oshadi, mustaqil,
ijodiy ishlaydilar, erkin fikr yuritadilar. Darsda zamonaviy usul bilan ishlashga
o‘rganadilar. Kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlikka ega bo‘ladilar, darsni texnik
vositalar yordamida tashkil etishni o‘rganadilar.o‘quvchilarning dunyoqarashlari o‘sadi, faolligi yanada
oshadi, qiziqishlari oshadi.
O‘qituvchi bu usuldan foydalanishda o‘quvchilarga o‘ylantiruvchi topshiriq va savollar bilan
murojaat qiladi. Albatta, topshiriq va savollar mavzuga oid bo‘lishi zarur. Masalan: odobnoma darsida
o‘qituvchi o‘quvchilarga shunday topishmoqli savol bilan murojaat qilishi mumkin. ‖Bir odam har kuni 3
ta non olar ekan. Bittasini ota-onasiga, yana birini farzandlariga berar, qolgan birini o‘zi yer ekan. Nima
uchun u shunday qiladi ?‖
Albatta, yuqori sinf o‘quvchilari bu topishmoqli
savolni darhol topib oladilar, lekin kichik
yoshdagi o‘quvchilar uchun bu topishmoqli savolni echishda evrika usulidan foydalanish mumkin. Ular
uchun bu savol o‘ylantiruvchi bo‘lib, aqliy imkoniyatlarini ishga soladilar. Ularni o‘ylashga majbur
qiladi. Shuningdek, matematika darsida o‘qituvchi o‘quvchilarga shunday usullardan birini noan ’naviy
tarzda qo‘llashi mumkin.
Misol : o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi topshiriqni beradi:
― o‘ngacha bo‘lgan xohlagan bir sonni o‘ylang va uni bizga aytmang! o‘ylagan sonni ikkiga
ko‘paytiring, javbini ham aytmang!Unga ikkini qo‘shing, shundan so‘ng chiqqan sonni ikkiga bo‘ling !
Hosil bo‘lgan sonni dastlab o‘ylagan soningizdan ayiring! Barchangizda bir raqami qoladi.
Darhaqiqat, bu o‘ylantiruvchi, qiziqarli, noan’anaviyusullardan biridir.
297
Bu usul orqali o‘quvchilarning
aqliy tafakkuri rivojlanadi, dunyoqarash va tafakkurlari orqali
shakllanadi. Dars qiziqarli noan’anaviytarzda o‘tadi. o‘quvchilarning darsdagi faolligi oshadi. o‘z fikr-
mulohazalarini erkin yuritishga sharoit yaratiladi. Har bir o ’quvchilarning o‘z pozitsiyasi, yo‘li
shakllanadi.
O‘qituvchi mavzuni o‘tishda o‘quvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida kasbga
bog‘lab dars o‘tadi. Bu usulni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilarni biror-bir kasb-hunarga qiziqtiradilar.
Masalan : boshlang ’ich sinflardagi odobnoma, o‘qish darslari orqali o‘quvchilarni
kasbga qiziqtirish
maqsadida kasbga bog‘lab dars o‘tish usulidan foydalaniladi. Bunda mavzuni yoritishda kasb-hunarga oid
hayotiy misollar dars jarayonida o‘quvchilarga tushuntiriladi. Tikuvchilik, pazandalik, kosibchilik,
dehqonchilik, zardo‘zlik, naqqoshlik, ustachilik, shofyorlik, sport ustalari haqida ma ’lumotlar, bahs-
munozara, suhbat, kasb-hunarni egallagan shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Buni dars jarayonida
qilsa ham bo‘ladi. Kasb-hunar haqida o‘quvchilarga ma ’lumot berib turib, ularni ya ’ni hunarli kishilarni
darsga taklif qilish orqali ma ’lum bir vaqt ichida ular o‘zlarining faoliyatini kelajak uchun, jamiyat uchun
foydasi haqida savol-javob qilinadi. Bu bilan dars noan’anaviytashkil etiladi.
O‘quvchilar dars jarayonida nafaqat bilim oladilar balki kasb-hunarga oid bo‘lgan bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari ortadi. Kelajakda ma’lum bir
kasbni egallay olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dars hayotiy, noan’anaviy o‘tadi. o‘quvchilr mustaqil,
erkin, ijodiy fikrlashga ega bo‘ladilar. Dars hayotiy, noan’anaviy o‘tadi. o‘quvchilar mustaqil, erkin,
ijodiy fikrlashga ega bo‘ladilar. Shuningdek, dars jarayonida kasb-hunarga qiziqishlari ortadi.
Yuqorida keltirilgan noan’anaviy usullar o‘quvchiarni
birinchidan, darslarda faol qatnashishga
undaydi, ularni darsga qiziqtira olish imkoniyatiga ega bo‘ladi Ikkinchidan, noan’anaviy usullar orqali
dars o‘tishga o‘quvchilar maustaqil, ijoydiy ishlashga o‘rganadilar, erkin fikr yuritadilar.
Uchinchidan
esa, dars qiziqarli tashkil etiladi, bolalar darsda zerikmaydilar, ham ijodiy ishlaydilar, ham turli manbaalar
ustida ishlashga o‘rganadilar va ham ularda ilmiy-nazariy, uslubiy-amaliy bilim, tajribalar rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: