Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   373
innovatsion

o‘quv materialini 
ko‘rgazmali taqdim 
etadi; 
yangi materialni 
jadallik bilan yetkaza 
biladi; 
axborotlar tezligi va 
hajmini animatsiyalar 
ko‘magida boshqara 
biladi. 


306 
ishlab chiqish va boshqalar kiradi. Matematika o‘qitishda kompyuterlarning 
qulayligining yana bir yo‘nalishi ayrim o‘quv holatlarini modellashtirishdir. 
Modellashtirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o‘qitishning boshqa 
usullari qo‘llanganda tasavvur qilish, ko‘z oldiga keltirish qiyin bo‘lgan 
materiallarni tushunarli bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
Matematika darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish. 
Qachonki bu metodlar samarali natija bera oladi?
- dars va mavzuning maqsadlari to‘g‘ri aniq tanlanganda; 
- mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa
- bir metod butun dars davomini qamrab olmasdan, balki kichik 
daqiqalarni qamrab olsa; 
- tanlangan metod o‘quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa; 
O‘qituvchi metodlarni yuqoridagi talablar asosida qo‘llay olsa, o‘quvchilarning 
dars materiallarini o‘zlashtirish darjasi ancha yuqori bo‘ladi.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi 
Ushbu metod Y.A. Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Y. Bush 
tomonidan qayta ishlangan.
Metodning mohiyati quyidagidan iborat: 
-
jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchining 
shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish: 
-
o‘quvchilarda ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani 
ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat. 
“Fikrlarning shiddatli hujumi”
metodidan foydalanishga asoslangan 
mashg‘ulot quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 
1-bosqich: 
Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida 
biriktirilgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarini shakllantirish
2-bosqich: 
Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar 
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash; 


307 
3-bosqich: 
Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi 
(topshiriqlar hal etilishi); 
4-bosqich: 
Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal 
etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish; 
5-bosqich: 
Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularning 
to‘g‘riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan 
bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash; 
6-bosqich: 
Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan 
bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida 
yagona xulosaga kelish. 
Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi: 
-
o‘quvchilar 
tomonidan 
muayyan 
nazariy 
bilimlarning 
puxta 
o‘zlashtirilishiga erishish; 
-
vaqtni iqtisod qilish; 
-
har bir o‘quvchini faollikka undash; 
-
ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
 
«Videotopishmoq» metodi 
Hozirgi 
kunda 
pedagogik 
faoliyatda 
turli 
axborot 
vositalari 
(kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio 
magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor 
qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan 
o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. 
Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga 
oshiriladi: 

o‘quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga 
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi; 

o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi; 

jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi; 


308 

o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi. 
Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish 
etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-
mulohazalarini bildirishadi. 
Matematika darslarini didaktik o‘yinlar asosida tashkil etish 
Matematika darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarni darsga 
bo‘lgan qiziqishini orttiradi, aqlini charxlaydi, tafakkurini shakllantiradi, mustaqil 
fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Bilamizki, 45 daqiqa davomida o‘quvchilarni 
birdek diqqatini jamlab tura olaymiz, istaymizmi-istamaymizmi o‘quvchining dars 
jarayonida ma’lum muddatdan so‘ng fikri tarqashni boshlaydi.. 
1.
Javoblarni toping! 
40 +
= 100


30 
+ 20 
= 70 - 
= 20 




20 +
= 50 
+ 9 
=
16

=


+ 60 =
100 +
= 66 



= 16 
Mana shunday holatlarning oldini olish uchun ta’lim jarayonida didaktik 
o‘yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Biz darsda didaktik o‘yinlarni 
tashkillashtirmoqchi 
bo‘lganimizda 
ham 
bevosita 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalariga murojaat qilamiz 
2.
Maydonga ekin ekilgan. Ekinlar suvsizlikdan qurib bormoqda. Buning oldini olish 
uchun bulutlardagi tenglamalarni yechish kerak. Tenglamalarni to‘g‘ri bajarsangiz 
yomg‘ir yog‘adi va ekinlaringiz asrab qolinadi. 


309 
Mana shunga o‘xshash didaktik o‘yinlarni tashkil qilar ekanmiz, yuqoridagi 
tasvirda ko‘rishimiz mumkinki, zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni 
beqiyos, natijasi esa undanda samaraliroq. Boshlang‘ich sinflarda interfaol 
metodlar 
va 
ta’limiy 
o‘yinlardan, zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va 
mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda 
o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam 
beradi. O‘qituvchilarning 
bunday 
zamonaviy 
talablar 
asosida 
yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda 
axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya 
jarayonining sifatini kafolatlaydi. Maktab ta’limining bugungi vazifasi 
o‘qituvchilarning yangi innovatsion axborot texnologiyalari orqali dars 
jarayonlarini tashkillashtirishi, dars davomida samarali foydalanib o‘quvchilarga 
ma’lumotlarni aniq va tushunarli qilib yetkazib berishidan iborat. Shuning uchun 
ham dars davomida o‘qituvchi o‘quvchilarning matematika fanini tushunarli aniq 
qilib o‘rganib borishida ham darslarni yangi innovatsion zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarini maktab ta’lim muassasalariga tatbiq etish 
o‘qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo‘l ochib beradi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin